Doimiy xotira. Faqat o'qiladigan xotira (ROM – Read Only Memory) bu
o'zgarmas xotira bo'lib, hech qachon o'zgartirilishi shart bo'lmagan ma'lumotlarni
saqlash uchun ishlatiladi. Xotira tarkibi doimiy ravishda saqlash uchun uni ishlab
chiqarish paytida qurilmada maxsus "tikilgan". Ma'lumotlarni faqat o'qiladigan
xotiradan (ROM) o'qish mumkin.
Avvalo doimiy xotiraga protsessorning ishlashini boshqarish dasturi yoziladi.
ROM displey, klaviatura, printer, tashqi xotirani boshqarish uchun dasturlarni,
kompyuterni ishga tushirish va to'xtatish dasturlarini va qurilmalarni sinashni o'z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |