2-rasm. Stoli elektromexanik tizimga ega ko’p elektrodli mashina sxemasi: 1- asos; 2 – qo’zg’aluvchan stol; 3 – tashuvchi qurilma; 4 – payvandlanadigan detal; 5 – payvandlash to’pponchalari; 6 – stolni ko’tarish mexanizmi shatunlari; 7 – yuqorigi plita; 8, 13 – resiverlar; 9 – pnevmoapparatura; 10 – elektrodvigatel; 11 – siqish kompressori; 12 – reduktor; 14 – stolni ko’tarish mexanizmi richagi; 15 – payvandlash transformatorlari; 16 – pnevmosilindrlar; 17 – qarshi elektrodlar; 18 – stanina kolonnalari
Payvandlash to’pponchalari havoli
s iqish kompressori 11 hosil qiladigan, yuqori bosimli siqilgan havo ta’sirida harakatlantiriladi.
Murakkab yig’ma birliklarni nuqtali payvandlash uchun, shuningdek, press tipidagi ko’p elektrodli payvandlash mashinalari qo’llaniladi. Bunday mashinalar listli shtamplash presslarining ayrim o’xshash uzellariga ega bo’ladilar.
Bu mashinalar qo’zg’aluvchan stoli katta qiymatli yurishga ega bo’ladi, bu hol esa turlicha fazo holatlarida payvand birikmalarni joylashtirishni ta’minlovchi, erkin shaklli detallarni payvandlash imkonini beradi. Ular turlicha yig’ma birliklarni payvandlash uchun almashtiriladigan qurilmalar – payvandlash shtamplarini qo’llashga imkon beradi, bu esa o’z navbatida, jihozni band qilishni orttiradi va uni samarali qo’llash sohasini kengaytiradi.
J ihozning yuqori samaradorligini va sifatli payvand birikma olishni ta’minlash uchun kontaktli mashinalarda ishlashda payvandlashning optimal ma’romi o’rnatilgan bo’lishi lozim. Ma’romning asosiy parametrlari bo’lib, yuqorida ko’rsatilganidek, payvandlash tokining kuchi , elektrodlarning siqish kuchi va payvandlash toki impulsining o’tish vaqti xizmat qiladi. Nuqtali mashinalar uchun qo’llaniladigan ma’romlar shartli ravishda yumshoq va qattiqqa bo’linadi. Bunday taqsimlashning asosida tok zichligi (tok kuchining tutashish sirti yuzasiga nisbati) va impuls davomiyligi yotadi. Katta qiymatli tok zichligi va kichik impuls davomiyligi ko’proq qattiq ma’romlarga to’g’ri keladi.
1-jadvalda avtomobilsozlikda qo’llaniladigan qattiq ma’romlarning bir nechta variantlari keltirilgan.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida yumshoq ma’romlarni qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki ular samaradorligi pastroq, elektr energiyasi sarfi va qoldiq deformatsiyalar kattaroq bo’ladi. Jadvalda keltirilgan ma’romlardan A ma’rom asosiydir, u 1,5 mm gacha qalinlikdagi ikkita detalning toza, yaxshi yotuvchi qirralari uchun mo’ljallangan. Uni juda qattiq guruhga kiritadilar. Б va В ma’romlar nisbatan kamroq qattiq ma’romlarga kiradi. Ushbu ma’romlarda maksimal joiz tirqishlar bilan, payvandlash uchun yetarlicha yaxshi tayyorlanmagan sirtlarga ega detallar, shuningdek, qalinligi 1,5 mm dan katta bo’lgan detallar payvandlanadi. Г ma’rom parametrlarni aniq hisoblaydigan, zamonaviy elektropnevmoapparatura bilan jihozlangan osma va statsionar nuqtali mashinalarda tezkor payvandlash usullari uchun qo’llaniladi. Г ma’rom o’ta qattiq hisoblanadi, ammo, samaradorlikni orttirish maqsadida payvandlash tokining berilish vaqti qisqartirilgan. Bu ma’rom uchun payvandlanadigan qirralar toza bo’lishi va ular bir-biriga tekis yotishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |