6-Rasm. Skanerlarni umumiy ko‘rinishi Skaner ob'ektning koordinata tizimini aniqlash uchun xizmat qiladigan maxsus vizirlash belgilarini mustaqil qidirishi va topishi mumkin.
Shunday qilib, skanerning ko‘rish maydoni chegarasidagi barcha planga olinadigan joy va joydagi predmetlar, skaner yordamida koordinatalari aniqlangan nuqtalar to‘plami ko‘rinishida tasvirlanadi. O‘lchash jarayonida asbob displeyida ushbu stansiyada tushirilgan joyning raqamli ko‘rinishi va tasviri olina skanerning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Skanerning asosiy qismlari quyidagidan iborat:
lazerli dalnomer, nurlatuvchi sifatida odatda lazerdan foydalaniladi; skanerlovchi prizma, vertikal tekislikda lazer to‘plamini tarqatadi; skanerlovchi qism, gorizontal tekislikda aylanadi. Xotiraga yozish va qayta ishlash uchun kompyuter xizmat qiladi.
O‘lchangan masofa va ikkita (gorizantal va vertikal) burchak skanerlanadigan nuqtaning koordinatalarini hisoblash imkoniyatini beradi. Skanerning to‘liq ko‘rish maydoni vertikal tekisliklardan tashkil topgan qatorlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Barcha planga olish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. Planga olish jarayonidagi ma'lumotlar nuqtalar to‘plami ko‘rinishidan iborat.
O‘lchashdan keyin olingan ob'ektning modeli ko‘p nuqtalar (yuz mingdan bir necha million) to‘plami ko‘rinishidan iborat bo‘lib, bir necha millimetr aniqlikdagi koordinatalarga ega. Tabiiyki, skanerlash jarayonida ob'ektning to‘g’ri ko‘rinishida joylashgan bir qismigina ko‘rish mumkin. Ob'ektni to‘liq planga olish uchun, barcha tomonidan skanerlash kerak bo‘ladi. Barcha nuqtalar to‘plamini bir butun geometrik fazoga tenglashtirilgandan (birlashtirilgandan) keyin plan olish ob'ekti bo‘yicha bir butun ma'lumot olinadi. Bu yerda tenglashtirish (birlashtirish) jarayoni ro‘yhatga olish deb ataladi.
Skanerlashda har bir nuqta koordinatasi skanerlash markazi bilan ustma-ust tushadigan koordinata tizimida aniqlanadi. Lazerli skanerlash plan olish zonasidagi Rasmlni ko‘rsatilishiga imkoniyat beradi. Binolar fasadi va arxitekturaviy yodgorliklarni planga olishda, lazerli skanerlarni qo‘llash, yer usti fotogrammetriyasini rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi. Undan tashqari yer usti lazerli skanerlash texnologiyasi orqali, an'anaviy usullar bilan qiyin yoki umuman mumkin bo‘lmagan injenerlik inshootlarining ichki qismini planga olishni bajarish mumkin.