1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. “Transport tizimining asosiy va qo’shimcha shoxalari orasida yo’ldoshlarni uzatish” moduli



Download 5,29 Mb.
bet62/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

6-rasm. “Transport tizimining asosiy va qo’shimcha shoxalari orasida yo’ldoshlarni uzatish” moduli:
1 – transport tizimi asosiy shoxasining seksiyasi; 2 - transport tizimi qo’shimcha shoxasining seksiyasi; 3 – siljuvchi karetka; 4 – juft to’xtatgichlar; 5 – boshqarish tizimi;
6 – kuch qurilmasi
Qo’shimcha shoxaning seksiyasi yo’ldoshlarni uzatish stansiyasidan keyin joylashgan texnologik pozitsiya oldidan yo’ldoshlar mikrozahirasini hosil qilishga imkon beradi va yo’ldoshning borligini nazorat qiluvchi yakuniy ajratkichga ega bo’ladi. Yo’ldosh texnologik stansiyaga siljigan zahoti yakuniy ajratkich transport tizimi asosiy shoxasining seksiyasidagi sanash qurilmasini ishga tushiradi. Bunda oqimda ixtiyoriy ketma-ketlikda harakatlanuvchi yo’ldoshlar ichidan kerakli kodga ega bo’lganini qidirish sodir bo’ladi.
Shunday qilib, stansiya transport tizimining asosiy shoxasi bo’yicha tranzit siljishi, qo’shimcha shoxa bo’yicha yonma-yon joylashgan texnologik stansiyalarning biridan boshqasiga yo’ldoshni o’tkazish, transport tizimining asosiy shoxasidan qo’shimcha shoxasiga, shuningdek, transport tizimining qo’shimcha shoxasidan asosiy shoxasiga yo’ldoshni uzatish vazifalarini bajaradi.
Qo’shimcha blok-modullar sifatida transport tizimiga burish karetkasiga ega, yo’ldoshlarning harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun stansiya va yonma-yon joylashgan texnologik stansiyalar orasida o’rnatiluvchi oraliq stansiya kiritilishi mumkin. Oraliq stansiya texnologik stansiyalarda ishlash qulayligi va ularga xizmat ko’rsatish qulayligini oshirish uchun yoki transport tizimining yuritmasi elementlarini, yoinki yonida joylashgan texnologik stansiyaning boshqarish tizimini o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Bunday modulli stansiyalardan qurilgan, avtomatlashtirilgan yig’ish qatoriga misol bo’lib AMO ZIL zavodida loyihalangan va tayyorlangan, avtomobil kompressorini yig’ish uchun mo’ljallangan qator xizmat qilishi mumkin. Gorizontal yopiq konturli qator har biri bir nechta texnologik stansiyalardan tashkil topgan bir qancha uchastkalarni o’z ichiga oladi va qatorga kirishda hamda chiqishda transport tizimining shoxalari orasida yo’ldoshlarni uzatish uchun stansiyalarga ega.
Uchastkalarning joylashuvi texnologik ketma-ketlikka mos kelmaydi, balki xizmat ko’rsatish va komplektlovchi detallarni uzatish qulayligi, shuningdek, yig’ish yoki ishlov berish zonalaridan nazorat va nazorat-sinov avtomatlarini ajratib chiqarish nuqtai nazaridan joylashtiriladi. Ushbu qatorga yig’ish va nazorat-sinov operatsiyalarini bajarish stansiyalaridan tashqari shuningdek, yig’ish operatsiyalari orasida bajariluvchi, mexanik ishlov berish operatsiyalari uchun mo’ljallangan stansiyalar ham kiritilgan. Qaysidir avtomatik jihoz ishlamay qoladigan holatlar uchun qo’l maromida ishlash imkonini hosil qilish uchun yoki yig’ilayotgan mahsulot modifikatsiyasining loyihasida ko’zda tutilmagan yig’ish hollarida, texnologik jarayonning o’zgarishiga imkon berish uchun zahira pozitsiyalari ko’zda tutilgan. Qatorda mexanik ishlov berish va yig’ish operatsiyalarini bajarish uchun 16 ta avtomatik pozitsiya, 2 ta yarim avtomatik pozitsiya, 7 ta avtomatik nazoratsinov positsiyalari, 6 ta qo’l pozitsiyalari, 4 ta zahira va nuqsonlarni bartaraf qilish uchun 2 ta pozitsiya mavjud. Yo’ldoshlarni transport tizimining asosiy shoxasidan qo’shimcha shoxasiga va aksincha uzatish uchun 18 ta stansiya ko’zda tutilgan.
Bunday qatorlarni qo’llash, ayniqsa yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshlashda juda samaralidir, chunki operatsiyalarni bosqichmabosqich avtomatlashtirish imkoni mavjud. Dastlab, mahsulotlarni kichik dastur bilan ishlab chiqarishda yig’ish qo’l pozitsiyalarida amalga oshirilishi mumkin. Dastur miqdorining orta borishi bilan zaruratga ko’ra avtomatik pozitsiyalar ham kiritilishi mumkin. Bunda faqatgina manzilni o’zgartirish yetarli bo’ladi va yo’ldosh yig’ilayotgan mahsulot bilan birga qo’lda yig’ish pozitsiyasiga emas, balki avtomatik yig’ish pozitsiyasiga yo’naltiriladi.
Ushbu yig’ish jihozi bitta yoki bir nechta bir tipli mahsulotlarni yig’ishga mo’ljallangan, lekin uning unifikatsiyalangan elementlardan komponovkalangan pozitsiyalari qatorlarni boshqa nomenklaturadagi mahsulotlarga tezda qayta sozlashga imkon beradi.
Bu jihozning qo’llanilish sohasi – yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishdir.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish