Geoinformatsion tizimlarning mavzuviy-muammoviy yo’naltirilganligiga ko’ra turlari:
umumgoegrafik tizimlar;
ekologik va tabiatshunoslik tizimlari;
ayrim soxalarga tegishli bo’lgan (suv resurslari, geologiya, o’rmon xo’jaliklari uchun, turizm va boshqalar) tizimlar.
Grafik ma’lumotlarni tashkillash usuliga ko’ra geoinformatsion tizimlar quyidagi turlarga bo’linadi:
vektorli geoinformatsion tizimlar;
rastrli geoinformatsion tizimlar;
vektor-rastrli geoinformatsion tizimlar.
Xozirgi davr dasturiy maxsulotlar bozorida taklif etilayotgan GIC tizimlarni kuyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:
1-jadval
GIC dasturiy vositalarining kategoriyalari
GIC kategoriyasi
|
Funktsiyalari
|
|
Atribut ma’lumotlarni kiritish
|
Fazoviy ma’lumotlarni kiritish
|
Ma’lumotlar bazasini yaratish
|
So’rovlar
|
Fazoviy taxli va modellashtirish
|
Instrumental GIClar
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Vьyuer GIClar
|
CHeklangan
|
CHeklangan
|
Mavjud emas
|
Mavjud
|
CHeklangan
|
Ma’lumotnoma kartografik tizimlar
|
CHeklangan
|
CHeklangan
|
Cheklangan
|
Mavjud
|
Mavjud emas
|
Kartografik tasvirlarni vektorlovchi tizimlar
|
CHeklangan
|
Mavjud
|
Cheklangan
|
Mavjud emas
|
Mavjud emas
|
Fazoviy modellashtirish vositalari
|
Mavjud
|
Mavjud emas
|
Cheklangan
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Zondli tekshirishlardan olingan ma’lumotlarni fayta ishlash vositalari
|
CHeklangan
|
Mavjud
|
Cheklangan
|
Mavjud
|
CHeklangan
|
Instrumental GIC – bu ma’lumotlarni kiritish, saqlash, murakkab so’rovlar, fazoviy taxlil qilish va mustaxkam nusxalarni chiqarish kabi nisbatan keng imkoniyatlarga ega bo’lgan tizimdir. Ko’plab yirik instrumental GIClar GIC – vьyuerlar sifatida kuzatiladi. Ular ma’lumotlarga kirish xuquqi bo’yicha oldindan kiritilgan va strukturalashtirilgan axborotlarni instrumental GIC ma’lumotlar bazasi yordamida shakllantirilgan axborot so’rovlarni amalga oshirishga imkon bergan xolda ko’rish uchun mo’ljallangan. Ko’pincha ular shakllangan kartografik planshetdan qattiq axborot tashuvchiga chiqarishni tashkillash uchun xizmat qiladi.
Rastrli kartografik tasvirlarni vektorlash qurilmalari. Fazoviy ma’lumotlarni skaner yordamida kiritish protseduralarini amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’lib, rastrli tasvirlarni vektorli axborotlarga o’zgartiruvchi avtomatik yoki yarim avtomatik vositalarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotnoma kartografik tizimlar. Funktsional imkoniyatlariga ko’ra GIC-vьyuerlarga yaqin, biroq qurilgan va uni to’ldirish yoki yangilash uchun minimal vositalarga ega bo’lgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo’ljallangan.
Fazoviy modellashtirishning ixtisoslashtirilgan vositalari. Bu sinfga fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlovchi, ammo birinchi navbatda xususiy masalalarni yechishga mo’ljallangan tizimlar; ifloslanish tarqalayotgan jarayonni modellashtirish, geologik xodisalar, relьef taxlili kiradi.
Masofaviy zondlash orqali olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va deshifrlash vositalari. Dasturiy vositalarning bu sinfi samolyot bortidan va sun’iy yo’ldoshdan olingn yer yuzining raqamli tasvirlarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |