Microsoft Office paketining bir nechta avlodi yaratilgan. 2007 yilda Microsoft Office 2007 yangi offis paketi yaratildi. U avvalgidan ancha qulay, to’liq qayta tuzilgan interfeys mavjud. Microsoft Office Word 2007 yangiliklari. Microsoft Office Word 2007 rus tilidagi dasturida buyruqlarning bajarilayotgan ishga bog’liq bo’lgan menyulari, foydalanuvchiga hujjat ichiga jadvallar va boshqa grafik elementlarni kiritishni yengillashtiruvchi, foydalanish oson bo’lgan galereyalar mavjud. Microsoft Office Word 2010 esa yanada takomillashgan, uning bo’limlari ichida eski Office paketlaridagi uskunalar paneli ham kiritilgan. Microsoft Office 2007ga XML tiliga asoslangan, yangi formatdagi fayllar kiritilgan. Word 2007 da yaratilayotgan xujjatlar, agar boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa, yangi kengaytirmadagi fayl sifatida saqlanadi, bunda odatiy kengaytirmaga "x" yoki "sh" suffiksi qo’shiladi. "X" suffiksi XML-fayl makroslarga ega emasligini ko’rsatadi, “m" suffiksi esa - XML- fayl makrosga ega ekanligini bildiradi. Shunday qilib, Word 2007, Word 2010, Word 2013 ning oddiy fayllari doc emas, balki docx kengaytirmaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |