VPN echimlarni bir necha asosiy parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin:
Ishlatiladigan muhit turi bo‘yicha:
Himoyalangan VPN tarmoqlar. Eng keng tarqalgan variant rasmiy bo‘lmagan xususiy tarmoqlar hisoblanadi. Uning yordamida ishonchli bo‘lmagan tarmoq, masalan, Internet tarmog‘i asosidagi ishonchli va himoyalangan nimtarmoqni qurish mumkin. Himoyalangan VPN tarmoqlarga misollar IPSec, OpenVPN va PPTP tarmoqlari hisoblanadi.
Ishonchli VPN tarmoqlar. Uzatish tarmog‘ini ishonchli hisoblash mumkin bo‘lganda va faqat katta tarmoq doirasida virtual nimtarmoqni yaratish masalasini echish zarur bo‘lganda ishlatiladi. Xavfsizlikni ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lmay qoladi. Bunday VPN tarmoqlarga misollar MPLS va L2TP echimlar hisoblanadi. Aniqroq aytganda bu protokollar xavsizlikni ta’minlash masalasini boshqalarga, masalan, IPSec bilan birga ishlatiladigan L2TP echimga yuklaydi.
Ishlatilishi usuli bo‘yicha:
Maxsus dasturiy-apparatli ta’minot ko‘rinishidagi VPN tarmoqlar. VPN tarmoqlarning ishlatilishi maxsus dasturiy-apparatli vositalar kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Bunday ishlatish yuqori unumdorlik va yuqori himoyalanganlik darajasini ta’minlaydi.
Dasturiy echim ko‘rinishidagi VPN tarmoqlar. VPN tarmoqlarning funksionalligini ta’minlaydigan maxsus dasturiy ta’minotli personal kompyuterni ishlatiladi.
Integratsiyalangan echimli VPN tarmoqlar. VPN tarmoqlarning funksionalligini kompleks ta’minlaydi, u shuningdek tarmoы trafigini filtrlash, tarmoq ekranini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash masalalarini hal etadi.
Vazifasi bo‘yicha:
Intranet VPN. YAgona himoyalangan tarmoqqa birlashtirish uchun bitta tashkilotning ochiq aloqa kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni almashadigan bir necha taqsimlangan filiallari ishlatiladi.
Remote Access VPN. Uyda ishlash bilan uy kompyuteridan korporativ resurslarga ulanadigan yoki xizmat safarida bo‘lish bilan noutbuk yordamida korporativ resurslarga ulanadigan bitta foydalanuvchi va korporativ tarmoq segmenti (markaziy ofis yoki filial bilan) orasidagi himoyalangan kanalni qurish uchun ishlatiladi.
Extranet VPN. Ularga “tashqi” foydalanuvchilar (masalan, buyurtmachilar yoki mijozlar) ulanadigan tarmoqlar uchun ishlatiladi. Kompaniya xizmatchilariga qaraganda ularga ishonish darajasi ancha past, shuning uchun xizmatchilarni o‘ta muhim, konfidensial ma’lumotlarga ulanishini oldini oladigan yoki cheklaydigan maxsus himoya “chegaralarini” ta’minlash talab qilinadi.
Protokol turi bo‘yicha:
TCP/IP, IPX va AppleTalk ostida virtual xususiy tarmoqlarni ishlatilishi mavjud. Lekin bugungi kunda TCP/IP protokoliga umumiy o‘tish kuzatilmoqda va deyarli barcha VPN echimlar aynan uni qo‘llaydi.
Tarmoq protokoli darajasi bo‘yicha:
Etalon ISO/OSI tarmoq modeli darajalari bilan qiyoslash asosida tarmoq protokoli darajasi bo‘yicha tasniflanadi.