2
almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza, mineral tuzlar ana shu
membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi.
Sitoplazma yarim suyuq muhit bo‘lib, elektron mikroskopda qaralganda, uning mayda
donador strukturasi aniq ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va xujayraning barcha organoidlari
universal va maxsus organoidlarga bo‘linadi. Universal organoidlar barcha organizmlar
xujayrasida bo‘ladi. Maxsus organoidlar ba’zi hujayralardagina uchraydi. Universal
organoidlarga mitoxondriyalar, Golji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va
xujayra markazi kiradi. Maxsus organoidlarga muskul xujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar,
nerv xujayralaridagi neyrofibrillar va xarakat organoidlari- xivchinlar, kiprikchalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |