1-Ma'ruza. Kirish. "Materialshunoslik" fanini o'rganishdan maqsad va vazifalari. Reja


Materialshunoslik fanining rivojiga hissa qo'shgan olimlar



Download 0,55 Mb.
bet2/4
Sana28.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#474933
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza.doc

1.2. Materialshunoslik fanining rivojiga hissa qo'shgan olimlar.

Мaterialshunoslik fanining yaratilishiga va rivojlanishiga M.V.Lomonosov (1711-1765 y.y.) metallarga xos xususiyatlarni va ulardan kutilgan xossali qotishmalarni olish yo‘llarini ko‘rsatgan bo‘lsa, P.P.Anosov (1799-1851 y.y.) metallar xossalarini strukturasiga bog‘liqligini, legirlovchi elementlar (Мg, Ni, W...) ning qotishmalar xossalariga ta’sirini, shuningdek kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan detallarning ish muddatini uzaytirish uchun sirt yuza qatlamini ko‘p uglerodli gaz muhitida uglerodga to‘yintirishini, D.I.Mendeleyev (1834-1907 y.y.) elementlarning davriy qonuniyati, ular xossalarining ichki tuzilishiga uzviy bog‘liqligini, D.K.Chernov (1889-1921 y.y.) po‘latlarning kritik nuqtalar vaziyati ularning tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liqligini ko‘rsatdi va o‘z ishlari bilan u adabiyotlarda "metallografiyaning otasi" deya nomlangan. Nemis olimi Ledeburning metallar strukturasi tushunchasi, ingliz fiziklari F.Laves hamda V.Yum-Rozerning yangi turdagi fazalarni kashf etishi fan rivojida katta hissa bo‘ldi.


Ichki yonuv dvigatellari kashf etilishi mashinasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik va raketasozlik sanoatlari rivojlanishida muhim asos bo‘ldi. Tabiiyki, sanoatning rivojlanishi yangi materiallar yaratish, ularning xossalarini yaxshilash ustida tinmay izlanishlar olib borishni talab etdi. Natijada takomillashgan domna pechlari, po‘lat eritiladigan marten pechlari barpo etildi. Po‘latlarni payvandlash mumkinligini N.N.Benardos va N.G.Slavyanovlar ilmiy nuqtayi nazardan isbotlab berdilar.
XX asrning boshlarida metallografiyaning rivojlanishiga N.S.Kurnakov katta hissa qo‘shdi, u metallarni tadqiq qilishda fizik-kimyoviy tahlil usulini qo‘lladi.
Metallshunoslik va termik ishlov berish sohasining rivojlanishiga ingliz olimlaridan U.R.Austen (1843-1902 y.y.), G.Sorbi (1826-1908 y.y.), Motto, fransuz olimi F.Osmond (1849-1912 y.y.), nemis olimi A.Martens (1850-1914 y.y.), germaniyalik olim Tammana, Ganemana, amerikalik olimlar Zeytsa, Beyna va Meyla lar ham katta hissa qo‘shganlar.
Rus olimi A.M.Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali organik kimyoviy moddalardan polimerlar olish mumkinligi isbotlandi.
S.V.Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda texnika rivojini sun’iy materiallarsiz tasavvur qilish qiyin. O‘tkazuvchanligi yuqori materiallar, yarim o‘tkazgichlar, sun’iy olmoz hamda uglerod asosidagi boshqa materiallar kashf etildi.
D.I.Mendeleyev davriy sistemasida mavjud bo‘lgan 110 ta elementdan 76 tasi metallar hisoblanadi. Davriy sistemaning o‘ng tomonida asosan nometallar joylashgan. Ba’zi bir elementlar: B, C, Si, Ge, As, Se, Te kabilar metallar va nometallar o‘rtasida oraliq elementlar sifatida qaraladi (1.1-jadval).
1.1-jadval
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali



Yuqorida qayd etilgan olimlardan tashqari bu fanning ayrim sohalarini rivojlanishida S.S.Shteynberg, N.A.Minkevich, G.V.Kurdyumov, A.A.Baykov, A.M.Bochvar, A.A.Bochvar (1870-1947 y.y.), K.P.Bunin, S.T.Kishkin, V.D.Sadovskiy, I.I.Sidorin, A.P.Gulyayev, Ye.O.Paton (1870-1953 y.y.), Yu.M.Laxtin, B.N.Arzamasov va boshqalar ulkan hissa qo‘shdilar.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish