Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi.
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. Favqulodda vaziyatlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tabiiy, texnogen va ekologik turlarga bo‘linsa, bunda zarar ko‘rgan odamlarsoni, moddiy zarar miqdori va ko‘lamlariga ko‘ra lokal, maxalliy, respublika va transchegara turlarga bo‘linadi.
Yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki)sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish. Yong’in yuzaga kelishining sabablari: olov va isitish qurilmalari bilan ehtiyotsiz muomalada bo’lish, yo’g’in xavfsizligi va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlatish qoidalariga amal qilmaslik, moddalar va materiallarning o’z-o’zidan yonib ketishi, statik elektr toki razryadi, momaqaldiroq razryadi, o’t qo’yish va boshqalar hisoblanadi.
Tahdid (ugroza) – haqiqatan mavjud, real xavf, zarar yetkazilishi mumkinligi. Xavfsizlikka tahdid – shaxsning, jamiyatning va davlatning hayitiy muhim manfaatlariga xavf kasb etadigan omillar va sharoitlar majmuidir. Xavfsizlikka tahdid xususiyati va u ifodalaydigan xavfga ko’ra tasniflanadi:
- faoliyat sohasiga ko’ra: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, harbiy, millatlararo munosabatlar sohasida, ekologik, demografik, texnologik, aqliy, axborot va boshqalar;
- tahdid manbaiga ko’ra: ichki (tahdid manbai mamlakat hududida), tashqi (tahdid mnbai chegaradan tashqarida joylashgan);
- inson faoliyatiga munosabatiga ko’ra: ob’ektiv (maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga bog’liq bo’lmagan holda shakllanadi), sub’ektiv (razvedka, qo’poruvchilik va boshqa faoliyat, uyushgan jinoyatchilik tomonidan ongli ravishda tashkil etiladi);
- amalga oshirish ehtimolligiga ko’ra: oshkor va yashirin;
- oqibatlariga ko’ra: yalpi (hamma joyda yoki sub’ektlarning ko’pchiligida aks etadigan), local (alohida sub’ektlarda), xususiy (alohida shaxslarga dahldor).
Tavakkal (risk) – xavfning amalga oshish ehtimolligi. Tavakkal – xavfga qarama-qarshi borishdir. Tavakkal –xavfning bo’lishi mumkinligi yoki baxtli yakun topishiga umid qilib tavakkaliga harakat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |