1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-ma’ruza. Kuzov detallarining umumiy xarakteristikasi



Download 5,29 Mb.
bet6/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

3-ma’ruza.
Kuzov detallarining umumiy xarakteristikasi
Reja:

  1. Kuzov detallarining sirtlari bo’yicha tasnifi.

  2. Avtokuzov detallarining tashqi o’lchamlari bo’yicha tasnifi.

  3. Kuzov detallarining mo’ljallanishi va tashqi ko’rinishiga talablar bo’yicha tasniflari.

  4. Kuzov detallarining texnologik alomatlar bo’yicha tasnifi.
  1. Kuzov detallarining sirtlari bo’yicha tasnifi


Kuzov detallari katta gabarit o’lchamlar, turli shakllarni xarakterlovchi, yupqa listli metalldan tayyorlangan fazoviy qobiqni namoyon qiladi.
Kuzov detallarining sirtlari birikish tabiatiga ko’ra asosiy, yordamchi va erkin deb bo’linadi.
Detalning asosiy sirtlari deb, boshqa detallar bilan mexanik tutashuvchi va detalning kuzovdagi holatini aniqlovchi sirtlarga aytiladi.
Ular, odatda, detal perimetri bo’ylab yoki teshiklar konturi bo’ylab joylashadi va bu holda ular flaneslar deb nomlanadi. Flaneslar, ko’pincha, erkin sirtlarga nisbatan burchak ostida yoki ulardan pog’onalar bilan ajratilgan holda joylashadi.
Detalning yordamchi sirtlari deb, boshqa detallar bilan birikishga
ishlaydigan va ularning holatini aniqlovchi sirtlarga aytiladi.
Detalning erkin sirtlari deb, boshqa detallar sirtlari bilan tutashmaydigan va asosan, detalga yakuniy hajmiy shakl berishga xizmat qiluvchi sirtlarga aytiladi.
Kuzov detallarining chizmalardagi tasviri bir qator o’ziga xosliklarga ega.
Chizmaning asosiy proyeksiyalarida detal ish holatida, ya’ni, u yig’ishdan keyingi kuzovda egallaydigan holatida tasvirlanadi. Detal chizmasi uning kuzovda joylashish o’rni haqida tasavvur berishi lozim. Buning uchun chizma asosiy proyeksiyalari qadami 100 yoki 200 mm bo’lgan koordinatalar to’rini qo’llash bilan tayyorlanadi. Ushbu proyeksiyalar 1:1 masshtabda tayyorlangan kuzov yig’ma chizmasidan ko’chirib olinadi. Koordinata to’rining chiziqlari chizma proyeksiyalaridagi o’zaro perpendikulyar koordinata tekisliklari oilasining izlari hisoblanadi va ular bo’ylab kuzovni qurish amalga oshiriladi. Bunda sanoq tekisliklari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: kuzov poli sathiga mos keluvchi gorizontal tekislik, kuzov simmetriya tekisligiga mos keluvchi vertikal bo’ylama tekislik va oldingi g’ildiraklar o’qi bo’ylab o’tuvchi vertikal ko’ndalang tekislik

Kuzov detalining fazodagi holatini aniqlovchi o’lchamlar chizmadagi koordinata to’ri chiziqlari bilan bog’lanadi.
Chizmada koordinata to’ri kichik aylanalar bilan tugallanuvchi nozik chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Kichik aylanalar ichida mos sanoq tekisliklarigacha bo’lgan masofalarni millimetrlarda ko’rsatuvchi raqamlar joylashtiriladi.
Kesishuvchi sirtlarning aniq chiziqlari yo’qligi listdan shtamplangan detallarning o’ziga xosligi hisoblanadi. Har-bir sirt boshqasiga doimiy yoki o’zgaruvchan radiusli egrilik orqali o’tadi. Shuning uchun, kuzov detallarining kesishish chiziqlari chizmalarda ko’rsatilsa ham, shartli ravishda deb hisoblanadi.
O’lchamlarni belgilashda o’lcham chiziqlari sirtlar kesishuvining shartli chiziqlaridan o’tkaziladi (2-rasm).
Kuzov detallarining murakkab shakli sirtning har bir nuqtasini o’lchamlar yordamida aniqlashga imkon bermaydi. Odatda, detal sirtida, bir qator xarakterli nuqtalar tanlangan bir nechta xarakterli chiziqlar belgilanadi va ularning koordinatalari uchta o’lcham bilan aniqlanadi. Bunday xarakterli chiziqlar sifatida detal sirtlarining o’zaro shartli kesishish chiziqlari ham, va detal sirtlarining koordinata tekisliklari bilan kesishish chiziqlari ham qo’llanilishi mumkin.
Shartli ravishda, kuzov detali boshlang’ich zagotovka qalinligiga teng doimiy qalinlikka ega deb hisoblanadi, lekin aslida shtamplash paytida detal qalinligi o’zgaradi. Chizmani soddalashtrish uchun, ba’zida, kuzov detallari qalinligi yo’q qobiq ko’rinishida tasvirlanadi.


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish