Respublikalar
|
1990
|
1991
|
1992
|
1993
|
1994
|
1995
|
O‘zbekiston
|
|
100
|
18
|
143
|
96
|
267
|
Ukraina
|
|
92
|
84
|
79
|
79
|
74
|
Turkmaniston
|
|
94
|
90
|
86
|
71
|
70
|
Rossiya
|
|
89
|
77
|
68
|
61
|
58
|
Ko‘rsatkichlar foizda berilgan. Taqqoslash maqsadida 1990 yilgisi 100% deb olingan. Hozirgi kunda neft va gaz konlarini qidirish va izlash quduqlarni burg‘ilash, konlarni ishlatish, neft, gaz va neft mahsulotlarini yig‘ish va quvurlar orqali uzatish, neft va gazni qayta ishlash, yer osti gaz omborlari va sanoatimizdagi qurilish ishlari bilan shug‘ullanadigan yirik birlashma va boshqarmalarning ishi «Uzbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Hozirgi kunda Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona, Oltiariq va Qorovul-Bozor neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi ishga tushirildi.
O‘zbekistonda neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob-uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg‘or texnologiyalar asosida mahalliy xom ashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va boshqalar) olinmoqda.
Respublikamiz kimyogar olimlari va mutaxassislari oldida hali o‘z yechimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga qovushoqligi katta bo‘lgan neftlarning oquvchanligini ko‘paytirish, suv-neft emulsiyalarini parchalash uchun samarali deemulgatolarni sintez qilish, neft xom ashyosini birlamchi tozalash uchun yangi usullarni izlab topish, xom ashyo va neft mahsulotlarini issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, neftni qayta ishlash darajasini oshirish, gidrogenizatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun o‘ta faol katalizatorlarni yaratish, gaz kondensati tarkibidan har xil erituvchilarni olishni tashkil etish, texnikaning turli sohalari uchun mahalliy xom ashyolar asosida moylash materiallari olishni kengaytirish, neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida ularga oz miqdorda qo‘shiladigan moddalarni sintez qilish, ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy gazni chuqur va kompleks tozalash, chiqindisiz va kam energiya talab qiladigan texnologik jarayonlarni kashf etish, tabiiy gazdan suyuq yonilg‘i olish texnologiyasini yaratish, yuqori samarali texnologik qurilmalarni ishlab chiqish, asbob-uskuna va jihozlarni korroziya va yemirilishdan saqlashning samarali yo‘llarini topish, ishlab chiqarishning suyuq va gazsimon chiqindilarini yaxshi tozalaydigan zamonaviy uskunalarni taklif etish kabilarni kiritish mumkin.
Neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida uglevodorodli xom ashyolarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda doimo foydalanib borish uchun yuqori malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak, albatta. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr va magistrlar har tomonlama bilimdon, ilg‘or davlatlar tajribalari bilan tanish, yangi ilmiy g‘oyalar va texnikaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Kadrlar o‘ziga xos zamonaviy tafakkurli, bilimli, malakali va ayni paytda yuksak ma’naviy komillik sifatlariga ega bo‘lishi, O‘zbekistonning kelajagi, mustaqilligimiz kelajagi uchun ma’sul, jonkuyar, fidoyi insonlar bo‘lmog‘i kerak. Bakalavriat va magistratura talabalarining chuqur va mustahkam bilim olishlarida «Тabiiy gazni qayta ishlash texnologiyalari» fani katta ahamiyatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |