1 ma’ruza mavzu: Kirish reja


«Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar



Download 182,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.01.2022
Hajmi182,44 Kb.
#395091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 ma’ruza mavzu Kirish reja

1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar 

 

«Materiallar  qarshiligi»  fani  umummuhandislik  fani  hisoblanib,  konstruktsiyalar 



(tuzilmalar),  inshootlar,  mashina  va  mexanizmlar  qismlarini  mustahkamlikka,  bikrlikka  va 

ustvorlikka hisoblash usullarini o’rgatadi. 

Mustahkamlik  -  yuqoridagilarning  tashqi  kuchlar  ta’sirida  yemirilishiga  qarshilik 

ko’rsatish qobiliyatidir. 

Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformatsiyalanmaydigan va yemirilmaydigan 

jismlar mavjud emas. Masalan, og’irligi 75 kg bo’lgan kishi oddiy qurilish g’ishtini bossa, uning 

balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g’ishtning ikki qo’shni atomi bir - biriga taxminan 

1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (2

10

-14



 sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=1

10



-8

 sm. 


SHotlandiyadagi  Fort ko’rfazidagi uzunligi  3 km  bo’lgan osma ko’prikni tutib  turuvchi 

po’lat  arqonlarning doimiy  deformatsiyasi  taxminan 0,1  protsentni, ya’ni 3 m  ni  tashkil qiladi. 

Yuklanmagan  holda  po’lat  atomlari  orasidagi  masofa  deyarli  2Å  ni  tashkil  qilsa,  bunda  ular 

taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar. 

Muhandislik  tuzilmalarining  mehyoriy  ishlashlarini  tahminlash  uchun  ularning 

qismlarining deformatsiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o’lchamlarining o’zgarishini, 

chegaralash zarur bo’ladi.  

Bikrlik 


muhandislik 

tuzilmalari 

qismlarining 

tashqi 

kuchlar 


ta’sirida 

deformatsiyalanishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. 

Muhandislik  tuzilmalari  qismlarining  tashqi  kuchlar  ta’sirida  o’zlarining  dastlabki 

muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustivorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar 

ta’sirida  o’zining  dastlabki  muvozanat  shaklini  va  deformatsiyalanish  tarzini  sifatan 

o’zgartirmasligi uning mehyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir. 

Muhandislik  tuzilmalariga  qo’yiladigan  mustahkamlik,  bikrlik  va  ustvorlik  talablari 

iqtisodiy  talablar  bilan  ziddiyatli  yechimlarga  ega.  CHunki,  birinchi  uchta  talablarni  qondirish 

uchun materialni ko’proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun 

material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» hisob usullari yordamida bu 

ziddiyatli talablar kesishuvli yechimlarga keltiriladi. 

«Materiallar  qarshiligi»  faniga  oid  dastlabki  ishlarni  tarixda  1638  yildagi  G.  Galiley 

(Italiyaning  Padue  shahridagi  o’quv  yurtining  matematika  professori)  ishlari  bilan  bog’lashadi. 

Bahzi  manbalarda  italyan  olimi  Leonardo  Da  Vinchi  (1452-1519)  ham  bahzi  hisoblarni 

bajarganligi  ko’rsatiladi.  Fanning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishiga  R.  Guk,  E.  Mariott, 

Dyugamel’,  SH.  Kulon,  Ya.  Bernulli,  T.  Yung,  O.  Koshi,  A.  Sen-Venan,  O.  Mor,  L.  Eyler, 

D.Juravskiy,  F.  Yasinskiy,  S.  Timoshenko,  A.  Belyaev,  S.  Ponomarev,  V.  Feodos’ev,  o’zbek 

olimlaridan  M.  O’razboev,  X.  Raxmatullin,  K.  Mansurov,  T.  Rashidov,  Q.  Abdurashidov  va 

boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo’ldi. 

Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Frantsiyada 1826 yilda nashr qilindi. 

Ayni  paytda  ham  ushbu  fanning  hal    qilishi  zarur  bo’lgan  masalalarining  yetarliligini 

tahkidlash lozim. 




Bu fan o’z masalalarini  boshqa fanlarga  asoslanib,  ular bilan uzviy  aloqada hal   qiladi. 

Materiallar  qarshiligi  fani,  ayniqsa,  nazariy  mexanika  fani  bilan  bog’liq.  SHu  bilan  birga  ular 

orasida bahzi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni 

absolyut  qattiq  deb  hisoblasa,  materiallar  qarshiligi  fanida  ularning  deformatsiyalanishlari  ham 

nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to’plangan kuchni ta’sir 

chizig’i  bo’yicha,  juft  kuchni  o’z  ta’sir  tekisligida  ko’chirish  qoidalarini  deformatsiyalanuvchi 

jismlar mexanikasida qo’llab bo’lmaydi. 

 


Download 182,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish