1 Ma’ruza Mavzu: Geoinformatika va fazoviy tahlil fanining maqsadi, vazifasi va boshqafanlar bilan aloqasi reja



Download 79,31 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi79,31 Kb.
#625509
Bog'liq
1-mavzu


1 - Ma’ruza
Mavzu: Geoinformatika va fazoviy tahlil fanining maqsadi, vazifasi va boshqafanlar bilan aloqasi
REJA:
1, Geoinformatika ning tadqiqot obekti, predmeti va prinsiplari
2, Geoinformatika tushunchasi, mazmuni va tasnifi
1.Hozirgi paytda inson faoliyatining, ya’ni maktab ta’limidan boshlab to yuqori davlat siyosatigacha bo’lgan sohalarda axborotlashtirish kirmagan jamiyat hayotini tasavvur etish qiyin. Informatika barcha fanlarning orqasida nafas olib, ularga yetib oldi va xatto ularni o’z domiga yutib, cheksiz kompyuterlashni takomillashtirishga intilmoqda. Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda ─ geoinformatika va geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin GIS geograficheskiye informasionnыye sistemы, ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi.
GIS 60-yillarning o’rtalarida, dastlab Kanada va AQShda yaratilgan bo’lib, hozirda rivojlangan mamlakatlarda minglab GISlardan iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr xizmati, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda samarali foydalanib kelinmoqda. GIS global, regional, milliy, lokal, mahalliy miqyosda Ona sayyoramiz Yer haqidagi har xil ma’lumotlarni qamragan holda barcha sohada keng darajani egallagan: masalan, kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr, gidrometeorologiya, dala ekspedisiya kuzatish, quduq va suv ostini zondlab tekshirish va boshqalarda. GISlarni tuzilishida qator xalqaro nufuzli tashkilotlar (BMT, YuNEP, FAO va boshqalar) ishtirok etishadi. Alohida olingan davlatlarning yirik tashkilotlari, vazirlik va idoralar, kartografik, geologik va yer xizmatlari, shaxsiy firmalar, ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlar GISni ishlab chiqishga ko’plab moliyaviy mablag’ ajratmoqdalar. Soha tashkilotlari esa, o’zlarining kichik telekomunikasion tarmoqlari bilan katta maydonlarni qoplangan geoinformatik infratuzilmalarini tashkil etganini hozirda kuzatish mumkin.
Hozirgi paytda, qator mamlakatlarda milliy va regional boshqarmalar tuzilgan bo’lib, ularning funksiyasiga GISni va avtomatik kartaga olishni rivojlantirish; geoinformatika sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish; milliy rejalashtirish, ma’lumot yig’ish va tarqatish; geografik informasiyani to’plash, uzatish va boshqarish hamda uni himoya qilishning huquqiy muammolari, tadqiqot va h.k.ni rivojlantirish kiradi. Bugungi kunda bularga respublikamizda 1:10 000 dan 1:1 000 000 gacha masshtabli raqamli kartalarni va bu kartalar uchun ma’lumotlar banklarini yaratish vazifalari ham ko’zda tutilgan. MDH davlatlari orasida birinchilardan bo’lib Rossiyada ilmiy ishlab chiqarish geoinformasion markaz (Rosgeoinform) shakllandi. Hozirgi paytda Sankt-Peturburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Irkutsk va Xabarovskda markazning xududiy ishlab chiqarish bo’limlari shakllandi.
Tarmoqlangan GIS-infratuzilmasiga har xil mahalliy va tarmoqli GIS va aerokosmik ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash markazlari bog’lanishlari mumkin. Rossiyadagi tarmoqlangan GISga ilmiy va ilmiy ishlab chiqarish bazalari hamda Rossiya FAsi institutlari, oliy o’quv yurtlari, tashkilot tarmoqlarining mavzuli ma’lumotlar banklari birlashtirilgan.
Geoinformasion resurslar mavzularining turli-tumanligi, masshtabining har xilligi, aniqligi, yechish masalalari imkoniyati, grafikli tasavvuri va telekommunikasion tarmoq orqali ma’lumotlarni almashish masalasi, bugungi kunda dolzarb bo’lib bormoqda. Ular yordamida ilmiy va o’quv-metodik axborot resurslarini hosil qilish, ma’lumotlarni yagona tizimli sifatida shakllanishini ta’minlash mumkin. Xalqaro informasion tarmoqlarga qo’shilish O’zbekiston uchun, bir tomondan chet eldan ma’lumot olish uchun, boshqa tomondan esa o’zining axborot resurslarini xalqaro ilmiy-amaliy almashinuvga kiritishda o’ta muhimdir.
2. “Geoinformatika” termini 3 ta ─ geografiya, informasiya va avtomatika so’zlaridan tashkil topgan. Ingliz tili adabiyotida “Informatiyes” va “Computer sciyencye” so’z birlashmasi EHMlarni ishlab chiqish va qo’llash, dasturlash, amaliy matematika, operasion (amaliy) tizim, sun’iy salohiyat muammolari va boshqalarni o’z ichiga olgan fanlar guruhini anglatadi. Shu paytgacha ingliz terminologiyasida keng ma’noli geoinformatika iborasi ishlatilmagan bo’lib, uning o’rniga geographical information system ─ GIS, yoki geoinformation system keng qo’llanilgan, faqatgina XX asrning 80-yillari ohirida “Geoiformatics” termini ingliz adabiyotida uchray boshlagan va bu shunga o’xshash o’quv fani shakllanishi boshlanganidan paydo bo’lgan.
Ilmiy adabiyotlarda GISning ko’plab ta’riflari mavjud, bularni talqinini quyidagi ishlardan topish mumkin (1, 6, 13, 16 va boshqalar). Masalan, GIS ─ bu fazoviy-koordinataga egali ma’lumotlarni yig’ishni ta’minlab beradigan, qayta ishlaydigan, keng tarqalgan, integrallashgan, ilmiy va amaliy geografik topshiriqlarni bajarilishi uchun mo’ljallangan dasturli apparat-mashina va inson kompleksidir, ─ deb ta’rif berish mumkin. Lekin shu kungacha GISning geografiyada foydalaniladigan bunday ta’rifi uning ko’plab xususiyatlarini xarakterlaydi (geologiya, ekologiya va boshqa tarmoqlar uchun masalalar yechishga to’g’ri keldi). GISning barcha funksional, texnologik va amaliy xossalarini to’liq qamrab oladigan ta’rifini ishlab chiqishga bo’lgan urinishlar samara bermagan.
GISning ko’plab ta’riflari mavjud bo’lsada, geoinformatikani ta’rifini ishlab chiqishga kam e’tibor qaratilgan. Balki bu tadqiqotchilarning dolzarb hisoblangan texnik, texnologik va amaliy muammolarni tushuntirishga qaratilganidadir, yoki ba’zi bilim sohalarining bugungi kunda tez rivojlanib borishi bo’lsa kerak. Geoinformatika va informasion texnologiyalarning tezlik bilan taraqqiy etishi ularni konseptual fikrlash va tushunishni talab etadi.
Informatika ta’rifi kibernetika lug’atida, “sosial muhitda informasion jarayon va tizimlarni ─ ularning mohiyatini, tuzilish metodini, inson amaliy faoliyatiga ta’sir etish mexanizmi va hisoblash mashinasi yordamida bu ishlarni yanada kuchaytirishni o’rganadigan fan”, ─ deb ta’riflanadi [6,7]. Katta ensiklopedik lug’at bu fanga bir muncha boshqacha ta’rif beradi: Informatika informasiyani umumiy holatini va tarkibini, shuningdek, ma’lumotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash, tashkil qilish, foydalanuvchilarni izlash, ularga tarqatish va inson faoliyatida foydalanishni ta’minlashni o’rganadigan fan [8]. Ikkala ta’rifga e’tibor bersak, informatika fan yoki fan sohasi deb tushuniladi.
Kartografiyada kartografik informatika ilmiy sohasi ajratilgan ─ u kartografik asarlar va manbalar haqidagi ma’lumotlarni to’plash, saqlash va ularni foydalanuvchilarga yetkazish metodlarini ishlab chiqish va o’rganish bilan shug’ullanadi.
Geoinformatikani fan sifatida o’rganish va izohlashni birinchilardan bo’lib S.N. Serbenyuk boshlagan. “Geoinformatika ─ bu turli tabaqali va xududga ega geotizimlar haqidagi fazo-vaqtda tarqalgan ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tushunchasidir” [16]. Bu ta’rifda geoinformatika geotizimlarni o’rganish bilan bog’liqligi haqida gapiriladi, bu bilan esa uning Yer haqidagi fanlar tarkibiga kiritilishiga ishora qilayotganini tushunish mumkin.
Geoinformatika va kartografiyani bog’liqliklarini umumlashtirsak, unda eng kamida 6 ta bosh jihatlarni keltirishimiz mumkin (1):

  • umumgeografik va mavzuli kartalar va atlaslar ─ bular tabiat, xo’jalik, ekologik holat, sosial muhit haqidagi asosiy fazoviy ma’lumotlar manbai;

  • kartografik koordinata tizimlari va kartalarni razgrafkalari xohlagan GISga kelib tushadigan va unda saqlanadigan fazoviy ma’lumotlarni geografik joylash uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi;

  • kartalar ─ GISda foydalaniladigan nokartografik va masofadan turib ma’lumotlarni zondlashni tashkil etish va geografik muhokama qilishning asosiy vositasi;

  • kartografik taxlil qilish ─ ma’lumotlar bazalarida ishlatiladigan fazoviy geografik qonuniyatlar, aloqalar, dinamik tendensiyalarni aniqlashning eng samarali usullari;

  • matematik-kartografik modellashtirish va geoinformasion kartaga olish ─ GIS-texnologiyasini tashkil etuvchi tizimlardan biri bo’lib, u qaror qabul qilish, boshqarish, ekspertiza qilish, bashoratlashni olib borishda qo’llaniladigan bu texnologiyaning asoslaridan biridir;

  • kartografik tasvirlar ─ GISdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazishning eng maqsadga muvofiq ko’rinishi bo’lib, elektron atlas va kartalar yaratish uchun GISning eng asosiy funksiyasi sifatida qaraladi.

Download 79,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish