1-ma’ruza. Kirish. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari. Reja (2-soat)


Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari



Download 232,86 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2020
Hajmi232,86 Kb.
#53773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза

2.Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari.

Texnologik xujjatlarning rо‘yxati va mazmuni texnologik xujjatlar yagona sistemasining davlat standartlari bilan belgilanadi.

Texnologik xujjatlarning asosiy turlari marshrut kartasi, operatsiya kartasi, eskizlar kartasi, texnologik instruksiya, asbob-uskunalar vedomostidir. Bularning dastlabki ikkitasidan ishlab chiqarishning hammasida, keyingilaridan esa kо‘pincha faqat donalab va kam seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi. Marshrut va operatsiya kartalari xaqida batafsilroq tо‘xtalib о‘tamiz.

Marshrut kartalarida chiqariladigan maxsulotning xarakteridan qat’i nazar, materiallar, yarimfabrikatlar va zagotovkalar tayyor mahsulotga aylangunicha bosib о‘tadigan butun yо‘l aks etadi. Marshrut kartada barcha operatsiyalar bо‘yicha buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni tavsifi, asbob - uskunalar, jixozlar qо‘llanadigan materiallar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek normativ xarakterdagi ayrim ma’lumotlar bо‘ladi.

Operatsiya kartalarida о‘tishlar bо‘yicha har bir aloxida operatsiyaning bajarilishi marshrut kartalaridagiga qaraganda batafsilroq ifodalanadi. Shuningdek ularda asbobanjomlarning, qо‘llanadigan kontrol-о‘lchov nnstrumentlari va priborlarning ratsional ish rejimi kо‘rsatiladi.

Xujjatlarda belgilangan ishlar tartibiga, texnikadan foydalanish qoidalariga, texnologiya intizomiga aniq rioya qilish texnologik jarayonni amalga oshirishning majburiy shartidir.

Sizlar mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida texnologik jarayon odatda uch bosqichdan: zagotovkalarni olish, tayyor detallarni yasash na buyumlarni yig‘ishdan iborat bо‘lishini bilib oldingiz. Ana shu tayyorlov, shakl berish va yig‘ish bosqichlari xalq xо‘jaligining kо‘p tarmoqlariga doir korxonalardagi texnologik jarayonlarda о‘z о‘rniga ega. Masalan, mashinasozlik korxonasidagi texnologik jarayonning qanday о‘tishini kо‘raylik.

Tayyorlov bosqichi tayyorlov (quyish, shtampovkalash) sexlarida amalga oshadi. Ularda dastlabki materiallar va xom ashyolardan bо‘lajak detallarning zagotovkalari olinadi. Korxonada xom ashyoniig sarflanishi mazkur sexlardagi ishchilar (quyuvchilar, modelchilar, qolipchilar, presslovchilar, shtampovkachilar) mehnatining sifatiga va tayyorlov ishlab chiqarishining texnik jixozlanishiga kо‘proq bog‘liqdir. Zagotovka qanchalik aniq yasalsa, metall ga ishlov berishda u shunchalik kam isrof qilinadi, ishlab chikarish shunchalik tejamli bо‘ladi.

Detallarga shakl berish bosqichi mexanika sexlarida о‘tadi. Olingan zagotovkalarga xilma-xil instrumentlardan fiydalanib turli stanoklarda ishlov beriladi. Bu ishni xar xil kasblardagi ishchilar: tokarlar, frezerchilar, slesarlar, pardozlovchi va boshqalar bajaradi. Tayyorlangan detallarga tegishli sexlarda texnik talablarga muvofiq termik, ximiyaviy yoki boshqacha ishlov beriladi. Bu esa ularning chidamliligi va mustaxkamligini oshiradi. Ayrim detallarni tashqi muxit ta’siridan saqlash uchun ularning sirtiga turli qoplamalar surtiladi. Detallar ishlov berish sexlaridai yig‘uv sexiga keladi.

Yig‘ish bosqichini ikki pog‘onaga: tayyorlanadigan buyumning tarkibiy kismi shakllanadigan asosiy yig‘ish va buyumni umumiy yig‘ish pog‘onalariga bо‘lish mumkin. Masalan, avtomobil (zavodining bir sexida dvigatel, ikkinchi sexida bо‘lajak buyumning kuzovi yig‘iladi, bu asosiy yig‘ish bо‘ladi, umumiy (sо‘nggi) yig‘ish bosh konveyerda boradi:

bunda yig‘ish birliklari na detallardan avtomobil hosil bо‘ladi.

Biz seriyali mahsulot tayyorlashdagi texnologik jarayonning borishini kо‘rib chiqdik. Bu jarayondan oldin korxonaning konstruktorlik, texnologik va tashkiliy ishlab chiqarish tayyorgarligidan iborat yangi buyumni sanoat kо‘lamida о‘zlashtirish amalga oshadi.

Konstruktorlik tayyorgarligi berilgan topshiriqni texnik-iq- tisodiy asoslash va buyumga qо‘yiladigan texnik talablar ifodalangan dastlabki xujjatni ishlab chiqishdan boshlanadi.

Oxirgi natija ishchi xujjat, yani ishchi chizmalar bulib, ularda buyumlarni tayyorlash na kontrol qilish uchun zarur: yig‘ish chizmalari, detallarning chizmalari, ularning tafsilotlari va xokazolar ifodalanadi.

Ana shu xujjatlar asosida korxonaning texnologik tayyorgarligi amalga oshadi. By tayyorgarlik maxsulot tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqarishdan iborat bо‘lib, u texnologik xujjatlarda: marshrut, operatsiya kartalari va xokazolarda о‘z aksini topadi. Korxonaning texnologik tayyorgarligi ishlab chiqarishning texnologik gayyorgarligi yagona sistemasiga, ya’ni xalq xо‘jaligining istalgan tarmog‘iga mansub har bnr korxona rioya etadigan standartlarga munofik amalga oshiriladp.

Texnologik jarayonlarni loyixalashda bir tomondan buyumga qо‘yiladigan texnik talablar, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishning imkopiyatlari, unnng zarur stanoklar, instrumentlar va ishchi kadrlar bilan ta’minlanganligi xisobga oliiadi.

Korxonaning tashkiliy-ishlab chiqarish tayyorgarligi uning texnologik tayyorgarligiga chambarchas bog‘liqdir. U sexlar va uchastkalarning konkret tashkil etilishidan, ta’minot, jixoz- larni joylashtirish, buyumnnng tajriba namunalarini tayyorlash masalalarini aniklashdan iboratdir.

Kо‘pincha mahsulotni sanoag kо‘lamida о‘zlashtirishni tezlashtirish uchun ishlab chiqarishning ba’zi tayyorgarlik bosqichlari birlashtiriladi.




Download 232,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish