9-MA’RUZA
Mavzu: Yuzalarni geometrik nivelirlash usulda tasvir olish
Yuzalarni nivelirlashning mohiyati va usullari.
Parallel chiziqlar bo‘yicha yuzalarni nivelirlash usuli.
Magistrallar usuli. Poligonlar usuli.
Kvadrat kataklar usuli.
Vertikal planirovka davrida ya’ni yerlarga suv chiqarish, maydonlarni sug‘orish, inshootlarni qurish, tuproq hajmini hisoblash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun loyiha tuzish ishlari joy relefi aniq tasvirlangan yirik masshtabli topografik planlarda bajariladi. Tasvirlarni masshtabi planda 1:500 ÷1:50000 va relef kesimining balandligi 0,1-0,5 m etib qabul qilinadi. Relefi tekis bo‘lgan joylarda bunday topografik planlar asosan yuzani nivelirlash orqali tuziladi. Joy relefning xarakteriga, uni planda tasvirlash aniqligiga, loyihalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga xamda boshqa bir qancha shartlarga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvadratlar tomoni 10 dan 100 m gacha bo‘lishi mumkin.
Yuzani nivelirlash turli usullarda bajariladi.
1.Magistrallar va ko‘ndalang chiziqlar usuli - katta va cho‘ziq Rasmlli maydonlarni tasvirga olishda qo‘l keladi. Planli – balandlik asosi etib A va B nuqtalardan o‘tgan teodalit – nivelir yo‘li qabul qilinib, yo‘lning bosh va oxirgi nuqtalari davlat geodezik to‘rlariga yoki zichlash to‘rlarga bog‘lanadi (1.1-rasm). Magistral yo‘llardagi burilish burchaklarini uchlari doimiy yoki vaqtinchalik belgilar bilan joyida mahkamlanadi. Ko‘ndalanglar a a1, b b1, ss1 va h.o. ma’lum masofada lenta va burchak o‘lchash asboblari yordamida magistrallar chiziqlarida rejalanadi.
1 – rasm. A) Parallel chiziqlar va magistrallar usuli
A- I- II - ... – V magistrall yo‘li III yoki IV- sinf nivelirlash dasturi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda ikki marta nivelirlanadi. Magistral yo‘lini nivelirlash yo‘lni bog‘lash natijasida 1, 2, 3 ..., nuqtalar balandliklari aniqlanadi. Bu nuqtalar ko‘ndalanglarga kabi hisoblanadi. Ko‘ndalanglarni niverlash qo‘shni ko‘ndalang chiziqlardan xosil bo‘lgan 1 – a – a0 – 2, 2- v - v0 -3 va h.o. poligonlarda amalga oshiriladi. Ko‘ndalanglar va nuqtalar oralig‘idagi masofalar 50-100m etib belgilanadi. Magistral yo‘llar va ko‘ndalanglardan joydagi predmetlar va konturlar tasvirga olinadi.
2. Paralell chiziqlar usulida - hududi bo‘ylab yoki uning o‘rtasidan o‘tgan teodalit – nivelir yo‘li planli – balandlik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tasvir olish yo‘llari teodalit nivelir yo‘lining tomonlariga perpendikulyar etib paralell chiziqlar Rasmlida olinadi.
3. Poligonlar usuli - relefi aniq ko‘rinishda bo‘lgan tekis joylarda qo‘llaniladi. Planli - balandlik asosi hudud chegaraliri va relefini harakterli nuqtalardan o‘tkaziladi. Tavsilotni tushirish uchun shu yo‘llarda ko‘ndalanglardan foydalaniladi.
4.Kvadratlar usuli - ochiq, relefi tekis joylarda foydalaniladi. Kvadradratlarning uchlaridagi nuqtalar planli - balandlik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kvadratlar bilan nivelirlashda burchaklarning uchlari raqam va harflar bilan belgilandi
belgisi – v3, S – nuqatniki d5 va h.o.
Katta maydonlarni nivelirllashda joyida avval burchak o‘lchash asbobi va ruletka yordamida tomonlari 100 – 1000 m masofali tashqi katta kvadrat uchlarini belgilab olinadi.So‘ngra, har bir katta kvadratlar tomonlari 20 m va h.o. dan iborat ichki kvadratlar bilan to‘ldiriladi. Tomonlar uzunligi tasvir olish masshtabi, relef kesimining balandligi joyning harakteriga bog‘liq holda qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |