1-Ma’ruza
Mavzu: Borland C++ Builder komponentlar palitrasi. C++ Builder Additional komponentlar
palitrasi. Hodisa jarayonlarini yaratish. Standard komponentlar palitrasi.
Reja:
1.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining interfeysi.
2.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining Standard komponentlar palitrasi.
3.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining Additional komponentlar palitrasi.
Ixtiyoriy dasturlashdan minimal bilimga (dasturlashdan maktab kursidan) ega foydalanuvchi
ham Borland C++ Builder 6 muhitni tezda o’rgana oladi. Bu muhitning soddaligi professional
programmist bo’lishga xalaqit qilmaydi.
Dasturlash muhitlari ichida eng sodda muhitlardan biri hisoblanadi, bir nechta mashqlarni
mustaqil bajargandan keyin, muhitdan kishining ajralgisi kelmaydi.
Umuman har qanday yangi texnologiyani o’zlashtirayotganda bilgan o’rgangan bilimlarni
amalda tez-tez takrorlab turmasa xotirada saqlab qolishning iloji bo’lmaydi. Yangi tushunchani
takrorlab xotiraga joylash va uni tadbiq qilishni bilgandan keyingina xotirada mustahkam
joylashadi. Har bir dasturlash tili, muhiti o’zidan oldingi tillarning mukammal tomonlarini o’zida
mujassamlashtiradi, uncha muvaffaqiyat qozonmagan tomonlarini mukammallashtirish hisobiga
rivojlantiriladi. Shunga ko’ra bitta zamonaviy tilni mukammal bilgan dasturchi ikkinchi tilni katta
kuch va vaqt sarflamasdan o’rgana oladi. Dasturchilar tillarni o’rganayotganda birini ikkinchisi
bilan solishtirib o’rganishadi. Masalan, Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OYD) zamonaviy
dasturlash tillarining asosini tashkil qiladi. Demak barcha zamonaviy dasturlash tillari umumiy
qoidalarga bo’ysunadi.
OYDda har bir dasturlash elementi obyekt sifatida qaraladi. Bunda obyekt, barcha hollarda
ma’lum umumiy qoidalarga va xususiy qoidalarga ega bo’ladi. Bu obyektlar oynalar, tugmalar,
konteynerlar va Canvas lar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Bunda har bir ilova kichik qismlarga ajratiladi va yakunida bu qismlar birlashtiriladi.
Borland C++ Builder 6 muhitida Windows osti ilovalar yaratish juda oson.
OYD da qadamba qadam alohida uncha katta bo’lmagan dasturlarni funktsiya metodlari
amalga oshirsa, harakatlanuvchi jarayonlarni qayta ishlash uchun xodisa amalidan, chaqiriluvchi
obyektlarni tugmalar va oynalar bilan ifodalaydi.
1.1-rasm. Borland C++ Builder 6 interfeysi
Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi muhit RAD (Rapid Application
Development) deb atashadi. Bunga sabab bu muhitda dastur, ilova tuzish va uning dizaynini
qurishda tayyor obyektlar va kutubxonada mavjud metodlardan foydalanish mumkin.
Masalan, kompyuter avtomatik ravishda xodisani qayta ishlovchi funktsiya dasturi matnini
hosil qiladi.
Interfeysning tepasi 1.2-rasmda C++ Builder 6 – Project1 asosiy oynasi
–
joylashgan
1.2-rasm. Interfeysning asosiy oynasi
Ilova bu – tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo’ladigan barcha fayllar
to’plamidir. Masalan, ilova tarkibiga dastur matni, tovush fayllari, ikonka rasmlari va shu kabi
ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun alohida papka hosil qilish
maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki ilovani boshqa kompyuterga o’tkazmoqchi bo’lsak va papkada
saqlamagan bo’lsak, ularni yig’ishimizga to’g’ri keladi. Bunda interfeysning o’zi ilovani saqlashni
talab qiladi, ammo papka hosil qilishni o’zimiz bilishimiz kerak.
Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi, ilovani tiklash, berkitish tugmalari
joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu menyu orqali muhitning barcha
funktsiya va komandalarini ishga tushirish mumkin. Asosiy menyuning tagida tez tugmalar
joylashgan. Bu tugmalar ma’nolariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar orqali tez-tez
ishlatiladigan komandalarni ishga tushirishimiz mumkin. Bu tugmalarning o’ng tomonida vizual
komponentalar VCL (Visual Component Library - vizual komponentlar kutubxonasi) palitrasi
joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday dasturlash komponentalariki, bular yordamida
Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin. Komponentalar yordamida har xil
tugmalar, rasmlar, yozuvlar, taymerlar, kalendar va hokazolarni ilovaga kiritishimiz mumkin.
Vizual komponentalar palitrasi ma’nosiga va vazifasiga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
Bu muhitning barcha oynalarini berkitish mumkin faqat asosiy oynani berkitsa ilovadan
chiqib ketiladi, boshqa barcha oynalar o’lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish imkoniyatiga
egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |