§9.4.Mah’sulot xaqidagi malumotlarni standartlashtirish vakodlash.
Shtrix-kodlarni mah’sulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora
o’tgan asrning 30-yillarida AQSh ning Garvard biznes maktabida yaratilgan
bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, yani, 60-
yillardan boshlangan. Shtrix-kodlar dastlab temir yo’llar tizimida ishlatilgan
bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalangan.
Mikrojarayonor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-
kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSh da
Mah’sulotning universalp kodi (IRC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa
Evropa Kodlash Tizimi EAN (EuroreanArticleNumbering) taosis etildi va
h’ozir undan nafaqat Evropada, balki boshqa mintaqalarda h’am keng ravishda
foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel)
rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar
yordamida o’qishga mo’ljallangan. Ular vositasida shtrixlar mikrojarayonorlar
orqali raqamlarga dekoderlanib, mah’sulot xaqidagi malumotlar kompyuterda
to’planadi.
Ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda qadoqlangan mah’sulotda
shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks xolda savdo tashkilotlari
mah’sulotni qabul qilishda voz kechishlari mumkin. Bu qoidaga xalqaro savdo
munsoabatlarida h’am rioya etiladi. Ushbu tizimning iqtisodiy samaradorligi
mah’sulotning 85 foizidan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Bundan tashqari kodlashtirish mah’sulotga nisbatan bo’lgan talab va extiyojlarni
aniqlash, jamlash, h’isobga olish, mah’sulotni kelish-ketishini h’isob qilib
borish, buxgalteriya h’isoblarida va xujjatlarni rasmiylashtirishda, h’amda
mah’sulotlarni saqlash va savdoda sifatni nazorat etishda aloh’ida o’rin tutadi.
Asosan EAN kodlarining ikki tizimidan ko’proq foydalaniladi: 13
razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida
olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi
(rasmlarga qarang). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi:
davlat kodi ("davlat bayrog’i");
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
mah’sulotning kodi;
nazorat soni.
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo’lib,
ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya
etadi. Masalan, Frantsiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, İtaliya uchun 80-87
oraliqlari tavsiya etilgan. Baozi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat.
Masalan, Gretsiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Quyida keltirilgan
jadvalda bazi bir davlatlarning litsenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
Tayyorlovchi korxonaning kodi h’ar bir davlatda tegishli mah’kamalar
tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat
kodidan keyin keladi.
Давлат
коди
Назорат сони
Т
айёрловчи
коди
М ахсулот
коди
5
0
1
2
3 4
5
6
7 8
9 0 0
М арказий ш трихлар
Четки ш трихлар
Do'stlaringiz bilan baham: |