1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja


-MA’RUZA Elektr payvandlash ishlaridan texnika xavfsizligi



Download 3,88 Mb.
bet16/18
Sana31.12.2021
Hajmi3,88 Mb.
#224610
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2. Ma'ruza materiallari

10-MA’RUZA

Elektr payvandlash ishlaridan texnika xavfsizligi

Reja:

  1. Umumiy talablar

  2. Payvandlash ishlari olib boriladigan hududlar

  3. Ishni tashkil etish

  4. Payvandlashda texnika xavfsizligi

Elekter payvandlash ishlari maxsus uchastka yoki elektro payvandlash sexlarda qo`llanishi mumkun bu sex va uchastka yong`inga qarshi va sanitar normalarga jovob berishi shart.

Ko`p qismli binolar payvandlash ishlari olib borilmaydigan bo`lsahavo oqimi boshqa sexlarga o`tmasligini oldini olish shart.

Payvandlah sexlarida ishlash sharoitida buyimlarni tashish, olib kerish uchun yulakchalar ajralgan bo`lishi kerak. Bu yulakcha kamida 1 m dan kata bo`lishi kerak.

Ko`plab payvandlash sexlari binolarda joylashgan , bu sexlarni havo almashishi uchun yerda turib ochib yopiladigan mexanizm sex havosini almashtirib to`rishi kerak.

Kichik buyimlarga ishlaydigan payvandlashda sexda maxsus kabinalar bo`lishi kerak ularning balandligi kamida 2 m dan past bo`lmasligi kerak.

Payvandlab-yig`uv sexlarida katta detallar yig`ilgan paytda maxsus moslamalar va transportirovka qiluvchi qurilmalar bo`lishi lozim.

Xuddi binolardagidak bo`lganday ochiq uchastkalarda ham davlat organlari sanitariya va yong`in xafsizligi qoidalariga mos ravishda tuzilishi kerak.

Tashqrida ishlayotganlarga ta`sir ko`rsatmasligi uchun payvandlash joyida shitlar hafsizlik setkalari bo`lishi shart. Shitlar va setkalar o`gir bo`lmasligi va kuchirilganda qiyinchilik ko`rsatmasligi kerak.

Payvandlashdagi shitlar va setkalar 3 tomonda himoyalangan bo`lishi shart va tez kuchuvchan bo`lishi shart (texnalogik prossesga qarladi.)

Kichik detallarga ishlov berishda kabinalarda yetarlicha maydon bo`lishi shart chunki detallarni , konduktorni elektr payvandlash mashinasini quyish va ko`cherish uchun.

Payvandlovchi uchun ochiq maydon 3-4 m², detalni mahkamlash va olish uchun maydon 2 m² bo`lishi shart.

Shetlarga ultrabinafsha nurlardan saqlas uchun qora shetlarni rangli ranglar surtish kerak bu ultrabinafsha nurlardan saqlaydi.

Ikki kishilik kabinalarda ishlash mumkun bunda payvandlovchi ishchilar orasida shit bo`lishi shart.

O`tirib payvandlash joylarida o`rindiqning joylashishi qulay bo`lishi shart.

Ochiq uchastkalarda ishlaganda uchastkani ustida yomg`irdan qordan himoyalovchi navestlar bo`lishi shart.

20 kgdan ortiq bo`lgan buyumlarga ishlov berilganda uchastkada uni ko`tarish uchun kutargichlar bo`lishi shart.

Havoda ishlash uchun maxsus lyulkalar bo`lishi shart, lyulkalar davlat standartlari buyicha tuzilishiga kerak.

Havoda ishlayotgan paytida payvandlash shlaklari uchishini va har xil detallarni payvandlovchining ish joyiga tushmasligi uchun himoya vositasi bo`lishi shart.

Payvandlash ishlari olib boriladigan jolarda yong`inga havfli bo`lgan narsalar saqlash taqiqlanadi ular benzin, ateston, spirt, va boshqalar)

Payvandlab yig`ish sexlarida sexdagi qishgi harorat 16 C° dan past bo`lishi mumkun emas. Tarmoq normalari bilan ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni, himoya ko'zoynagini kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyim ostiga olish;

Stanokning mahalliy yoritgichini ishchi zonani yetarlicha yoritadigan va nur ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash; Asboblar va moslamalar mavjudligi va ishga yaroqliligini tekshirish; Muhofazalovchi va himoyalovchi qurilmalar, zaminlash, stanok va elektr jihozlarning ishga yaroqliligini tekshirish;



Tishli g'ildiraklar, yuritmalar tasmalari, yuritmalar va shu kabilar to'siqlari mavjudligi va ishga yaroqliligini, tok o'tkazuvchi elektr apparat qismlari holatini tekshirish; Moylash va sovitish tizimining ishga yaroqliligini tekshirish; Oyoq osti taxta panjara (to'shama) mavjudligi va ishga yaroqligini tekshirish; Harakatlanuvchi qismlarning ruxsat etilgan chegaralardan o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan uchlik o'chirgichlar ishlashini tekshirish; Ulash va almashlab ulash richaglari fiksasiyalarining ishga yaroqliligini tekshirish (salt yurishdan ishchi yurishga o'z- o'zidan almashlab ulanish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilish); Stanokni harakatlanuvchi qismlarida qadalish yoki ularning solqiliklarida o'zgarishlari yo'qligini tekshirish;

Stanoklarda sovituvchi moylar va suyuqliklarni qo'llashda qo'llarga profilaktika moylarini (pastalarini) surkash; Ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga rioya qilish; Tayyorlanadigan detalning texnologik pasporti va stanokni sozlash kartasi bilan tanishib chiqish.Xavfsizlik talablari to'liq ta'minlanmagan vaqtda tish qirquvchi o'z mulohazalari haqida ustaga xabar berishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi shart.

Stanokga xizmat ko'rsatish va qarash bo'yicha "Stanokka oid qo'llanma" da bayon qilingan ko'rsatmalarni hamda stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish; Mahkamlovchi detallar (shpilkalar, gaykalar, shaybalar va qisuvchi plankalar, tayanchlar va shu kabilar) yordami bilan ishlov beriladigan detallarni mahkamlashda kalitlarni chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, bunda gaykalarga kalitlarni to'g'ri tushirish va gaykalarga shoshib zo'r bermasdan qisish hamda xavfsiz kalit-richaglardan foydalanish.

Mahkamlovchi detallarni qo'llashdan oldin ularning ishga yaroqliligini tekshirish (ular yoriqlarsiz, rezbalari yeyilmagan bo'lishi va sh.k.); Ish joyiga begona shaxslarni kiritmaslik va ustaning ruxsatisiz ishlab turgan stanokka boshqa ishchini yaqinlashtirmaslik, chalg'imaslik va boshqalarni chalg'imaslik;

Ishlov beriladigan detallarni stanokka puxta va mustahkam mahkamlash va kesuvchi asboblarni qattiq mahkamlash; Kallaklar o'rnatilish to'g'riligini va mahkamlanish puxtaligini ko'zdan kechirish; Ish vaqtida foydalaniladigan asboblar (kalitlar va kallaklar, bolg'alar, katta bolg'alar, qirindi olish uchun qisqichlar va ilgaklar) xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bo'lishi kerak;

Texnologik jihozlarni sozlash va asboblardan foydalanish ishlarini bajarish vaqtida xavfsiz usullarni qo'llash (stanokni o'echirish, "Ishga tushirilmasin odamlar ishlayapti" plakatni osish va shu kabilar);

Sozlash vaqtida almashuvchi shesternyalarni o'rnatish va olib qo'yishni texnologik kartaga muvofiq amalga oshirish; Stanoklarni sozlashdan keyin eng so'ngi tekshirish salt yurish va oddiy rejim, undan keyin sinovyurishida amalga oshirish;

Kesuvchi asboblarni o'rnatish va olib qo'yish hamda o'lchashlarni faqat stanok o'chrilganidan va butunlay to'xtaganidan keyin amalga oshirish; Jihozlarni, ishchi qismlarni ko'rikdan o'tkazish va boshqa ishlarni jihoz o'chirilganidan va uning barcha mexanizmlari to'xtagandan keyin amalga oshirish; Stanok ishlab turgandan ustidan biror narsani uzatmaslik va olmaslik, boltlar, gaykalar vastanokni boshqa biriktiruvchi detallarini tortmaslik; Ish joyi va stanokdan o'z vaqtida qirindilarni olib tashlash; Ishlov beriladigan detallar g'uduridan (zausensa) saqlanish;

Detallarga ishlov berishda texnologik kartalarda ushbu detal uchun ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash. Frezalash yoki sheverlash vaqtida aylanayotgan frezalar yoki sheverlar xavfli zonasiga qo'lni kiritmaslik; Frezalar, zarb bilan o'ygichlar va kesilayotgan shesternyalar opravkalarida tepish (bieniye) bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi; Shesternyalarni indikatorlar bilan tepishga tekshirishni faqatgina aylanayotgan asbobni to'xtatgandan keyin amalga oshirish; Tishlarga zarb bilan o'yib ishlov beruvchi stanoklarda ishlov berilayotgan detallarni qo'yishda supportni qaytarish faqat zarb bilan o'yish asbobi (dolbyak) bilan shtossel boshlang'ich joyida butunlay to'xtaganda amalga oshirish.

Ish joyini umuman ish vaqti davomida toza saqlash va detallar, metall qoldiqlari, chiqindilar va shu kabilar bilan tirband qilmaslik. Og'ir(massasi 16 kg ko'p bo'lgan) detallar va moslamalarni faqat yuk ko'taruvchi mexanizmlar yordamida o'rnatish va olib qo'yish. Qo'lqoplarda va rezinali(napalchik) barmoqg'ilofsiz bintlangan barmoqlar bilan stanokda ishlash; Stanokni ishlayotganda saqlovchi va himoyalovchi qurilmalarni ochish va olib qo'yish;
Ish joyida avariya vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtda tish qirquvchilar quyidagilarga majbur: Stanokni o'chirib qo'yish va ishlar rahbariga voqea haqida zudlik bilan xabar berish; Yong'in ro'y bergan vaziyatlarda bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish, mavjud bo'lgan yong'in o'chirish vositalari bilan o'chirishga kirishish; Jabrlanganlar bo'lsa, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga xavf soluvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirni yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning holatini baholash; Jabrlanuvchini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish (nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakka tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lama qo'yish va shu kabilar); Tibbiy tez yordamni chaqirish, yoxud jabrlanuvchini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish; Voqea yuz bergan joyda imkon boricha vaziyatni saqlab qolish.

Detallar, moslamalar va asboblarni ular uchun maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish. Ish joyini tartibga keltirish, qirindilarni olib tashlash, stanokni kir va moylardan artib tozalash, stanokni ishqalanadigan qismlarini moylash. Ish kiyim va oyoq kiyimlarni shkafga yoki maxsus jihozlangan xonaga olib qo'yish. Ish vaktida aniqlangan barcha nosozlik haqida rahbarga xabar berish. Yuz-qo'lni iliq suvda sovun bilan yuvish yoki dush qabul qilish.

Loyihalaniyotgan payvandlash sexida dushivoy. Razdivalka. Yuvinish, ovqatlanish xonasi va boshqa xonalar sanitar qoidalarga javob berishi shart.

Payvandlash sexlarini yoritish sestimasi kombinatsiyonli yoki yagona yoritish tizimi bo`lishi shart. Yoriqlik 150 lk dan kam bo`lmasligi shart. Kranlar utishi mumkun bo`lgan joylarda qo`shimcha yoritish tizimi bo`lishi shart.

Asosiy utish joylarida qo`shimcha yorug`lik tizimi bo`lishi shart u elektir toki kelmay qolganda qo`shiladi bu odamlarni xavf xatarsiz o`tishga yordam beradi bu yoru`lik 0.3 lk dank am bo`lmasligi kerak

Har doim ishlash joydagi quvvat 32 vt dank o`p bulmasligi va kuchirib yurishdagi yoritish tizimi 12 vt dan oshmasligi kerak.

Kuchirib o`tqaziladigan lampalar ko`zni olmasligi uchun ular maxsus kolpaklardan foydalanish lozim.

Yorug`likni taminlovchi fanarlarni oyiga 3 marta tozalab yurilishi lozim. Moslamalar va uskunalardagi yoritish moslamasi oyiga 2 marta.

Elikter dugani hosil qilish faqat payvandlash generator, payvandlash transformaterlardan foydalanish lozim.

Elekter moslamalar va elekter uskunalarni ishlatishda elekter hafsizlik qoidalariga va texnika xafsizlik qoidalariga rioya qilish lozim.

Hamma elektrek agregatlarni quvvati elekter tarmoqiga ulaganda 500 v dan oshmaslik kerak.

Elektra payvandlshni ishlatishda tokni o`cherg`ich bo`lishi shart.



Agregatlarni tarmoqga o`lash payvandlovchi tamonidan o`las va tarmoqni tuzatish taqiqlanadi. Bu ishlarni elektromantyor qiladi.
Tish silliqlovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar: 18 yoshdan kichik bo'lmagan; tibbiy ko'rikdan o'tgan; kasbiy ko'nikmalarga ega, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shaklda guvohnoma olgan; Nizomga muvofiq kirish instruktaji, hamda bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktaj o'tgan. yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash zaruriyati bo'lganda "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus o'qish va instruktaj o'tgan; Tish silliqlovchi quyidagilarga majbur: Korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini bajarish; Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik; Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish; Ish vaqtida o'zi bilan birga ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish; Berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, saqlagich ko'zoynak, saqlovchi moslamalardan foydalanish; Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam ko'rsata bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbarga xabar berish; Ishni bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish; Stanokda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilish sabablari to'g'risida ustaga xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik; O'zi ishlayotgan stanokni ishlatish (ekspluatasiya qilish) bo'yicha yo'riqnomani bilish va bajarish. Ish vaqtida tish silliqlovchilarga ta'sir etadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: abraziv chang; jilvir toshlarning yorilib ketish xavfi; elektr tokidan shikastlanish. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tarmoq me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni, himoya ko'zoynagini kiyish va tartibga keltirish, sochlarni bosh kiyim ostiga yig'ishtirish; Stanokning mahalliy yoritgichini ishchi zonani yetarlicha yoritadigan va yorug'lik ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash; Quyidagilarni tekshirish: asboblar va moslamalar mavjudligini va ishga yaroqligini; oyoq ostida yog'och panjara mavjudligini; signalizasiyalar, blokirovkalash va saqlash moslamalar yaroqliligini, zaminlash va jihozlarning yaroqliligini, jilvir toshlarning qotirilganligini; boshlang'ich ashyo(zagotovka va yarim fabrikatlar)ning mavjudligini va holatini; ishlatilayotgan jilvir toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi keltirilgan jadvallar mavjudligini.

abraziv asboblarning himoya to'siqlari orasidagi, hamda shpindelning chiqib turgan aylanuvchi uchlari va mahkamlash detallari orasidagi masofa (zazor) mavjudligini;

yangi (ishlatilmagan) jilvir tosh va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi masofa (zazor) mavjudligini tekshirish, u quyidagi o'lchamlarda bo'lishi kerak: diametri 100 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 9 mm; diametri 101-300 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 10 mm; diametri 301-600 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 15 mm; diametri 751-1400 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 20 mm. Stanokning bo'shagan gaykalari, boltlari, ponalarini qotirish va tegishli boltli birikmalari, yordamchi hamda himoya moslamalari va qurilmalari shplintlanganligini tekshirish. Ish boshlashdan oldin stanokka o'rnatilgan jilvir toshni, agar diametri 150-400 mm bo'lsa(kamida) 2 minut davomida, diametri 400 mm dan katta bo'lsa (kamida) 5 minut davomida ishchi tezlikda qisqa vaqtli salt aylantirish. Jilvir toshni o'rnatishda quyidagilar zarur: jilvir toshning tepishi yo'qligini tekshirish, shpindel tepishi ushbu stanokka oid texnik shartlariga muvofiq bo'lishi shart; abraziv toshda sezilarli darz va o'yiqlar yo'qligini tekshirish, ishga yaroqsiz abraziv toshni almashtirish. Xavfsizlik talablari to'liq ta'minlanmaganda tish silliqlovchi o'z mulohazalari haqida ustaga xabar berishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi shart.

Faqat ishlar rahbari tomonidan ruxsat berilgan yoki topshirilgan ishlarni texnologik kartalarga mos ravishda bajarish. Har safar stanokni yoqishdan oldin stanokni ishga tushirilishi hech kimga xavf-xatar tug'dirmasligiga ishonch hosil qilish. Quyidagilarda stanokni to'xtatish va elektryuritgichni o'chirish shart qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok yonidan uzoqlashganda; vaqtinchalik ish to'xtatilganda; detal va asboblarni o'rnatish va yechishda; stanokni tozalashda va moylashda; jihozda biror bir nosozlik aniqlanganda. Ishchi joyini tartibga keltirish, tozalash, moylash va sozlash vaqtida stanokni o'chirish va ishga tushirish qurilmalariga "Ulamang - odamlar ishlayapti" plakatini osib qo'yish, bundan tashqari bu haqida yaqinda ishlayotganlarni ogohlantirish zarur. Faqat gaykalar va boltlar kallagi o'lchamlariga mos keladigan yaroqli gayka kalitlarini ishlatish (kalit zvenosi va gayka qirrasi orasiga qistirma (prokladka) qo'yish taqiqlanadi). Abraziv va metall changlarini stanokdan maxsus cho'tkalar yoki qirg'ichlar yordamida tozalash. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxsni ish joyiga kiritmaslik, ustaning ruxsatisiz ishlayotgan stanokni boshqa ishchiga ishonib qoldirib ketmaslik. Ishlov beriladigan detallarni urishi bo'yicha to'g'rilashni reysmus yoki indikator yordamida bajarish. Jilvir toshni zarb va turtishlardan saqlash. Ishlash vaqtida jilvir toshni detalga yoki detalni jilvir toshga siltanishlarsiz va keskin bosimsiz berish. Maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda siquvchi flanes yon yuzasi bilan detalga tegmasligini nazorat qilish. Jilvir toshning ishchi yuzasi yeyilishini butun eni bo'ylab kuzatib borish. Jilvir toshni yeyilib ketishi tufayli diametri kamayganda, ushbu jilvir tosh uchun ruxsat etilgan ishchi aylanma tezlikni oshirmasdan, jilvir toshning aylanishlar chastotasini oshirish mumkin. Agar nam silliqlash uchun mo'ljallangan jilvir tosh bilan quruq silliqlab ish bajarilgan bo'lsa, sovitish bilan ishlashga o'tishda, uni oldin sovitish va faiat shundan so'ng asbobni sovitish suyuqligi bilan silliqlashni boshlash mumkin. Tish silliqlash stanoklarining to'siqlari rostlanma soyabonli (koziryokli) bo'lsa, ularga xizmat ko'rsatishda kojuxni ochilishi kichik burchak ostida o'rnatilishi kerak. Ishlov berish rejimini faqat texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan holda o'zgartirish mumkin.

Stanokka sinalmagan jilvir toshlarni o'rnatish; Stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish, stanokka tirsakni tirash va abraziv asbobga qo'l tegizish; To'siq va saqlash qurilmalarini ochish va olish; Harakatdagi ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtamaguncha teginish; Jilvir tosh yon yuzasi bilan ishlash, agar jilvir tosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; Har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan stanokda ishlash. Ish joyida avariya vaziyati yuzaga kelganda tish silliqlovchi quyidagilarga majbur: Stanokni o'chirish va ishlar rahbariga zudlik bilan xabar berish. Yong'in ro'y bergan vaziyatda mavjud bo'lgan o't o'chirish vositalari bilan o'chirishga kirishish, shu bilan bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish.

Аgаr shikаstlаngаn kishi xushini yuqоtgаn xоlаtdа bulib, lеkin nаfаs оlаyotgаn vа yurаgi urаyotgаn bulsа uni qulаy xоlаtdа yotqizilib, yoqа tugmаlаrini vа bеlidаgi qаyishini еchish kеrаk xаmdа burnigа nаshаtir spirtgа nаmlаngаn pаxtа tutish yuzigа suv purkаsh xаmdа uni tinch kuyish lоzim.

Nаfаs оlish vа yurаk fаоliyatini tuxtаshi elеktr tоki tа’sirini eng оgir оqibаti xisоblаnаdi.

Аgаr jаrоxаtlаngаn kishi nаfаs оlmаyotgаn lеkin yurаgi urаyotgаn bulsа ungа sun’iy nаfаs bеrishgа kirishish kеrаk. Аgаr yurаk urishi xаm tuxtаgаn bulsа ungа sun’iy nаfаs bеrish bilаn birgаlikdа yurаgini xаm tаshqi mаssаj qilishni bаjаrish tаlаb etilаdi.

Sun’iy nаfаs bеrishning eng sаmаrаli yo’li jаrоxаtlаngаn kishining оgzidаn yoki burnidаn оgiz bilаn xаvо puflаsh xisоblаnаdi. Bundа jаrоxаtlаngаn kishi оrqаsi bilаn еrgа yotqizilib kiyimlаri yoki bоshqа nаrsа urаb qоpqоqlаri vа buyni оstigа quyilib buyni kuprоq оrqаgа egiltirilаdi 1-rasm vаоgiz bushligi suvdаn tоzаlаnаdi vа tili chiqаrilаdi.

Jаrоxаtlаngаn kishini burni qisilаdi оgiz vа burungа quruq rumоlchа yoki dоkа sаlfеtkа quyilib yordаm bеrаyotgаn kishi ikki-uch chuqur nаfаs оlib jаrоxаtlаngаn kishi оgzigаxаvо puflаydi. Sun’iy nаfаs bеrish chаstоtаsi minutigа 12…14 mаrtаdаn оshmаsligi lоzim, chunki bu tаbiiy nаfаs оlish ritmigа mоs kеlаdi. Sun’iy nаfаs bеrishni jаrоxаtlаngаn kishidа ritmik nаfаs оlish tiklаngunchа dаvоm ettirish lоzim.

Sаnоаtdа sun’iy nаfаs bеrishning аppаrаtlаri chiqаrilgаn. Bu mоslаmа kоmplеktidа niqоb vаxаr xil ulchаmdаgi (kаttа yoshdаgilаr vа usmirlаr, bоlаlаr uchun) xаvо puflаgichlаr kirаdi.

Аgаr shikаstlаngаn kishidа yurаk urishi kuzаtilmаsа yurаgi tаshqi mаssаj qilinаdi. Buning uchun jаrоxаtlаngаn kishi оrqаsi bilаn birоr bir qаttiq tеkis yuzаgа yotqizilib, оld tugmаlаri еchilib kukrаgi оchilаdi. Yordаm bеruvchi оdаm bundа bir qulini kukrаk qаfаsining kеrаkli jоyigа kаfti bilаn, ikkinchi qulini esа kukrаkkа quyilgаn qul ustigа kаfti bilаn quyilgаn xоldа kukrаkni umurtqа tоmоngа bоsаdi Jabrlanganlar bo'lganda, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga xavf soluvchi xavfli omillarning organizmiga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning ahvolini baholash. Jabrlangan kishini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish (nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakka tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lama qo'yish va shu kabilar). Tibbiy tez yordamni chaqirish, yoxud jabrlangan kishini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish; Voqea yuz bergan joyda imkon boricha vaziyatni saqlab turish.

Stanokni va elektryuritgichni elektr tarmog'idan o'chirish. Ish joyni tartibga keltirish: stanokdan qirindilarni, asboblarni olish, iflosliklardan tozalash, stanokning ishqalanuvchi yuzalarini artish va moylash. Asboblarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish. Smenali ishda ish joyni smenachiga topshirish. Ish jarayonida stanok ishlashida aniqlangan barcha nosozliklar haqida ustaga xabar berish. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish yoki dush qabul qilish.

Ishni texnologik xartaga muvofiq bajarish. Stanokka ishlov beriladigan detallarni va moslamalarni o'rnatishdan oldin, ularni qirindi va moylardan, ayniqsa to'g'ri o'rnatishni va mahkam qotirishni ta'minlash uchun birbiriga tegadigan asos (baza) va mahkamlash yuzalarini tozalash;

Ishlov beriladigan detallarni o'rnatish va qotirishda quyidagilar zarur: massasi va gabarit o'lchamlari ushbu stanok pasportidagi ma'lumotlarga mos keladigan detallarni o'rnatish; detalni to'g'ri o'rnatish va mustahkam qotirish; kalitni gaykaga to'g'ri qo'yish va gaykani siltamasdan tortish; detalni imkon qadar ishlov beriladigan yuzaga yaqinroq masofadagi joylarida qotirish; detallarni ishlov berilmagan yuzalarda qotirishda qisuvchi jag'larida kertiklari bo'lgan tiski va moslamalarni qo'llash; stanokka detalni shunday o'rnatish kerakki, stanok ishlaganda detalning chiqib ketishi yoki texnologik jarayonni buzilishiga imkoniyat bo'lmasin. Detallarni qotirish uchun pnevmatik, gidravlik va elektromagnitli moslamalardan foydalanganda havo yoki suyuqlik uzatish trubkalari, hamda elektr simli qurilma mexanik shikastlanishidan ehtiyot bo'lish. Frezalash vaqtida quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilish: ushbu detal uchun operasiya xartasida ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash; detalni frezaga ishchi aylanma harakat olganidan keyin uzatish; detalga frezani astasekin kiritish, freza detalga tegmasdan oldin mexanik uzatmani ulash. dastaki uzatishda kesish tezligi va chuqurligini keskin oshirish taqiqlanadi. frezaning xavfli aylanish zonasiga qo'llarni kiritmaslik; qovushqoq metallarga ishlov berish vaqtida qirindi sindiruvchi frezalarni qo'llash; faqat ishga yaroqli frezalardan foydalanish.

Frezani o'rnatishdan oldin freza korpusida tishlar yoki qattiq qotishmali plastinalarning mustahkam qotirilganligini va ishonchliligini, qattiq qotishmaning butunligini va to'g'ri charxlanganligini tekshirish; Qattiq qotishmalarning uvalangan, yoriq, kuygan joylari bo'lmasligi kerak (agar kesuvchi qirralari o'tmas bo'lib qolgan yoki uvalangan bo'lsa frezani almashtirish); Stanokning to'siqlari mavjudligini ko'zdan kechirish va faqat to'siqli stanoklarda ishlash. Agar ishchi zonada to'siqlar bo'lmasa himoya ko'zoynagi bilan ishlash kerak.




Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish