1 Ma’ruza Mavzu: Avtomatikaning asosiy elementlari



Download 81,91 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi81,91 Kb.
#37348
Bog'liq
1-Ma’ruza


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan Avtomatika fanidan ma’ruza matni

fanidan o’quv uslubiy majmua




1 - Ma’ruza
Mavzu: Avtomatikaning asosiy elementlari: Avtomatika asosiy tushunchalari. Kurs predmeti va vazifalari. Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish. Kibernetika. Texnalogik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi (BAS).
Reja:

1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar.

2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. BAS haqida tushuncha.

3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi.

4. Kurs predmeti va uning vazifalari.

5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha.

6. Boshqarishning avtomatik sistemalari tavsifi.

7. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemani tayyorlashda standartlashtirish.

Adabiyotlar:

1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”,-Toshkent, 1997 y.

2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”,-Toshkent, 1982 y.

3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.

4. Mayzel M.M “Osnovы avtomatiki i avtomatizatsii proizvodstvennыx protsessov”, - Toshkent, 1964 y

5. Tuzuvchi F.S.Mirzaxodjaeva. “Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Toshkent 1989 y.




  1. Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar

Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok liniyalari, sex va zavodlar barpo bo’lmoqda.

Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan texnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi.

Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi.

Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan texnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’xtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.

Endi bu funktsiyani texnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz mexanigi J. Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida o’sha vaqtda texnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.

Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi texnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.

Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg texnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan:

1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.

2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida

nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.
2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi.

BAS haqida tushuncha

Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’xtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi texnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinxron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’xtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin.

Kibernetika (grekcha boshqarish) fani asoslarini Norbert Vinner o’zining 1948 yilda chiqqan “Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” degan kitobida bayon qilingan. Uning ta’rificha kibernetika mexanizmlar, organizmlar va jamiyatdagi boshqarish va bog’lanishlar to’g’risidagi fan bo’lib, mazkur fanning asosida turli fizik tabiatga xos bo’lgan sistemalardagi boshqa jarayonlarga umumiy nuqtai nazardan qarash va ular uchun boshqarishning matematik nazariyasining yaratish mumkinligini to’g’risidagi fikr yotadi.

Kibernetikaning muhim ahamiyatga egaligi shundaki, u avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o’z ichiga oladi.

Kibernetikaning bir qator falsafiy ahamiyatlari ham bor. Bularning eng muximi ob’ektiv olamning mavjud ma’lumot jarayonlar bilan aloqadorligini ochib berishdir. Kibernetika dialektik materializmga asoslanadi. U materiya dunyoning birdan bir negizi jonli tabiat, jamiyat va mashinalardagi hodisa va narsalarning boshqarilish qonunlari o’zaro umumiy bog’lanishda ekanligi, ulardagi harakat va rivojlanish esa ichki qarama-qarshiliklar va ular haqidagi ma’lumotlar asosida vujudga kelishini tasdiqlaydi.

Kibernetika fani boshqarish to’g’risidagi ilmiy bilishning uch asosiy yo’nalishini o’z ichiga oladi:

1. Texnik kibernetika-sanoat kibernetikasi. Bunda sanoat ishlab-chiqarishi ob’ektlardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.

2. Biokibernetika. Bunda biologik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.

3. Iqtisodiy kibernetika. Bunda iqtisodiy sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.

Kibernetikaning avtomatika fani bilan bog’liqligi va farqi shundaki kibernetika yopiq zanjirli informatsion avtomatik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.

Texnik kibernetika vaboshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi kursining asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta’minlaydigan texnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.

Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal texnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Texnologik mashinani ishga tushirish, to’xtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladigan ABS ob’ektining biror texnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) texnologik jarayon davomida rostlab turish uchun xizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektning texnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari texnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan texnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.

Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to’g’risida echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o’tishini ta’minlash va boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. Yangi progressiv texnika va yangi usullar bilan ta’minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. Ob’ektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi.

Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun ma’lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta’sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi.

BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:

1. Boshqarish darajasi bo’yicha.

A) umumdavlat BAS

B) Soxa bo’yicha BAS vazirlik doirasi bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.

V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoxud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.

G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoxud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish .

D) Korxona BAS ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS yoxud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish .

2. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha:

A) Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.

B) Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.

V) Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.

3. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha: reja hisoblari, moddiy texnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.

4. Ishlab chiqarish xarakteri bo’yicha: ishlab chiqarish bo’yicha jarayonlar uzluksiz , diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korxona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.

3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish

vositalarining davlat sistemasi

Boshqarish jarayonining sifati, samaradorligi ko’p jihatdan texnologik jarayon haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o’lchov asboblari sezgichlarning bo’lishini talab qiladi. Sezgichlardan olingan ma’lumot boshqaruvchi EHM sistemasiga undan ijro etuvchi elementlar sistemasiga ta’sir qiladi. Boshqaruvchi ma’lumotlar bir qator avtomatika elementlari, nazorat o’lchov asboblari orqali o’lchanadi. Agar bu sistemalar, elementlar va ular orqali o’tadigan signal soddalashtirilmasa umuman bir me’yorga keltirilmasa boshqarish sistemalari qurilishida katta iqtisodiy va tashkiliy tartibsizlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarning ko’pligi va turli –tumanligi sababli, sezgichlar, signal beruvchi elementlar, boshqarish elementlari, EHM nazorat o’lchov asboblarining behisob ko’p va turli xil fizik tabiatga (elektrik , pnevmatik, gidravlik va boshqalar) xos bo’lishi nazarga olinganda aytib o’tilgan tartibsizlik va iqtisodiy zararlarning qanchalik katta bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.

O’lchov asboblarining davlat sistemasi bu kamchiliklarning bo’lmasligini, o’lchov asboblarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yagona tartib o’rnatish choralarini amalga oshirishni ko’zda tutadi.

O’lchov asboblarining davlat sistemasi (ADS) 3 ta asosiy elektrik, pnevmatik va gidravlik tarmoqlarga bo’linadi. Bajaradigan vazifasi bo’yicha asboblar ob’ektlardan ma’lumotlarni sezib oluvchi, signallar uzatuvchi va ishlov beruvchi qurilmalarga, ijro etuvchi elementlar sistemalariga bo’linadi. Bulardan tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi signal turlarini biridan ikkinchisiga o’zgartiruvchi universal elementlar ham ADS ga kiradi. har bir tarmoq uchun davlat standarti tomonidan o’lchov asboblari va bloklariga kiruvchi va ulardan chiquvchi signallar miqdorini oldindan aniqlab bo’lmaydi.



4. Kurs predmeti va uning vazifalari

Avtomatika fani dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining texnikaga oid tarmog’i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini o’z ichiga oladi: texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi. Avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish usullari, avtomatik boshqarish va rostlash printsiplarini texnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, xususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi.

Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kursini o’rganishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad texnologik jarayonlar va texnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak.

Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaxassislariga avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sxemalari va xususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va xarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish, texnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat.
5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan

sistemalari haqida tushuncha

Kibernetika fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi, ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab bera oladigan texnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki:

1. Boshqarishning avtomatik sxemami (BAS)

2. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi degan tushunchalar ishlab chiqarishni avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda.

BAS deb, alohida lokal texnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.

Texnologik mashinani ishga tushirish, to’xtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgartirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob’ektning biror texnologik parametrini (harorat, bosim, sath balandligi, tezlik, namlik) texnologik jarayon davomida rostlab (stabillab) turish uchun xizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektlarning texnologik parametrini oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari, texnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash funktsiyalari va boshqalarni inson ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi.

BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimi iqtisodiy matematik modellash asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi.

Bu sistema boshqarish to’g’risidagi echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi.

BAS inson faoliyatining turli sohalarida boshqarishni optimallash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishning avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi:

1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish.

2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish.

3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish.

BAS larda yuqoridagi funktsiyalarni EHM bajaradi. Ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish funktsiyasini, boshqaruvchi mashinalarda olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. Shuning uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi.

BAS 1960 yidan sanoatda qo’llanila boshlagan bo’lsa, 1980 yilga kelib ishga tushirilgan avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalar soni 4370 dan oshib ketgan. Shundan 1650 ga yaqin texnologik jarayonlarni BASni bo’lgan. 2000 dan ortiq EHM ning uchinchi avlodi bilan jihozlangan hisoblash markazining ishlab turganligi BASning qanchalik progressiv sistema ekanligini ko’rsatadi. Texnologik jarayonlar BASning eng oddiy funktsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Funkutsional sxemani soddalashtirish maqsadida texnologik jarayonlar BASi faqatgina avtomatik rostlash sistema va boshqaruvchi operatordan iborat qilib tuzilgan.

Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operatort tomonidan beriladi. Buning uchun u ma’lumotni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish xaqida qaror qabul qiladi va sistemani boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementni va rostlash organiga ta’sir qilib boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi.


6. Boshqarishning avtomatik


sistemalari (BAS) tavsifi
Boshqariladigan sistemalarning murakkabligi, bajaradigan vazifasi, ishlab chiqarish xarakteri, boshqaruvchi ob’ekt xarakteri, pog’onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:
I. Boshqarish darajasi bo’yicha:

1. Umumdavlat BAS

2. Soha bo’yicha BAS. Vazirlik doirasida bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.

3. Xududiy BAS. Umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.

4. Ishlab chiqarish birlashma BAS. Ishlab chiqarish birlashmalarini alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish.

5. Korxona BAS. Ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS yohud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.


II. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha:

1. Texnologik jarayonlarning boshkarishning avtomatlashtirilgan sistemasi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.

2. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.

3. Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemaga birlashtiradi.

III. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha:

Reja hisoblari, moddiy texnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.






IV. Ishlab chiqarish xarakteri bo’yicha

Jarayonlar uzluksiz va diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korxona boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.

Ma’lumki BAS administrativ yoki tashkiliy boshqarishdagi BAS ishlab chiqarish sistemalaridagi BAS ga bo’linadi.

Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi pog’onalardagi insonlar tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va shuningdek qarorni bajarilishini nazorat qilib turish hamda shu kabi boshqarish funktsialarni bajarishdan iborat. Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish sistemalaridagi boshqaruvchi odam esa operator deyiladi. Operator o’zini boshqaruvchi funktsiyasini texnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida bajaradi.
7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish
BAS larning tayyorlashda yuqori sifatli avtomatika elementlari bloklari, EXM va boshqarish mashinalarining komplekslarini vujudga keltirish katta ahamiyatga ega. Ulardan unumli foydalanish masalasini ratsional hal etish BAS ning barcha elementlari texnik normativ ko’rsatgichlarini davlat standartlari darajasida ko’tarishni talab qiladi.

Davlat standartida TNXlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar kompleksi berilgan bo’ladi. BAS tayyorlash sohasidagi barcha tashkilot va korxonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soxalardagi barcha tashkilot va korxonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS elementlarinng optimal va yuqori sifatli bo’lish, fan texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish sohalarining birligi, o’zaro bog’lanishni ta’minlash BAS va uni elementlarini davlat standarti normativlari asosida bo’lishini talab qiladi.



O’zlashtirish uchun savollar:


  1. BAS ta’rifi qanday?

  2. BASning vazifalariga nimalar kiradi?

  3. “Odam mashinasi sistemasi” ning tuzilishi qanday?

  4. BASning funktsional sxemasi qanday?

  5. BAS qanday sinflarga ajraladi?

  6. ARSning tarifi qanday?

  7. ARS qanday qismlardan iborat?

  8. Rostlanuvchi parametrning o’zgarish miqdori qanday topiladi?

  9. ARS larga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

  10. Sanoatda qo’llanilgan birinchi texnik vosita qachon va kim tomonidan yaratilgan?

  11. Avtomatika fani nazariyasining asoschisi kim?

  12. ABS necha turga bo’linadi?

  13. Kibernetika qanday yo’nalishlarni o’z ichiga oladi?

  14. BAS qanday sinflarga bo’linadi?

  15. O’lchov asboblariga nimalar kiradi?

  16. Avtomatika fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?




Download 81,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish