1-Ma'ruza. Kirish. "Materialshunoslik" fanini o'rganishdan maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,09 Mb.
bet21/30
Sana26.02.2022
Hajmi1,09 Mb.
#473392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
1-Ma\'ruza. Materialshunoslik

CHo‘kindi tog‘ jinslari. CHaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al beton uchun to‘ldiruvchi, temir-yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l qoplamlarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik tog‘ jinslaridan qurilishda ko‘p ishlatiladigani gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardir.
Gneyslar slanetssimon (qatlamli) tuzilishga ega bo‘lib, granitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars, biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi.
Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slanetslar mayda donali tuzilishga ega bo‘lib, kvars, biotit va muskavit minerallaridan iborat bo‘ladi. Slanetslarning gilli, kremniyli, slyudali va boshqa turlari mavjud bo‘lib, tombop plitalar tayyorlashda ishlatiladi. Slanets 2-8 mm qalinlikda osongina qatlamlanishi mumkin. Uning zichligi 2,7-2,8 gsm3, g‘ovakligi 0,3-3%, siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa bo‘ladi. Slanetsdan pol, zinapoya qoplamalari qismlari tayyorlash mumkin.
Kvarsitlar qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mayda donali tog‘ jinslaridir. Kvarsit 95-99% kvarsdan (SiO2) iborat bo‘lib, siqilishdagi mustahkamligi 100-455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-17700S.
Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar-mayda, o‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, ohaktosh va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga sababchidir.
Marmar zichligi 2,8 gsm3, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta ishlanadi, jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarni tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi.
Marmar O‘zbekistonning Nurota, Qurama, CHotqol tog‘ tizmalarida ko‘plab uchraydi. SHulardan eng mashxuri Nurota marmar konlari tizimidir. Toshkent shaxridagi Navoiy nomli teatr, Xalqlar do‘stligi saroyi binolari maxalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish