1-MA’RUZA Kirish. Reaksiya uskunalari. Reaktor tasnifi. Sintez jarayonini tashkili bo‘yicha reaktorlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘lishi mumkin. Uzlukli ishlovchi reaktorlarni sintez bo‘limi bitta yoki ikkala bo’limdagi ketma-ket ulangan reaktorlardan tuziladi.
Reaktorlar aralashtirgichli va aralashtirgichsiz ishlashi mumkin; reaksiya muxitni aralashtirib turish uchun mexanik aralashtirgichlar, oqim sirkulyasiyasini ta’minlab beruvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi.
Polimerlarni siptezida aralashtiruvchi moslamalar uch guruxga bo‘linadi: parrakli, turbinali va propellerli;
Qovushqoqligi yuqori bo‘lgan (500 Pa s gacha) polimer eritmalarini va suyukliklarni aralashtirish uchun maxsus - vintsimon, shnek tipidagi, tasma, rom aralashtirgichlar qo‘llaniladi.
2.15-rasmda aralashtirgichlarning turlari ko‘rsatilgan. Parrakli aralashtirgichlar bir va bir nechta parrakdan iborat bo‘ladi (2.16-rasm), 2.17-rasmda parrakli aralashtirgichlarning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Bir parrakli aralashtirgichlar kovuiyukli (1 N s/m2 gacha) kichik bo‘lgan suyuqliklarni aratashtirish uchun ishlatiladi. Qovushokdigi katta bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ko‘p parrakli aralashtirgichlardan foydalaniladi.
Parrakli aralashtirgichlarning diametri apparat diametrining 0,66—0,9 qismini tashkil qiladi. Aylanishlar soni esa minutiga 15...45 gacha. Cho‘kma ajratuvchi sistemalarni aralashtirish uchun yakorli aralashtirgichlar ishlatiladi (2.18-rasm).
2.18- rasm. Yakorli aralashtirgich.
Propellerli aralashtirgichlarning asosiy ish organi o‘qqa o‘rnatilgan propeller (yoki vint) dan iborat (2.19-rasm).
2.19- rasm. Propsllerli aralashtirgich (a) va uning tashqi ko‘rinishi (b)
O”q gorizontal, vertpkal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintlar ikki yoki uch qanotli bo‘ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi harakat qiladi. Bitta val o‘qiga bittadan uchtagacha propeller aralashtirgichlar o‘rnatiladi. Propellerni o‘rab olgan suyuklik esa xuddi gayka kabi aralashtprgichning o‘qi yo‘nalishida harakat qiladi. Propellerli aralashtirgichlar muhitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri apparat diametrining 0,25.. .0,3 qismini tashkil qiladi. Aylanishlar soni esa minutiga 150... 1000. Propellerli aralashtirgichlarni xarakatchan va qovushoqligi biroz katta bo‘lgan (6 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Parrakli aralashtirgichlarga qaraganda propellerli aralashtirgichlarning samaradorligi ancha yuqori, biroq ularning ishlashi uchup ko‘proq energiya sarflanadi.
G'ildirak minutiga 200...2000 tagacha aylanma xarakat qiladi. Turbina g'ildiragining ishlash prinsipi markazdan qochma kuchlarning ta’siriga asoslangan. Suyuqlik aralashtirgichning markaziy teshikchalaridan kirib, u yerda markazdan qochma kuchlar tasirida tezlanish olgan holda g'ildirakdan radial yo‘nalishda chiqib ketadi. G'ildirakda suyuklik vertikal yo‘nalishdan gorizontal yo‘nalishga o‘tib, undan katta tezlik bilan chiqadi. Bu aralashtirgichlarning samaradorligi juda yuqori. Turbinali aralashtirgichlarning diametri apparat diametrining 0,17. ..0,33 qismini tashkil qiladi. Turbinali aralashtirgichlar qovushqoqligi kam va katta bo‘lgan (1 ...700 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi.
Qovushoqligi uncha yuqori bo‘lmagan (200 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun ayrim xollarda, pnevmatik aralashtirgichlar ishlatiladi. Aralashtirish uchun ko‘pincha siqilgan xavo ishlatiladi. Bunday aralashtirish protsessi sekin boradi va bunda ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, xavo yordamida aralashtirishda keraksiz protsesslar: oksidlanish yoki maxsulotlarning bug’lanishi yuz berishi mumkin. Odatda, pnevmatik usul qo‘llanilganda teshikchalari bo‘lgan tarqatuvchi trubalar (barboter) orkali siqilgan havo yuboriladi.
E’tiboringiz uchun raxmat!