1-ma’ruza Ip yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat o’tkazish usullari va uskunalari Reja



Download 74,71 Kb.
bet3/5
Sana11.04.2022
Hajmi74,71 Kb.
#542103
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза

Texnik nazoratning shakllari. Amaliyotda texnik nazoratning turli-tuman shakllari qo‘llaniladi. Bularning barchasini quyidagi alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin (1.1-rasm): 1) texnologik jarayonga ta’sir etuvchi xarakteri; 2) nazorat vositalarining turlari; 3) nazorat qilinayotgan ko‘rsatkichlarning xarakteri; 4) davriyligi; 5) ta’minlovchi va iste’molchiga nisbat; 6) nazorat ob’yektiga ta’siri. Xuddi ta’minlovchi va iste’molchi kabi qo‘llaniluvchi nazorat shakllariga to‘xtalib o‘tamiz.
Tayyor mahsulotning alohida to‘dasi, xom ashyo va qo‘shimcha materiallarning sifatini tekshirish qabuli qilishdagi nazorat deyiladi. Donali mahsulotlar ko‘rinishida tayyor mahsulot va to‘qimachilik polotnosi uchun uzluksiz qabul qilishdagi nazorat ishlatiladi.
Nazoratning boshlanish vaqtida yoki belgilangan jarayonning tugashidan keyin mahsulotni nazorat qilish jarayonli deyiladi. Uzluksiz jarayonli nazorat ishchilar tomonidan bajariladi va o‘z-o‘zini nazorat qilishni oladi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida tanlanma qabul qilish va jarayonli nazorat ishlatiladi, belgilangan ehtimollik bilan unchalik katta bo‘lmagan tanlash bo‘yicha material to‘dasi yoki xomaki mahsulotlarga baho beradi. Nazorat diagrammasi bo‘yicha berilgan ehtimollik bilan belgilashni amalga oshiradi, bunday materiallar sifat ko‘rsatkichlari va texnologik jarayon o‘lchamlarining og‘ishini tartibga keltirib borish lozim bo‘ladi. Nazorat diagrammasi bo‘yicha tayyor mahsulotlar uchun nazorat bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi alohida mashinalar yoki alohida guruhli mashinalarda o‘tkaziladi.
Texnik nazorat bo‘limi (TNB). Texnik nazorat bo‘limi (TNB)-korxonaning mustaqil strukturali qismi bo‘lib, korxonaning mahsulot sifatini boshqarish direktoriga va texnik nazorat bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysinadi.
Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘ini tayinlash va ishdan bo‘shatish yuqorida turuvchi tashkilot orqali amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo‘limining xizmatchilari texnik nazorat bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysinadi va o‘z ishida boshqa qismlarga bo‘ysinmaydi. Texnik nazorat bo‘limining tuzilishi va shtati korxonaning xarakteri va hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i direktori, bosh



1.1-rasm. Texnik nazoratning shakllari.

muxandis va mahsulot sifatini boshqarish boshlig‘i birgalikda (standartga mos kelmaydigan) jamlangan mahsulotlarning ishlab chiqarilishiga javobgardir.


Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i standartga mos kelmaydigan mahsulotlarni qabul qilish va topshirish ishlarini direktorni xabardor qilgan holda to‘xtatish huquqiga ega. Korxona direktori va texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida kelishmovchilik chiqadigan bo‘lsa, korxonaga tegishli bo‘lgan yuqorida turuvchi korxona rahbariyatining ruxsati bilan mahsulot sifatiga ruxsat etiladi.
Texnik nazorat bo‘limining boshlig‘i mahsulot sifatini noto‘g‘ri baholaganda va hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirganda javob beradi.
Bajarilgan barcha turdagi ishlar uchun texnik nazorat bo‘limining boshlig‘i sex boshliqlaridan kerakli joylarda nazoratchilar va nuqsonli mahsulot saqlanadigan tashkilotlar to‘g‘risida, mahsulot sifatini boshqarish yoki tashkilot direktoridan barcha zarur bo‘lgan nazorat jarayonlari rejasiga kiritilgan bo‘lishi yoki hamma shaxslar uchun korxona standartlari majburiy bo‘lishini talab qilish mumkin.
Texnik nazorat bo‘limining boshlig‘i tuzatilmagan, nosoz va davlat tekshirishidan o‘tmagan o‘lchash asboblarini qo‘llashni ta’qiqlaydi va bu haqida mahsulot sifatini boshqarish bo‘limi boshlig‘iga yoki bosh muhandisga xabar beradi.
U bosh muhandisga bo‘ysinadigan laboratoriyada xom ashyo, xomaki mahsulotlar, qo‘shimcha materiallar va tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun talab qilish huquqiga ega. Mahsulot sifatiga bog‘liq bo‘lgan texnik nazorat bo‘limining shartlari korxonaning barcha bo‘lim rahbarlari uchun tegishli bo‘lib, faqatgina direktorning yozma buyrug‘iga binoan e’tirof qilinishi mumkin.

Download 74,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish