World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Yangi texnologiyalar va tarmoqlardagi barqaror yutuqlar tarmoqning kengayishida tijorat ishtiroki va aholiga xizmat ko'rsatishda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratdi.
1.3.-rasm. Zamonaviy tarmoqlar va rivojlantiruvchi omillar
Do'stlaringiz bilan baham: |