1-Ma’ruza mashg‘ulot 5- semestr. 1- mavzu: Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi



Download 248,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi248,31 Kb.
#744435
  1   2
Bog'liq
1- Maruza mavzu. Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy



1-Ma’ruza mashg‘ulot
5- Semestr . 1- mavzu: Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy 
tavsifi 
Reja: 
1.
Yengil atletikani rivojlanish tarixi 
2.
Yengil atletika bo’limlari 
3.
Xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning rivojlanishi 
Tayanch iboralar
1. Starter - startda buyruq beruvchi 
2. Referi - hakam 
3. Ko’rra 
4. Marra 
5. start - 
6. Xronometrist 
7. Snaryad 
8. To’qima 
9. Tayyorgarlik 
10. Imkoniyat 
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan 
boshlanadi. Odamlar yurish, yugurish sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur harakatlar sifatida 
qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo’llab kelganlari ma’lum. Ammo 
ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga 
qadar ko’p ming yillar o’tdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yengil atletika mashqlari odaml-
arning mehnat faoliyati bilan bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta 
boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo’la boshladi. Eng boy 
va uzoq umrli bunday sport to’rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini va o’tmishini bilish bu 
yengil atletikadir. Yurish, sakrash va uloqtirish buning hammasi inson bilan birga 
tug’ishgandir. Birinchi o’yin va musobaqalar yengil atletikadan boshlangan. Arxeologik 
qazilmalardan ko’rinib turibdiki, eramizdan oldin Osiyoda, Afrika, eski Misrda va yaqin 
Sharqda hamda Uzoq sharq o’lkalaridagi mamlakatlarida yengil atletika bilan 
shug’ullanganliklaridan so’z boradi. Uning qizil yulduzi qadimiy Grestiya shaharlaridan 
yondi. Yurish, sakrash va uloqtirish Greyiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy 
mashqlarning boshqa turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o’rin egalladi 
va qabilalar hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday 
tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpia o’yinlari hisoblanadi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa 
madaniyat yodgorliklari, o’yin o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganligidan dalolat 


beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, tosh 
uloqtirish va uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi. 
Grestiya olimpia shaharchasi, Zevs xramm oldida stadionlar, gimnastlar, polestri jismoniy 
tarbiya to’garaklari o’z ishini boshladi. Usha davrdagi urush yillari qabila-qabila bo’lib 
urishadigan greklar stadionlarda ippadromlarda kelib shug’ullanib bir- birlari bilan urushlari ham 
to’xtab qoldi.
Birinchi Olimpiada o’yini 776 yil, eramizdan oldin bo’lib o’tdi. Uning dasturidan o’rin 
olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192 m 27 sm) yugurish bo’lib, bu yugurishni 
Greklar "Dromos" deb ataganlar, 724 yil eramizdan oldingi XIV olimpiadasida ikki xil 
yugurish (ikki aylanish) "diaulos" deb ataladi. Uning uzunligi esa 385 m ga teng bo’ladi. 
Start beruvchini "geroldom" deb atagan. Kim oldin, signaldan oldin chiqib yugursa startyor 
qattiq jazolagan. XIV Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni "dolikos" (24 xil aylanish) 
deb ataganlar. 708 yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada besh kurash "Pentatlons" ya’ni u 
yugurish, otish va sakrashdan iborat edi. Shunday qilib qadimgi Grestiyada yengil atletikaning 
hamma turlari keng qo’llanila boshladi. Ularning tayyorgarlik ko’rishlari hozirgi 
zamondagidek oldin va kuchli tayyorgarlik ko’rar edilar. Start berilib, qoidasi bo’yicha 
yugurar edilar. Har bir sportchi o’z yo’lkasi orqali yugurar edilar. g’oliblarni aniqlashda 
yarim final va final yugurishlar bo’lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o’yinlariga 
kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar edilar. Sparta shahrida 
jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan sparta maktabi ochilgan u yerda mashg’ulotlar 
harbiycha o’tar edi. Faqatgina kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular etti yoshdan shunday 
usullarda tarbiyalab voyaga etkazar edilar. Afina shahrida boshqacha usulda tarbiyalar edi. 
Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir xil tus olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda 
ko’p vaqtlarini jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv 
qatnashganlari, greklar kuchli sportchilar etishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda eramizdan 
oldingi yillarda sportchilarning "profistional" yo’nalishlar ya’ni "gladiator" majburiy 
yugurishlarda odam o’ldirishga majbur qilar edi. 
Grestiyada olimpia o’yinlarining to’xtab qolish sabablari quyidagicha, Rimliklar qo’l 
ostiga o’tib ketishi "kollonozmdir" 393 yil eramizdan oldin rim imperatori Feodesey 1 
buyrug’i bilan olimpiada o’yin bayrami qilindi. XVIII asrlarda yana yengil atletika rivojlana 
boshlaydi. Olimpia o’yinlariga qiziqish uyg’ona boshladi. Greyiya olimpiadasi haqida o’z 
ta’ssurotlarini nemis olimlari, jismoniy tarbiya ustozlari I.M.Gute-Muts (1759-1830) yilda 
va G.Fit (1785-1846) usullarda o’z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutastiya bo’sh 
vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo’lmaganligi sababli xalqga jismoniy mashqlarning 
taraqqiyot darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab o’rta asr davrida hamma vaqt xalq 
jismoniy mashqlar an’anaviy o’yin kulgilar harakterida bo’lib, faqat bayram kunlari o’tkazilar 
edi. O’rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika 
sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda qo’llanilar edi. Lekin bu yengil atletika sporti 
tashkil topishiga muhim ta’sir ko’rsata olmadi. Chunki gimnasika sistemasida bu 


mashqlarning asosiy bo’lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan 
shug’ullanishi esa mehnatkash ammo imkoniyati chegaralangani uchun yengil atletika 
taraqqiyotiga to’la ta’sir ko’rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish mustaqil 
jismoniy mashq sifatida va yengil atletika sportining muhim elementlari sifatida XIX 
asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga yoshlarning keng qatlamlari 
o’rtasida bunday mashqlarga qiziqish o’sganligi: burjuaziya ham o’z hukmronligini 
kuchaytirish vositasi sifatida, jismoniy tarbiyaga ko’proq qiziqa boshlagani sabab 
bo’ladi. Burjuaziya kapitalistik korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va 
bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika sistemalar 
allaqachonlar to’la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o’yin 
kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bular orasida 
takomillashish jarayonida sportga yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, yengil 
atletika sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor 
edi. 
Yengil atletika atamasi shartli bo’lib, bu sport turiga kiradigan hamma 
mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. Shu bilan birga yengil 
atletika qadimiy yunoncha “atletika” so’zidan olingan bo’lib, “mashq”, “kurash”, 
“bellashuv” ma’nosini anglatadi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda 
musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar. 
Hozirgi kunda jismoniy kamolotli kishilar atlet deyiladi. Ayrim 
mamlakatlarda yengil atletikani “Atletika” (Fransiyada), “yo’lka va maydondagi 
mashqlar” (AQSH va Angliyada) deb ataydilar. 
Yengil atletika hayotda keng tarqalgan eng kerakli mashqlar – yurish, 
yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashgan eng ommaviy sport turi 
hisoblanadi. 
Ko’pgina yengil atletika mashqlarini umumiy omma – eng kichik yoshdagi 
bolalardan boshlab kattalargacha bu mashqlar kundalik hayotda har–xil turda 
uchraydi va turlicha me’yorlanadi. Yengil atletika bilan yil davomida shug’ullansa 
bo’ladi. Shu sabablarga ko’ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash 
va uloqtirish) Respublika maxsus testlar majmuasini “Alpomish va Barchinoy” 
ko’pchilik qismining amaliy me’zonlarini tashkil etadi.
Yengil atletikani ko’pincha “Sport malikasi” deb atashadi. Respublika xalqaro 
musobaqalar Olimpia o’yinlarining hamma dasturlariga kiritilgan, shu bilan birga 
o’ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo’yicha eng ko’p hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya instituti, Universitetlar va pedagogik institutlarning 
“jismoniy madaniyat” fakultetlari dasturida yengil atletika asosiy o’quv fani bo’lib, 
“jismoniy tarbiya va sport” yo’nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim 
ahamiyatga ega.


Yengil 
atletika yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash turidir. Maxsus 
jismoniy tarbiya o’quv yurtlarida va pedagogika institutlarida, jismoniy madaniyat 
fakultetida esa yengil atletika mazkur sport turining nazariyasidan, amaliy 
ishlardan hamda uni o’qitish metodikasidan iborat darsdir.

Download 248,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish