1-ma'ruza. Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish



Download 25,16 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi25,16 Kb.
#680795
Bog'liq
1-maruza.Iqtisodiyot faniga kirish


1-ma'ruza. Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish
Reja
1.qtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.

2.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).

3.Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari.

4.Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari.


1.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini bilib olishdan oldin iqtisodiy faoliyatning mazmuni to'g'risida tushunchaga ega bo'lish va eng avvalo, iqtisodiyotning o'zi nima, degan savolga javob berish lozimdir.

Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib,iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne'matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va turli darajadagi muassasalarning ma'lum darajada tartibga solingan tizimidir.

Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin.

Iqtisodiyot doirasida moddiy boyliklarni,ya'ni jamiyat uchun zarur bo'lgan ne'matlarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro'y beradi.

Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.

Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me'yorda, o'zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa kengayib borish tartibida takrorlanadi.

Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo'yicha takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish,ayirboshlash,taqsimlash va iste'mol qilishjarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang'ich bo'g'ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste'mol qilinadigan narsalar bo'lmaydi.

Ikkinchi muhim bosqich taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari, tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a'zolari o'rtasida taqsimlanadi.

Ayirboshlash jarayoni yaratilgan ne'matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarini bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida iqtisodiy aloqa ya'ni – ayirboshlash jarayoni pul vositasida amalga oshiriladi.

Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste'mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o'zlarining pirovard iste'molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.Iste'mol ikki turga bo'linadi:unumli va shaxsiy iste'mol. Shunday qilib, tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati doimo to'xtovsiz takrorlanib uzluksiz yangilanib turadigan jarayondir.


Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayirboshlashning me'yorida ro'y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar.

Infratuzilma turlari:

-Ishlab chiqarish infratuzilmasi.

-Ijtimoiy infratuzilma.

-Bozor infratuzilmasi.

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

Iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to'laroq qondirib borish mumkinligi to'g'risidagi masaladir.

Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo'llari:

-iqtisodiy resurslar miqdorini ko'paytirish;

-resurslar unumdorligini oshirish;

-resurslardan foydalanishning turli hil muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash;

-jamiyat ehtiyojlarini cheklash.

Iqtisodiyhayotsirlarinibilishgaqiziqishjudaqadimzamonlardayoqmavjudbo'lgan.

Iqtisodiyotgaoidbilimlarantikdunyoningko'zgako'ringanolimlariKsenofont, Platon, Aristotelshuningdek, qadimgiMisr, Xitoy, HindistonvaMarkaziyOsiyomuttafakkirlariasarlaridahamuchraydi.

BizuzoqqabormasdanmingyillaroshabizgaetibkelganQur'oniKarimni, Hadislarni, Qobusnomani, bobokalonlarimizAbuAliIbnSino, AbuNosirForobiy, AbuRayxonBeruniy, AlisherNavoiy, MirzoUlug'bekasarlarinio'qirekanmizulardainsonningyashashiuchuntabiatehsonlarietarliemasligi, ijodiymehnatqilishkerakligiqayta-qaytauqtirilganligigayanabirkarraaminbo'lamiz.

Iqtisodyotnazariyasifaniko'pginamamlakatlardamilliybozorshakllanganvajahonbozorivujudgakelayotgandavrlardadastlab «siyosiyiqtisod» nomibilanshakllanaboshladi.

Siyosiyiqtisodgrekchaso'zdanolinganbo'lib «politiko» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uyxo'jaligi, «nomos» - qonun, ya'niuyyokiijtimoiyxo'jalikqonunlarideganma'nonibildiradi. 1575-1621 yillardayashabo'tganfrantsuziqtisodchisiAntuanMonkretenbirinchimarta «Siyosiyiqtisodtraktati» (1615 y.) nomliilmiyasaryozib, bufannimamlakatmiqyosidaiqtisodiyotniboshqarishfanisifatidaasosladi. Keyinchalikklassikiqtisodchilarbufikrnitasdiqlab, siyosiyiqtisodkengma'nodamoddiyhayotiyvositalarniishlabchiqarishvaayirboshlashniboshqaruvchiqonunlarto'g'risidagifandirdebko'rsatadi.

Iqtisodiyfanshakllanishijarayonidabirqanchag'oyaviyoqimlar, maktablarvujudgakelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko'payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (puldan, oltindan iborat boylik) savdoda, asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo'ladi, ko'payadi, savdoda band bo'lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Keyinchalik ayirboshlash ya'ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko'paymasligi ma'lum bo'lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvivalentlik tartibi, ya'ni teng mehnatga teng mehnat muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir qashshoqlashib boradi.


«Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o'laroq, boylik qishloq xo'jaligida yaratiladi va ko'payadi, degan g'oyani olg'a surdilar. Ularning vakili bo'lgan F.Kene tomonidan mashhur jadval ishlab chiqildi. Keyinchalik iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo'lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo'jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko'rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat'iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning «ko'rinmas qo'l» printsipi hozirgi kunda juda ko'p tilga olinmoqda. U o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot» (1776 y.) degan kitobida insonni faollash-tiradigan asosiy rag'bat shaxsiy manfaatdir deb ko'rsatadi. Inson o'z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya'ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o'z kapitalini ko'paytiradi va shu intilishda o'zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta'minlash printsipini ilgari suradi.

Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko'ra progressiv bo'lgan jamiyat qurish g'oyasi Sen-Simon, Sharl, Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo'nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o'rin almashish sabablari to'g'risidagi ta'limotni hamda qo'shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so'zdan olingan bo'lib, keyingi, qo'shilgan degan ma'noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va boshqalar) bo'lib, ular tomonidan keyingi qo'shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resursunumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisodiy fanda yangi yo'nalish neoklassik, ya'ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo'lib, uiqtisodiy jarayonlarning uzviy bog'lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va bahosini aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo'nalishning namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Valras bo'lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.

Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpetter 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar o'zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko'rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.

1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Keyns o'zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste'mol va jamg'arishning o'zaro bog'liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste'mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko'rsatadi. Keyns ta'limoti ta'siridaiqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo'lga qo'yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida muhim yo'nalishlardan biri monetarizm deb ataladi. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o'zining tadqiqoti negizidaiqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o'ynaydi, degan g'oyani ilgari suradi. Amerikalik olim Vasiliy Leontev esa «xarajat – natija» deb atalmish iqtisodiy andozaning asoschisidir.


XX asrning 50-60-yillarida neoklassik yo'nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari qo'ydagilar:

Neoliberalizm (F.Xayek, Shumpeter, L.Erkard) – asosiy e'tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvning eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.

Monetarizm-(M.Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomilasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.

Instituttsionalizmtarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko'ra xo'jalik yurituvchilar o'rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o'zgarishlar orqali ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo'nalishdagi iqtisodiy nazariyalar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo'lib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o'tiladi.

Hozirgi paytda bu yo'nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDH davlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o'tgan yo'l va unda vujudga kelgan g'oyalar, oqimlar juda murakkab, ko'pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo'lsada ular bir-birini to'ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma'lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, nimani o'rganadi? – degan savolning echimi juda murakkab bo'lib,bu haqda o'tmishda vahozirgi davrda turli fikrlar bildirib kelinmoqda.

AQSh va G'arb mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi.

Hamdo'stlik davlatlari va xususan Rossiya Federatsiyasidachiqarilayotgan turli darsliklarda mazkur fanning predmeti bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflar berilmoqda.

Ularning birida fanning predmeti «Ratsional xo'jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a'zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilsa boshqasida cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash,taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyiladi.

Uchinchi boshqa bir kitobda iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – cheklangan resurslar dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko'rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darsliklarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishga alohida ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo'nalishidagi kitoblarda asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo'lgan munosabatini,xatti-harakatini o'rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish masalalariga alohida e'tibor berilgan.

Iqtisodiyot nazariyasi fani masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'ymasdan har ikkala yo'nalishdagi iqtisodiy fanlar predmet doirasini qamrab olishi va ularni yaxlitlikda o'rganishlozim.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiyne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o'rganishdan iborat.

Iqtisodiy munosabatlar – bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida vujudga keladigan turli hil munosabatlardir.

Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo'lish shakllari qo'ydagilar:

-Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyatsiya, bandlik va hokazo.

-Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste'mol va h.k.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi. Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to'laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.

Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko'rinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya'ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.

Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko'proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turlari bo'yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo'llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishniham o'z ichiga qamrab oladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir – biri bilan chambarchas bog'liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo'lishni, u bilan qurollanishzaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko'ra bilish va amaliy harakat yo'lini to'g'ri belgilash imkonini beradi.

Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo'llanmadir.

«Pirovard maqsadimiz bo'lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma'naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g'oya, milliy mafkuradir»1. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o'zgartirish»2 vazifasini ham bajaradi.

2.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o'rganadi.

Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o'rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o'zaro bog'liqligini ifodalaydi.

Iqtisodiy qonunlar ob'ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo'lib, u ob'ektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya'ni uning inson ongidagi in'ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob'ektiv xarakterga ega bo'lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularninghoxish irodasiga bog'liq emas. Ma'lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart-sharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo'lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo'ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan o'zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo'ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat'iy nazar muqarrar ravishda xo'jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo'lib, tarixiydir va o'zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog'liq bo'lib kishilik jamiyati mavjud bo'lganda paydo bo'ladi va amal qiladi.

Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o'sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar;

2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo'lgan davrlarda mavjud bo'ladi.

3. Maxsus o'ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo'shimcha qiymat qonuni.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi.

Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.

Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo'lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo'la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy tushunchalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi.

Bir iqtisodiy qonun ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo'lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib shu iqtisodiy qonunning mazmunini tushunish va uning tabiatini bilish ancha qiyin. Masalan, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun baho va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo'lsa, tovar, pul, qiymat, baho, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo'lgandan keyin , qiymat qonunini tushunib olish mumkin.Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.

3.Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari. Fanining vazifalari.

Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo'llari, qonun – qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob'ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o'z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umummilliy tavsifga ega, lekin har bir fan o'zining predmetidan kelib chiqib, o'zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiydir.

Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo'lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo'llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:

-Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog'liqlikda, ziddiyatda bo'lgan o'zaro ta'sir qilib turadigan turli bo'g'inlardan, bo'laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;

-Iqtisodiy hodisa va jarayonlarningkelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog'liqlik tomonlarini zamon va makonda ro'y berishi tan olinadi;

-Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o'zgarishlar to'plana borib, sifat jihatidan o'zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining o'ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:


Ilmiy abstraktsiya usuli – voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo'lgan ikkinchi darajali belgilari e'tibordanchetlashtirilib, o'rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e'tiborni qaratishdir.

Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu o'rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez – bu hodisa va jarayonlarni qismlarga bo'lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir.

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo'yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro'y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil qilinadi.

Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o'ringa ega. Iqtisodiy o'sishning keskin o'zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.

Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro'y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildirsa, deduktsiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko'rishni anglatadi.

Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo'lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O'zbekistonda ishsizlik 2003 yilda 0,5 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o'sishi o'tgan yilda yiliga 3,8foizdan oshmadi va h. K. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo'lishi kerakligi to'g'risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ishhaqining o'sishi narxlarning o'sish sur'atidan yuqori bo'lishi zarur va h. K.

Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub'ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi.

Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to'liq band qilish, inflyatsiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta'minlashorqali iqtisodiy o'sishga erishishmuammolari bu tahlil ob'ektidir. Qisqacha aytganda, makroiqtisodiy tahlilda milliy xo'jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo'jaligi o'rganiladi.

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o'lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o'zgaruvchi miqdorlar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rgazmali qilib tasvirlaydi.

Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro'y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o'z o'rniga ega bo'ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.

- Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o'lchamlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.

- Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o'zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me'yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.


Mavzu bo'yicha nazorat savollari.





  1. Iqtisodiyot nazariyasi – barcha iqtisodiy fanlarning metodologik asosi va davlatiqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi.



  1. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanini o'rganishning ahamiyati.




  1. Iqtisodiyot nazariyasi fani rivojida G'arbiy Evropadagi iqtisodiy g'oyalarning tutgan o'rni va roli.



  1. Ehtiyojlarning turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari.




  1. Iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag'larining doiraviy aylanish jarayoni va uning mohiyati.

Foydalanilgan chet el adabiyotlari.


1.Mc.Connell, Brue. Economics: Principles, Problems, and Policies. Title HB 171.5.M47.2008


1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 463-бет.



2 Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет.
Download 25,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish