1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja


-MA’RUZA Metallarga termik ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish



Download 3,88 Mb.
bet11/18
Sana31.12.2021
Hajmi3,88 Mb.
#224610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2. Ma'ruza materiallari

5-MA’RUZA
Metallarga termik ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar. Ishlab chiqarish sexlarini hududi. Sexni binosi.

  2. Yoritishni turlari. Ventilyatsiya va isitish tizimi.

  3. Qizdirish pechlari, ularda ishlash qoidalari, mehnat muhofazasi vatexnik ekspluatatsiya qilish qoidalari.

  4. Sovitish vannalari va ularda ishlash qoidalari. Maxsus kiyim-bosh, ishchilarga sanitar-maishiy sharoitlar.

Metallarga termik ishlov berish sexlari turar joy, davolash profilaktika va madaniy maishiy binolardan kamida 50 metr uzoqlikda joylashishi zarur.

Metallarga termik ishlov berish sexlari bir qavatli balandligi kamida 8 metr bo’lishi shart. Alohida termik uchastkalarda amaldagi sanitariya normalari asosida joylashtirilishi lozim.

Mаtеriаllаr vа аrаlаshmаlаrni sаqlаsh vа ishlаb chiqаrish uchun mo’ljаllаngаn binо vа xоnаlаrning tоifаlаri bеlgilаngаn bo’lishi kеrаk.

Binо vа xоnаlаrning tоifаlаrini bеlgilаshdа аvаriya vаziyatlаrining eng xаvfli tusini inоbаtgа оlib pоrtlаshning оrtiqchа bоsimini hisоblаb chiqish shаrtdir.

Ishchi xоdimlаr ish bоshlаngunigа qаdаr, ish uchun zаrur bo’lаdigаn ehtiyotkоrlik qurilmаlаri, аsbоb-uskunаlаri, mеxаnizmlаri vа mоslаmаlаrining mаvjudligi vа ulаrning sоzligini tеkshirib ko’rishlаri lоzim. Tеxnоlоgik qurilmаlаrning ehtiyotkоrlik uskunаlаri, mеxаnizmlаr vа mоslаmаlаrning kаmchilik vа nоsоzliklаri аniqlаngаn tаqdirdа ishchi xоdimlаr bu hаqidа bo’linmа rаhbаrigа xаbаr bеrishi lоzim.

Hаr bir ish jоyidа xаvfsiz mеhnаt shаrоitlаri yarаtilgаn bo’lishi lоzim.

Xаvfsizlik qоidаlаridаn chеtgа chiqish hоlаtlаri mаvjud bo’lgаn ish jоylаridа ishlаsh tаqiqlаnаdi. Ushbu chеtgа chiqishlаrni bаrtаrаf etish ishlаrini bаjаrishgа qo’shimchа xаvfsizlik chоrаlаri tа’minlаngаn hоldа ruxsаt bеrilаdi.

Mеhnаt muhоfаzаsi vа tеxnikа xаvfsizligi bo’yichа plаkаtlаr, yo’riqnоmаlаr vа bеlgilаr nаvbаtchilik xоnаlаridа, ish jоylаridа, аgrеgаtlаr vа оdаmlаr hаrаkаtlаnаdigаn yo’llаrgа ilib qo’yilishi lоzim.

Tаshkilоtlаrdа hаr bir uchаstkа (оb’еkt, bo’linmа) uchun yong’in vа pоrtlаshdаn xаvfli tоifа o’rnаtilishi vа tеgishli xаvfsizlik chоrаlаri nаzаrdа tutilgаn bo’lishi lоzim.

Stаtsiоnаr ko’chirish-silliqlаsh qurilmаlаrining tuzilishi ehtiyot sоyabоnlаri vа chаngsizlаntiruvchi himоya g’ilоf-pаnаlаgichgа egа bo’lishi kеrаk.

G’ilоf-pаnаlаgich yirik chаngni tutish uchun mo’ljаllаngаn filtrgа vа shаmоllаtish tizimining tоrtish tizimigа biriktirish uchun mo’ljаllаngаn pаtrubkаlаrgа egа bo’lishi lоzim.

Ishchi zоnаdаgi (ish o’rinlаridаgi) hаvо GОST 12.1.005-88 «Mеhnаt xаvfsizligi stаndаrtlаri tizimi. Ishchi zоnа hаvоsigа bo’lgаn umumiy sаnitаriya-gigiеnа tаlаblаri» gа mоs kеlishi kеrаk.

Quymаchilik ishlаrini o’tkаzishdа xаvfli vа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrigа quyidаgilаr kirаdi:

Hаvоgа zаrаrli mоddаlаrning аjrаlishi (fеnоl, аerоzоl vа bоshqаlаr);

Yuqоri dаrаjаdа chаngitish, gаzlаntirish vа ishchi zоnаning hаrоrаti;

jihоzlаr, uskunаlаr vа quymа yuzаsining yuqоri hаrоrаti;

yuqоri dаrаjаdаgi shоvqin vа titrаsh;

hаrаkаtlаnuvchi trаnspоrt vа yuk ko’tаrish jihоzlаri, tеxnоlоgik quymа jihоzlаrning hаrаkаtlаnuvchi qismlаri;

оg’irlik vа mеhnаtning kеskinlаshuvi tufаyli jismоniy tоliqish;

jаrоhаtlаnish yuzаgа kеlishining yuqоri xаvfgа egаligi.

Tаshkilоtdа trаnspоrt vоsitаlаri vа piyodаlаrning tаshkilоt hududidа hаrаkаtlаnish chizmаsi ishlаb chiqilishi vа rаhbаr tоmоnidаn tаsdiqlаngаn bo’lishi kеrаk.

Trаnspоrt vоsitаlаri vа tаshkilоt hududidа piyodаlаrning hаrаkаti chizmаsi tаshkilоtgа kirish vа chiqish hаmdа ish uchаstkаlаri vа sеxlаrning ko’rinаrli jоylаrigа оsib qo’yilishi kеrаk.

Tаshkilоt hududi (tsеxlаri, uchаstkаlаri) mеtаll qоldiqlаri, mаishiy chiqindilаr vа zаrаrli ishlаb chiqаrish chiqindilаridаn tоzаlаnib turilishi lоzim.

Tаshkilоt hududidа jоylаshgаn quduqlаr qоpqоqlаr bilаn yopilgаn bo’lishi kеrаk.

Yo’llаr, yo’lаkchаlаr, tаshqi zinаlаr, trаnspоrt vоsitаlаri vа piyodаlаr o’tish jоylаri sоz hоlаtdа bo’lishi vа o’z vаqtidа tа’mirlаnishi kеrаk, yozgi vаqtdа u jоylаrgа suv sеpib turish, qishdа esа qоr vа muzdаn tоzаlаb turish, muzlаb qоlgаn tаqdirdа esа qum, shlаk yoki bоshqа sirpаnishgа qаrshi mаtеriаllаr sеpib qo’yish lоzim.

Trоtuаrlаr vа trаnspоrt vоsitаlаri yo’llаrining tеmir yo’llаr bilаn kеsishаdigаn jоylаridа, piyodаlаr vа trаnspоrt vоsitаlаri uchun, o’tish jоylаri o’rnаtilishi lоzim.

Tеmir yo’llаr bo’ylаb yurish, shuningdеk ulаrning bеlgilаngаn jоylаridаn o’tish tаqiqlаnаdi.

Trаnspоrt vоsitаlаri, аvtоkаrlаr, elеktrоkаrаlаr vа bоshqа rеlssiz trаnspоrt vоsitаlаri hаrаkаtining tеzligi tаshkilоt hududi bo’yichа tаshkilоt rаhbаriyati tоmоnidаn bеlgilаnаdi, birоq ishlаb chiqаrish binоlаrigа kirishdа, binоlаr ichidа vа u yеrdаn chiqish pаytidа 5 km/sоаt dаn оshmаsligi kеrаk.
Ko’p qavatli binolarda faqatgina balangi qavatlarga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar buni imkoni bo’lmasa unda ventilyatsiya tizimini quvvatini kattasidan o’rnatish lozim.
Pech va qurulmalarni joylashtirish oraliqlari

Jihoz nomlanishi

Oraliq masofa jihozlar orasidagi

m


Katta olchamli konveyer va tolkatelli

qizdirish pechlari



3.0

Katta o’lchamli kamerali qizdirish pechlari (shtamplar, quymalar pokovkalarni )

1,5-3,0

Katta bo’lmagan universal pechlar asbobsozlik termik qizdirish pechlari

1,0-1,5

Mexanik ishlovchi yuqori chastotali qurulma 1,5 Toblash vannalari (moyli va suvli) kichik hajmli Pechdan-1,0 Toblash vannalari (moyli va suvli) katta hajmli Pechdan 1,5-2,5 Parmalovchi quyidagilarga majbur: shpindel va kesuvchi asbobga yaqin egilmaslik;

Stanok shpindelining yurish vaqtida ishlov berilayotgan predmet chiqib ketishi yoki boshqa bir texnologik jarayonning buzilishini oldini olish uchun uni to'g'ri va ishonchli o'rnatish;

Chiqib turgan to'xtatadigan (stoporniy) vintlari va boltlari bo'lgan patron va moslamalarni ishlatmaslik, agarda chiqib turgan joylari bo'lsa ularni to'siq bilan o'rash zarur;

Ishlov berilayotgan detallar, tiski va moslamalar stol yoki fundament plitasiga mustahkam va ishonchli mahkamlash, qotirishni esa maxsus mahkamlash detallari (stol ariqchasi (paz) ga mos boltlar, qisuvchi plankalar, tayanchlar va boshqalar bilan) bilan bajarish;

Tiskilarni ishga yaroqli holda tutish va ulardagi kertik tishlari yelanmagan bo'lishi kerak; detallarni stanokka o'rnatish va stanokdan yechib olish shpindel va kesuvchi asbob boshlang'ich holatda aylanmasdan turganida amalga oshiriladi, detalni ish zonasidan tashqarida o'rnatish imkoniyatini beruvchi stanokning maxsus ko'p o'rinli moslamaga ega bo'lgan holati bundan mustasno;

Kesish asboblarini o'rnatishda ularning ishonchli va mustahkam qotirilganligiga va to'g'ri markazlashganligiga e'tibor qilish, asboblarni o'rnatishni esa, stanok to'liq to'xtatilgandan keyin bajarish;

Asboblarni almashtirishda shpindelni tushirish, stanok ishlab turgan holatda asboblarni almashtirish, faqatgina tez almashtiriluvchi maxsus patronlar bo'lganda ruxsat etiladi;

Konussimon quyrug'i yelangan asboblardan foydalanmaslik, shpindelga konussimon quyruqli parma yoki razvertkalar o'rnatishda asbobning kesuvchi qirrasi bilan qo'lni kesishidan ehtiyot bo'lish kerak;

Parmalanayotgan detalni qo'lda ushlab turish taqiqlanadi, mahkamlash moslamalari bo'lmagan holatda mayda detallarni ustaning ruxsatidan keyin dastaki tiskilar, qisqichlar yoki yassi paralell jag'li ombirlar bilan tutib turish mumkin;

Parma va detal patroni qotirilganligi bo'shashganda darhol stanokni to'tatish, hamda buyum stolda parma bilan birga aylanayotgan bo'lsa uni qo'lda tutishga urinmasdan tegishli moslamalardan foydalanish;

Posangi (protivoves) trosidagi yuk yaroqliligi va mustahkam qotirilganligini tekshirish; mo'rt materiallarni parmalashda, stanokda qirindilardan himoya qurilmasi bo'lmagan holda shaffof materialdan yasalgan himoya yoki saqlash shchitini taqish;

Chuqur teshiklarni parmalashda qirindidan tozalash uchun vaqti-vaqti bilan parmani teshikdan chiqarib turish; parmalanayotgan detaldan va stoldan qirindini asbob to'xtagandan keyin olib tashlash; qovushqoq metallarda teshik parmalashda qirindi sindirgich ariqcha (kanavka)si mavjud spiral parmalar qo'llash;

Parma yoki patronni almashtirishda yog'och tagliklardan foydalanish; kesish asbobini ishlov berilayotgan detalga asta sekin, zarbsiz, ravon yo'naltirish; parmani dastaki uzatishda va teshib o'tishga parmalashda yoki mayda parmalar bilan teshishda richagni qattiq bosmaslik, avtomatik uzatishda uzatishni pasportda keltirilgan normadan oshishiga yo'l qo'ymaslik;

Stanokni to'xtatishdan oldin albatta asbobni ishlov berilayotgan detaldan uzoqlashtirish. Parmalovchiga quyidagilar taqiqlanadi: ishni himoya ko'zoynaklarisiz bajarish; parmalanayotgan detalni qo'l bilan ushlab turish; stanok ishlab turganda detal, moslama va asboblarni qotirish; stanok asosi ishonchli mahkamlanmagan holda radial-parmalash stanogida ishlash;

Qo'lqoplarda va bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash.

Ish vaqtida avariya vaziyati yuzaga kelganda parmalovchi quyidagilarga majbur: ishni to'xtatish va darhol ish rahbarini xabardor qilish; yong'in vujudga kelganda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, shu bilan bir vaqtning o'zida yong'indan saqlash xizmatini chaqirish;

Jabrlanganlar mavjud bo'lganda, jabrlangan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir etuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;

Jabrlangan kishini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish, nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakni tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lam qo'yish, tibbiy tez yordamni chaqirish.

voqea joyidagi vaziyatni imkoni boricha saqlab turish.
Stanokni o'chirish. Detallarni, moslama va asboblarni maxsus birkitilgan joylariga olib qo'yish; Ish joyini tartibga keltirishi. Maxsus ish kiyimi va poyafzalni shkafga yoki maxsus jixozlangan xonaga olib qo'yish;

Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish. Ish tugugandan sung masterga ish davomida stanokda va asboblarda aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish va dush qabul qilish.


Termik ishlov berish sexlarini kirish chiqish darvozalari smenada har 40 minutda shamollatib turilishi lozim. Termik ishlov pechlari va maxsus qurulmalar

Pechlarni konstruksiyalari yuqori avtomatlashganlikga to’liq javob berishi lozim. Detallarni yuklash tushirish keying operatsiyaga o’tkazish qulay bo’lishi lozim. Qizdirish pechlarini shunday joylashtirish kerakki undan ishchi zaharli gazdan va issiqdan zararlanmasligi kerak.

Metallarga termik ishlov berish sexlarida ishchilardan talab qilinadi:


  1. Maxsus kiyimda bo’lishi;

  2. Boshga himoya kaskasini kiyishi;

  3. Ko’zga ko’zoynak taqishi;

  4. Pechga detal yuklash va tushirishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi;

  5. Qo’lida qo’lqop bo’lishi shart;

  6. Qizigan detallarni qo’l bilan teginmaslik;

Ish boshlashdan oldin:

Pechlarni sozligini tekshirish; Agar pech ichida olovbardosh g’ishtlarda buzilgan bo’lsa unda uni tuzatish; Avariya hollarida: Tezda avariya holatida pechni tarmoqdan ajratish;

Avariya holatida jabrlanganlar bo’lsa, birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish;

Bu hol haqida smena ustasiga xabar berish; Sоvutish suvi bоsimi аvаriyaviy rаvishdа tushib kеtgаn, kislоrоd yoki gаz bеrilishi to’xtаgаn hоllаrdа yondirgich аvtоmаtik tаrzdа o’chirilishi vа pеchning ish bo’shlig’idаn chiqаrilishi lоzim. Suv uzаtish аvаriyaviy rаvishdа to’xtаgаn hоllаr uchun sоvutish tizimidа zаxirа suv tа’minоti ko’zdа tutilgаn bo’lishi lоzim.


Mazkur yo'riqnoma tokarlik karusel stanoklarida turli kesish asboblari va moslamalar ishtirokida turli detallarga tokarlik ishlov beradigan tokar-karuselchi uchun mo'ljallangan.

Tokar tokar-karuselchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar: 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar; tibbiy ko'rikdan o'tganlar; kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar; yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash lozim bo'lganda qo'shimcha o'qitilishi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq o'tganlar; "…nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar.

Tokar tokar-karuselchi quyidagilarga majbur: ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish; belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish; ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish; berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish; yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish; xavfsizlik belgilari talablarini bajarish, yuk ko'tarish mashinalari va zavod transportlari ogohlantiruvchi signallariga e'tibor berish; ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish; stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.

Tokar tokar-karuselchi quyidagilarni bilishi shart: turli tipdagi tokarlik karusel stanoklari tuzilishi, kinematik sxemasi va aniqlikka tekshirish qoidalarini, konstruktiv o'ziga xos xususiyatlarini xamda universal va maxsus moslamalardan foydalanish qoidalarini, murakkab nazorat-o'lchov asboblari va priborlari tuzilishini, jilvir toshlarining markalarini va foydalanish qoidalarini, geometriyasini, termik ishlov berish qoidalarini,normal, maxsus va turli xil asboblarni o'rnatish, charxlash va me'yoriy o'lchamga yetkazish, elektrotexnika bo'yicha elementar talablarni, plazmali qurilmasi, oqimli-tortuvchi vintelyasiya va sovutish sistemasi havfsiz ishini ta'minlash choralarini, plazmali qizdirish qurilmasi prinsipial sxemasini va plazmatronni rostlash usullarini, plazmali qizdirish qurilmasi ekspluatasiyasi uchun texnik tavsifi va o'ziga xos xususiyatlarini.

Tokar tokar-karuselchiga ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir etishi mumkin: stanokning aylanuvchi va xarakatlanuvchi qismlari; elektr toki urishi; detallarga ishlov berishda metall qirindilaridan shikast yetkazilishi; moylash-sovutish suyuqligi (SOJ).

Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Ish boshlashdan oldin tokar-karuselchi quyidagilarga majbur: ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual ximoya vositalarini kiyish va tartibga solish; blokirovka (muhofazasi) va saklagichlar, zaminlash konturi yaroqliligini va jihozlar yaroqliligini tekshirish; ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash; asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini tekshirish; tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar xamda elektr apparatlari tok o'tkazish qismlari, uchayotgan qirindilardan va sovutish suyuqliklaridan saqlash, asbobni mahkamlash qurilmalari himoya to'siqlarining mavjudligini va yaroqliligini tekshirish; planshayba to'sig'i stanok ishiga halaqit bermasligini tekshirish; qo'shish va ajratish richaglari sozligini tekshirish (salt yurishdan ishchi yurishga beixtiyor qo'shilib ketishi ehtimoli yo'qligini tekshirish lozim); oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini tekshirish; ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish; stanokni salt yurishda ishlatish va tekshirish; boshqarish organlari yaroqliligini (bosh xarakat mexanizmlari, surish xarakati, xarakatni ishga tushirish, to'xtatish va boshqalar), stanokning xarakatlanuvchi qismlarida, ayniqsa supportning ko'ndalang va bo'ylama sirpangichlarida qisilishlar va ortiqcha bushliq yo'qligiga ishonch xosil qilish; sovutish va moylash sistemalari yaroqliligini tekshirish; sovutish suyuqligini yetkazuvchi shlanglarni stanokning xarakatlanuvchi qismlari va kesish asboblariga tegmaydigan qilib joylashtirish, sovutish suyuqligini faqatgina nasos yordamida etkazib berish; Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik.
Ish davomida tokar-karuselchi quyidagilarga majbur:

Barcha ishlarni texnologik yo'riqnomaga va texnologik kartaga muvofiq bajarish; ish vaqtida faqatgina usta topshirgan ishni bajarishi, chalg'imaslik va boshqalarni chalg'itmaslik; "Stanok yo'riqnomasida" keltirilgan stanokka xizmat ko'rsatish va qarov bo'yicha ko'rsatmalarni, xamda stanokda mavjud ogahlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish; o'lchami va massasidan qat'iy nazar detalni stanokka ishonchli va mustahkam maxkamlash; kesish asbobini o'rnatish va yechib olishni stanok batamom tuxtatilgandan sung bajarish; detallarga ishlov berishda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash;

Ishchi yuzasi yeylangan siquvchi kulachoklardan foydalanmaslik; ish vaqtida polga moy va suyuqliklarning sachrashini oldini olish va sachrashidan saklanish uchun ximoya qalqonlari o'rnatish; tasmasimon qirindi xosil qiluvchi qovushqoq metallarga ishlov berishda maxsus qurilmali keskichlardan foydalanish (qirindi sindirgichli); detalni mahkamlashda maxsus tagliklardan (podkladki) foydalanish, nosoz planka va kubarlardan foydalanmaslik; detallarni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar kam sonli planka va kubarlar va hokazolardan foydalanish;

Bir nechta kubarlarni ustma-ust o'rnatishda ularning mustaxkam o'rnashganiga ishonch hosil qilish; mahkamlashda texnologik kartalarga muvofiq boltlardan foydalanish; gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash; detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshiriladi; stanokka detalni o'rnatish va rostlashda detalni havfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'irlash lozim, buning uchun lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish ta'qiqlanadi; detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari yechilib belgilangan joyga olib qo'yiladi; dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng surish xarakati to'xtatilib kesish asbobi boshlang'ich holatga keltirilib, planshayba xarakati to'xtatiladi va shundan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshiriladi. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart. Og'ir detal va moslamalarni (massasi 16 kg dan yuqori) faqatgina ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish va yechib olish zarur. Agar stanokning metall qismlarida kuchlanish (tok xis qilinsa) sezilsa, elektrodvigatel ikki fazda ishlaganda (g'uvillasa), zaminlash simi uzilgan xollarda stanok ishdan to'xtatilib, darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar beriladi.




Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish