Yangilik kiritishning sof raqobat bozori. Sof raqobat bozori sotuvchi va oluvchilarning shunday uyushmasiki, unda yuqoridagilar joriy baholarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat tushun-chasidan foydalanish bizni narxli, narxsiz, insofsiz va boshqa xil raqobat-larni ko‘rib chiqishdan ozod qiladi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlari subyektlari orasida eng foydali sohaga kapital qo‘yishni taqsimlash bozori, resurslar manbayi, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat-ning namunalari kabi sohalarda kurashishini o‘z ichiga oladi.
Oldin aytib o‘tganimizdek, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyati natijasi sifatida yangilik to yangilik kiritililishi va xalq ommasiga yangi tovarlarni, texnologiyalarni, xilma-xil xizmatlarni, yangi uslublarni va boshqalarni tan olinishida bo‘lgan jarayon vaqt va xarajatlar bilan bog‘liq.
Sof raqobat bozori bu jarayonda ikkilamchi pozitsiyada namoyon bo‘ladi, ya’ni ular o‘zlarida birlik va qarama qarshi tomonlarni kurashini ifoda etadi. Tashkilotning yangiliklar bozorida har xil formada qatnashishini aniqlovchi sharti bo‘lib ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat sohasiga va yan-gilikni kiritish jarayonini qayta tashkil etish yoki o‘qitishga sarflanadigan investitsiya hajmi hisoblanadi.
Kapital bozori. Rivojlanishni xohlamagan tashkilotni topish qiyin. Uy xo‘jaligiga mebel, videojihoz, avtomobil, gilamlar sotib olish yoki yangi-lash kerak. Korxonaga esa tashqi va ichki bozorlarda raqobat qila oladi-gan texnologiyalarni sotib olish, o‘zining mahsulotini taqsimlash uchun yangi bozorlarni topish, yangi yetkazib beruvchilar va iste’molchilar topish kerak bo‘ladi. Davlatga esa yangi xil qurol-yaroqlar, ekologik toza energi-yalar, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalar kerak bo‘ladi.
Jahon uyushmalari. Mars va boshqa sayyoralarni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslaridan qanday foydalanishning yo‘llari kerak. Zamonaviy taraqqiy etgan ilmlar va texnikalar bularning hammasiga bugunoq erishishga yo‘l qo‘yadi. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan ehtiyojlarning hammasini asosiy cheklanishi sifatida har xil turdagi (sizdali, aylanma, aksionerli, ven-churli, nizomli va boshqa) kapital namoyon bo‘ladi. Kapital bozori rivoj-lanishining asosiy mezonlarini 1.2-chizmada ko‘rsatib o‘tilgan. Innovat-siya sohasida aniqlovchi rolni uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsi-yalar o‘ynaydi. Innovatsion jarayon, odatda, o‘rtacha 3-5 yil va undan yuqori muddatlarda davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat sanoat siyosati konsepsiyasida quyidagi sanoatdagi investitsion siyosati muhim norma-larini qonuniy tartibda mustahkamlash ko‘rib chiqiladi:
Respublika budjetidan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar va notijorat xarakterga ega bo‘lgan obyektlar va shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq obyektlar qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirladi.
Boshqa xil markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tan-lov asosida amalga oshirilishi mumkin.
1.2-chizma. Innovatsion sohada kapital bozori.
Davlat resurslarini qaytarish sharti bilan berishni foydali shakllari bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yo‘li bilan investitsiyalash yoki chiqari-layotgan qimmatli qog‘ozlarga kafolat berish hisoblanadi. Investitsiyalar-ning umumiy ko‘rinishi o‘zida iqtisodiyotni har xil sohalariga foyda olish maqsadida uzoq muddatli vositalarni qo‘yishni namoyon etadi. Maxsus ada-biyotlarda investitsiyaning xilma-xil klassifikatsiyalashgan variantlarini ko‘rish mumkin. Ulardan biri 1.3-chizmada ko‘rsatilgan iqtisodiy mohiyat va in-vestitsiya maqsadiga ko‘ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsilarga bo‘linadi. Real investitsiyani tashkilotlar, korxonalar va boshqa xil uy xo‘jalik subyektlari yer, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish jarayonida amalga oshiradi. Moliyaviy investitsiyalar – bu uy xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning har xil elementlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishidir. Berilgan holatda biznesga kapital qimmatli qog‘ozlarga vosi-talarni investitsiyalash orqali keladi. Innovatsion soha o‘zida yangiliklar yaratuvchilar, investorlar, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqaruv-chilarni namoyon etadi. Mana shu yerda innovatsion jarayon tamom bo‘ladi.
1.3-chizma. Investitsiyalarni sanoatga jalb etish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |