Konstruktsiyalarning nazorat sinovlari temirbeton konstruktsiyalari zavodlari
yoki poligonlarda yalpi qurilish uchun katta seriyada ishlab chiqariladigan
yig’ma elementlar va konstruktsiyalar ustida olib boriladi.
Yangi loyih’alashtirilgan konstruktsiyalarsinovi ularning mustah’kamligi,
bikirligi va yorilishbardoshligi meyoriy talablarga qay darajada javob berishini
tekshirish uchun o’tkaziladi.
İlmiy tadqiqotlar jarayonida o’tkaziladigan konstruktsiya sinovlari yangi
ishlanayotgan temirbeton konstruktsiyalarini h’isoblashning nazariyasi va
uslubiyatini takomillashtirish uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |