8
Abu Ali ibn Sino (930-1037) – Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan.
Dastlabki bilimni Buxoroda olib 17 yoshlik chog`idayoq fanlarni mukammal bilgan. U Xorazm
va Eronda saroy tabibi bo`lib xizmat qilgan. Ibn Sino yuzdan ortiq asar yaratgan, bulardan eng
yirigi – «Tib qonunlari» besh jildli bo'lib birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga
bag`ishlangan. Ushbu kitobga tibbiyot sohasidagi dunyoda bo'lgan barcha ma‘lumotlarni
to'plabgina qolmasdan o'z tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli
tillarda qayta-qayta nashr qilingan bo'lib tibbiyotda asosiy qo`llanma sifatida hanuzgacha xizmat
qilmoqda.
Ibn Sino organizmni o'rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi. «Tib
qonunlari» kitobida ichki kasalliklar, xirurgiya farmakologiya gigiyena va tibbiyotning boshqa
qismlari to`grisida batafsil ma‘lumotlar berilgan. «Tib qonunlari» o`zbek tilida birinchi marta
1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan.
Vilyam Garvey (1578-1657)- anatom va fiziolog bo`lib o`z kuzatish va tajribalari asosida
1626 yilda e‘lon qilingan «Hayvonlarda yurak va qon harakati to`grisida anatomik tekshirishlar»
degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doiralarini birinchi marta ilmiy ravishda
isbotlab bergan.Garviy qonni arteriyadan venaga ko`zga ko`rinmaydigan mayda tomirchalar
orqali o`tadi deb taxmin qilgan.
M. Malpigi (1628-1694) arteriya bilan venani bir biriga qo`shib turadigan kapillyarlar
borligini mikroskop ostida ko`rib isbotladi.
Fredrik Ryuish (1638-1731)-qon tomirlariga rangli moddalar yuborib o`rgangan va
preparatlar tayyorlangan.
XII-XIII asrlarda ya‘ni uyg`onish davrida anatomiya faniga qiziqish Italiyada, keyin
Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlandi. Olimlar talabi bilan har besh
yilda bir marta murdani ochib o`rganishga ruxsat berilgan.Natijada,dunyoda birinchi bo`lib
Mondino da Lyutsi 1326 yilda ikki murdani o`rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya
darsligini yozdi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519)- Italiyalik rassom, matematik, injiner va faylasufdir, u
30 dan ortiq murdalarni kesib o`rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi
bulib muskillarning ishlash dinamikani o`rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.
Andrey Vezaliy (1514-1564) – «Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining
tuzilishi to`grisidagi yetti kitob» ni yozdi.
Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib kalla suyaklarining tuzilishi va
taraqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi, eshitish va ko`rish a‘zolarini o`rganib
«Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan.
B. Evstaxiy (1510-1574) – Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini to`g`riladi. U
tishlar, buyraklar, eshitish a‘zolarini o`rganib birinchi marta halqum bilan o`rta quloq
bo`shlig`ini qo`shib turuvchi eshitish yo`lini aniqladi. Kuzatishlar asosida 1714 – yilda
«Anatomiya qo`llanmalari» asarini nashr ettirdi.
I. Purkin`e (1787-1869) suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida o`tkazish
tolalari, nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini o`rganadi.
Rossiyada XVII- asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator saroylaridagina
xizmat qilganlar. Ammo XVII asrning o`rtalarida toun epidimeyasi Moskvada birinchi tibbiyot
maktabining (1654 yil) ochilishiga sabab bo`lgan.
Pyotr 1 Peterburg va Kronshtadtda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan va brinchi navbatda odam anatomiyasi fani
bilan shug`ullanishni da`vat etgan.
Pyotr 1 ning tashabussi bilan Peterburgda tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan.
Akademiyaga ishlagan olimlardan biri M. V. Lomonosov (1711-1765) nervizm g`oyalarini
targ`ib etgan anatomiyani o`rganishga davat etgan va tabiyatshunoslik faniga asos solgan olim
bo`lgan. Uning tashabbusi bilan ochilgan universitet qoshida tibbiyot fakulteti bo`lgan.
N. I. Pirogov (1810-1881) – rus harbiy- dala jarrohligining asoschisi va topograf
anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, qotirib, qavatma- qavat qilib kesib
Do'stlaringiz bilan baham: |