Texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifalari. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning navi va sifatini aniqlash, hamda belgilangan hujjatlarda qayd etish;
- topshirilayotgan mahsulot hajmi qayd etiladi va nuqsonli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- xomaki mahsulotlarning asosiy sifat ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi;
- texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini va uskunalar holatini davriy tekshirish;
- ta’minlovchidan olinadigan xom ashyo va materiallarni nazorat qilish;
- mahsulot belgisi va Davlat sifat belgisi mavjud bo‘lganda, Davlat standartiga bog‘liq holda mahsulot qadoqlash va tamg‘alash;
- mahsulot, xom ashyo va qo‘shimcha materiallarni saqlash sharoitini nazorat qilish;
- nuqsonli yoki standart talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni hisobga olish, hosil bo‘lish sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar va texnikaviy shartlarni o‘z vaqtida yangi standartlar bilan almashtirib turilishini nazorat qilish;
- o‘lchash asbob-uskunalarining ishlashini nazorat qilish;
- namuna tanlash, sinov uslubi va hisob ishlari, hamda laboratoriya sinovlarining to‘g‘ri bajarilganligini uzluksiz ravishda nazorat qilib turish.
Belgilangan tadbirlarni bajarishga qaratilgan nazorat ishlarini o‘tkazish tartibi quyidagi nazorat rejasiga kiritiladi: 1) nazorat qilinayotgan sex; 2) nazorat qilinayotgan materiallar (ob’ektlar); 3) materiallarning nazorat qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari; 5) nazorat uchun mas’ul shaxs; 6) nazoratning davriyligi; 7) nazorat natijalarini sifatni boshqarish bo‘limi yoki korxona direktoriga ko‘rsatish.
Har bir o‘timlar bo‘yicha, ko‘pincha texnologik jarayonning borishi, ya’ni xom ashyodan tayyor mahsulotga aylantirish rejasi tuziladi. Texnik nazorat tizimini yaratishda teskari yo‘nalishda borish kerak bo‘ladi: tayyor mahsulot-xomaki mahsulotlar-xom ashyo. Shuning uchun nazoratning ikkita rejasini (qisqartirilgan va kengaytirilgan) ko‘rib chiqish kerak. Bunda va boshqasida tayyor mahsulotni bir xil qabul qilishdagi nazorati bo‘lib, iste’molchilar talabini qondirsin. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati me’yoriy ko‘rsatkichlarga mos kelsa, unda xomaki mahsulotlarni jarayonli nazorati qisqartirilgan reja bo‘yicha (katta oraliq vaqti orqali va barcha texnologik jarayonlar o‘timi bo‘yicha emas) o‘tkaziladi, natijada olinayotgan barcha ma’lumotlar texnologik jarayonlarning bir maromda ishlashining buzilishini va nazorat qilinayotgan o‘timlarda xomaki mahsulotlar sifatining yomonlashishini yetarli darajada aks ettirsin. Bu holda xom ashyoning sifat ko‘rsatkichi va tayyor mahsulot tuzilishi standartga mos kelmasa yoki past navli bo‘lsa, kengaytirilgan nazorat rejasiga o‘tiladi va mahsulot sifatining buzilish sabablari aniqlanadi, hamda yaxshilanish tomonga o‘tiladi.