Muntazam xatolik -umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida
muayyan qonuniyat asosida h’osil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan
tashkil etuvchisiga aytiladi.
Sistematik (muntazam) xatolik - kattalikni qayta-qayta o’lchaganda o’zgarmas
bo’lib qoladigan yoki biror qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan o’lchash xatoligi
tushuniladi.
Uslubiy xatolik - o’lchash usulining nazariy jih’atdan aniq asoslanmaganligi
natijasida kelib chiqadi.
Asbobiy xatolik - o’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib
chiqadigan xatolik
O’lchash usuli xatoligi deyilganda usulning takomillashmaganligi orqasidan
kelib chiqadigan xatoliklar tushuniladi.