1-ma’ruza. Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’G’ri chiziqli harakati



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#466717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-лекция



1-MA’RUZA.
FIZIKA FANI HAQIDA. MODDIY NUQTANING TO’G’RI CHIZIQLI HARAKATI 
Reja: 
1.
Kirish. 
2.
Fizikaning rivojlanish tarixidan 
ma’lumotlar. 
3.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan 
bog’liqligi. 
4.
Fizik kattaliklar va ularning o’lcham 
birligi. 
5.
Mexanikaviy harakat. 
6.
Materiya, moddiy nuqta, vaqt, fazo 
tushunchasi, sanoq sistemasi. 
7.
Moddiy nuqta kinematikasi: tezlik, 
tezlanish va yo’l. 
8.
Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli ha’rakati. 
Kirish so’zi 
Ma’lumki, Fizikani o’qitishdan ikki hil maqsad ko’zlanadi: 
1)
tabiatning fundamental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirish, o’quvchilarning ilmiy dunyoqarash va 
falsafiy mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish, tehnikada va turmushda foydalanilayotgan 
uskuna va vositalarning ishlash printsipi asosida yotuvchi fizik jarayonlar haqida tasavvurlarni 
shakllantirish;
2)
ta’lim olishni davom ettirish, bilimlarini chuqurlashtirish va ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun
mustahkam zamin yaratish. 
Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning 
hossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o’rganadigan fandir. 
Fizika so’zi yunoncha «phusis»-tabiat so’zidan olingan bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik 
bilimlarining asosida yotadi. shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy 
materiallarning ko’payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi 
natijasida, tabiat falsafasidan- astronomiya, himiya, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan 
fizika ham ajralib chiqqan. sHuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo’lib 
vaqt o’tishi bilan, o’zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas 
bog’lanish mavjudligini ko’rsatdi. Buning natijasi sifatida esa –astrofizika, fizikaviy himiya, biofizika, 
geofizika kabi fanlar vujudga keladi. 
Fizikaning qonunlari ma’lumotlarga asoslangan bo’lib, asosan tajribalarda o’rnatilgan va matematik 
tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi. 
O’rganiladigan material harakatlari, shakllari va ob’ektlarning ko’p qirraliligiga asosan fizika bir qator 
qismlarga bo’linadi: 
1.
Atom va molekulyar fizika; 
2.
Gaz va suyuqliklar fizikasi; 
3.
Qattiq jismlar fizikasi; 
4.
Plazma fizikasi; 
5.
Elementar zarrachalar fizikasi; 
6.
Yadro fizikasi. 
Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo’limlarga bo’linadi: 

Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi

Termodinamika va statistika; 

Elektrodinamika; 

Optika; 



Gravitatsiya; 

Kvant mexanikasi; 

Maydonning kvant nazariyasi; 

Tebranish va to’lqinlar; 

Amaliy optika. 
Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning tehnikaviy darajasiga tasir ko’rsatadi. 
Fizikada kashfiyotlar amalga oshirilgandan so’ng, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan 
shug’ullanuvchi mutahassislar maydonga chiqishadi va fizika bilan chambarchas bog’langan yangi fanlar 
vujudga keladi. 
XIX asrning ohiri va XX asrning boshida elektromagnit hodisalarga bog’liq ko’plab jarayonlar, kashf 
etildi. L.Galvani (1737-1798) va A.Volta (1745-1827) lar tomonidan tok manbalari-galvanik elementlarining, 
M.Faradey (1791-1867) tomonidan elektromagnit induktsiya hodisasining, A Popov(1857-1906) tomonidan 
radioning kashf qilinishi, nemis fizigi G.Gerts (1857-1894) tomonidan elektromagnit to’lqinlar 
mavjudligining isbotlanishi elektrotehnika, radiotehnikaning rivojlanishiga olib keldi. 
Shuningdek atom va yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar atom energiyasidan foydalanish 
imkoniyatlarini yaratdi. Hozirgi paytda ko’plab atom elektr stantsiyalari, atom energiyasida ishlovchi 
muzyorar va suv osti kemalari ishlab turibdi. 
Yarim o’tkazgichlarning kashf qilinishi radio va elektron hisoblash tehnikasida inqilobiy o’zgarishlarni 
amalga oshirdi. Zamonaviy televizorlar, magnitafonlar, kompyuterlar va boshqa vositalarning yaratilishiga 
asos bo’lib hizmat qildi. Kosmosning o’zlashtirilishi va undan amalda foydalanish esa dunyoning istalgan 
chekkasidan uzatilayotgan radio va televizion eshittirishlarni qabul qilish, simsiz so’zlashuv vositalarini 
yaratish imkonini vujudga keltirdi. 
Yarim o’tkazgichli foto elementlarning yaratilishi suniy yo’ldoshlarni energiya bilan taminlashga, 
qo’yosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib ekologik toza energiya olishga imkon yaratdi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish