§10.3. Qurilish mah’suloti va jarayonlari sifatini bah’olash uslublari
Qurilish mah’suloti va jarayonlari sifatini bah’olash uchun o’lchash, qayd etish,
h’isoblash, organoleptik, ekspert va sotsialogik usullar ishlatilishi mumkin.
O’lchash usuli mah’sulot sifat ko’rsatkichlarining qiymatlarini texnik o’lchash
vositalari yordamida saqlashga asoslangan. Bu usul xom ashyo buyum va
tuzilmalarning ko’pgina sifat ko’rsatkichlarini o’lchash va nazorat qilish uchun
ishlatiladi. Masalan, geometrik o’lchamlar, buyumlar massasi, zichligi,
mustah’kamligi, suv shimuvchanligi va h’okazolarni o’lchash usullari asosida
metrologiya yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |