Nazorat operatsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
jarayon natijalarini berilgan talab bilan taqqoslash operatsiyasi;
jarayon borishini himoyalash operatsiyasi (avariya holatida). Nazorat qilinadigan kattaliklarga masalan, uzunlik, massa, hajm,
harorat va bosimni kiritish mumkin. Har bir kattalik aniq qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Texnologik kattalikni o‘lchash orqali texnologik jarayon qaysi tomonga oqayotganiligini aniqlash mumkin.
Texnologik kattaliklarni qiymati berilgan qiymatdan o‘zgarishi olinadigan mahsulotni sifat va son ko‘rsatkichini o‘zgarishiga olib ke-ladi. Texnologik jarayonni borishi va natijada olinadigan mahsulot ko‘rsatkichlarini aniqlash nazorat orqali amalga oshiriladi. Masalan, texnologik jarayonni to‘g‘ri borishi hamda ishlov berish jarayonida ko‘pgina moddalarni holati bosimga bog‘liqdir. Bosimni o‘zgarishiga qarab, texnologik jarayonda qatnashuvchi gaz, bug‘ va suyuqliklarni son ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Bug‘ qozonidagi bug‘ning bosimi qurilmalarni xavfsiz ishlashini ta’minlab, qolmasdan, qozon pechiga berilayotgan issiqlikni avtomatik rostlash uchun ham asosiy texnologik kattalik bo‘lib hisoblanadi.
Bosimni avtomatik nazorat qilish presslash, bug‘latish, uzluksiz ishlov berish jarayonlarida olib boriladi.
Oziq- ovqatsanoatitexnologikjarayonlaridao‘zvaqtidaharoratninazoratqilishchiqariladiganmahsulotnisifatigata’sirko‘rsatadi. Ma-salan, taralarni yuvish, tomat mahsulotlarini vakuum apparatida qaynatish va hokazo.
Ko‘pgina uzluksiz jarayonlar har xil materiallarni keyingi ishlov berish uchun jihozlarda yig‘ish bilan olib boriladi.
Shuning uchun yig‘ilgan materiallarni o‘z vaqtida nazorat qil-maslik texnologik jarayonni buzilishiga olib keladi.
Materiallarni hisobga olishni eng tarqalgan usuli sathni o‘lchashdir. Masalan, har xil qabul qiluvchi bunkerlarda, sig‘imlarda, achitish apparatlarida, qaynatish qozonlarida, baklarda, vakuum - bug‘latish qurilmalarda va hokazo.
Moddalarning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi bilan (masalan, uzum sharbatini rangi va tiniqligi, tomat mahsulotini konsentratsiyasi, xonani nisbiy namligi, melassani konsentratsiyasi) jarayon natijasida olinadigan mahsulotni sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash kerak bo‘ladi.
Oziq-ovqat sanoatini kompleks avtomatlatirishda konsentratsiya, qovushqoqlik, namlik, pH-muhit va boshqa kattaliklarni o‘z vaqtida o‘lchash texnologik jarayonlarni optimal kechishini zaruriy shartlari-dan biridir.
Ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik quvurlarida bug‘, siqil-gan havo, gaz va achitqilarini sarf va miqdorini o‘lchash uchun ishlati-ladigan sarf hamda miqdor o‘lchagichlar ishlab chiqarishni avtomat-lashtirish omillaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |