Protokolning o'zaro ta'siri Masalan: veb-server va mijoz kabi omillar inobatga olinadi.
Muloqot misoli
Tarmoq komponentalari 1. Qurilma (1.7.-rasm): a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k); b) Oraliq qurilmalari, tugunlar (router, switch, hub va h.k); 2. Vosita (ulanish usuli): a) mis (med) kabel: 1) simmetrik - parali kabellar; 2) koaksial; b) Optik kabel: 1)bir modali – magistralda ishlatiladi; 2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi; c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k); 3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k) Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda. Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. Nazorat savollari: Kompyuter tarmoqlariga umumiy ta’rif bering. KT rivojlantiruvchi omillarni keltiring. Protokol va tarmoq texnologiyasi tushunchalarini izohlang. Аsosiy adabiyotlar Аsosiy adabiyotlar
James F. Kurose, Keith W. Ross “A Top-Down Approach: Computer Networking”, 2017y. Pearson Education Limited
Oliver C. Ibe “Fundamentals of Data Communication Networks”, 2018y. JohnWiley&Sons, Inc.
Andrew S. Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011
Musaev M.M. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”. Toshkent.: “Aloqachi” nashriyoti, 2013 yil. 8 bob. 394 bet. – Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.
Andrew S. Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011y.
Olifer V.G., Olifer N.А. Компютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. - СПб. Питер. 2010.
Internet saytlari: www.intuit.ru http://tuitfiles http://www.kgtu.runnet.ru http://www.piter.com http:// www.ciscopress.ru http:// www.williamspublishing.com www.ziyonet.uz
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |