1.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixi
XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo‘llardan o‘tganligini ko‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. YUqoridagilarning hammasi to‘la ma’noda zamonaviy axborotli o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar o‘ta bizga etib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan,qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.
Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma erda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik erning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga aylandi.
Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |