Nafas olish organlarini himoyalash
erga ulash
Himoya vositalari
“Inson-muxit” tizimida inson omili.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to`g`ri va qaytma (teskari) aloqada bo`ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya`ni tashqi ta`sirga nisbatan qarshi ta`sir ko`rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan.
Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi).
«Inson - muhit» tizimi ikki maqsadlidir:
birinchi maqsad - ma`lum bir natijaga, samaraga erishishdan iborat;
ikkinchi maqsad - yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz oqibatlarni (muammolarni), inson tomonidan muhitga nisbatan va muhit tomonidan insonga nisbatan, bartaraf qilishdan iboratdir.
4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, faoliyat xavfsizligi psixologiyasi va xavfsizliking iqtisodiy jihatlari.
Ergonomika - bu mehnat jarayonlari va mehnat qonuniyatlari haqidagi fandir. Grekcha: ergon - mehnat va nomos - qonun degan so`zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika- texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiena fanlarining chegaralarida paydo bo`lgan fandir. Ergonomikada- anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya, biofizika va boshqa fanlarning ma`lumotlari qo`llaniladi. Egronomika so`zini birinchi bo`lib, 1875 yili o`zining “Ergonomika jihatlari, ya`ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. Yangi ilmiy fanni yaratish g`oyasi boshida, ya`ni 1921 yilda, rus olimlari V.M. Bexterev va V.N. Myasievlar uni “ergologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birlashganlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Ergonomikaning o`rganish ob`ekti: “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimidir.
Ergonomikaning maqsadi: Mashinalar va ishlab chiqarish qurollari parametrlarini, hamda ishlab chiqarish muhiti sharoitlarini insonning fizik va psixofiziologik imkoniyatlariga moslashtirishdir, ya`ni mehnat jarayonlarini me`yorlash (optimallashtirish) va barcha ko`ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal darajada kamaytirishdan iboratdir.
Ergonomikadagi moslashish turlari quydagilardan iborat: Ma`lumotiy moslashish; Biofizik moslashish; Energetik moslashish; Fazoviy – antropometrik moslashish; Texnik - estetik moslashish.
Ma`lumotiy moslashish mohiyati: Ergonomika “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimida shunday ma`lumotiy modelni yaratishni ta`minlashi kerak. Bu model ko`rsatilgan vaqtda mashinaning hamma kerakli ko`rsatkichlarini aks ettirishi va shu bilan bir vaqtda boshqaruvchining xotirasi va diqqatini zo`riqtirmasdan, ma`lumotlarni xatosiz qabul qilishni, hamda qayta ishlashni ta`minlashi lozim. Ya`ni, ma`lumotiy model insonning fizik va psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
Ma`lumotiy moslashishning ahamiyati: Yuqorida keltirilgan tizimda ma`lumotiy moslashishni shakllantirish juda murakkab masaladir. Boshqaruvchining xavfsizligi, ish unumdorligi, aniqligi va sifati shu masalaning qanaqa darajada echilganligiga bog`liq bo`ladi.
Ma`lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV): Ekranlar; Mnemosxemalar; Strelkali asboblar; Elektron asboblar; Tovushli, rangli va boshqa turdagi asboblar.
MAEVga misollar (1):
Do'stlaringiz bilan baham: |