1-Ma'ruza Fanga kirish, fanning predmeti, o’qitish maqsadi va vazifasi. Reja Fanning prelmeti



Download 5,58 Mb.
bet109/116
Sana04.04.2022
Hajmi5,58 Mb.
#528210
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
Bog'liq
Maruzalar (2)

Asosiy metrologik tushunchalar
Texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va rostlash mahsulot sifatini va obyektning texnologik kattaliklarini maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi va shuningdek, energiya hamda mod-diy resurslarning miqdor o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ko‘p sonli o‘lchov axborotlariga ishlov berish asosida olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayonlari borishida texnologik kattalik (harorat, bosim, og‘irlik, zichlik, namlik, mexanik ko‘chish, kuchlanish, tezlik va boshqalar) o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot o‘lchov asboblari yordamida olinadi. Shu tufayli avtomatlashtirishda o‘lchash usullari, texnik vositalar va o‘lchash texnikasi to‘g‘risidagi qonunlarga amal qilib, o‘lchash aniqliklarini oshirishga katta e’tibor beriladi.

Texnologik jarayon kattaliklarini o‘lchash uning qay darajada borishi to‘g‘risida to‘la ma’lumot olish imkonini beradi. Bu ma’lumot va kattaliklarning o‘zgarishi esa o‘lchov asboblari yordamida olindi.

O‘lchash vositalari, usullari va o‘lchov birliklari haqidagi fanga metrologiya deyiladi.

Belgilangan metrologik tavsifga ega bo‘lib, o‘lchashda qo‘llaniladigan texnik vositalar - o‘lchash vositalari deyiladi.

Namunaviy sifatida tasdiqlanib, boshqa o‘lchash vositalarini tek-shirish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositalari - namunaviy o‘lchash vositalari deyiladi.

O‘lchash o‘zgartgichlari, o‘lchash asboblari, o‘lchov qurilmalari va o‘lchash sistemalari - o‘lchash vositalarining asosiy turlari hisobla-nadi. Standart namunalar va namunaviy narsalar - o‘lchov hisoblanib, u aynan belgilangan jism yoki narsaning bo‘lagidir. Bu narsalarning xususiyatlaridan biri shuki, ular aniq sharoitlarda ma’lum kattalik hisoblanadi.

Masalan: qattiqlik namunasi, namunaviy narsalar KSI, NaCI va boshqalar.

O‘lchanadigan kattalik o‘lchov birliklari bilan solishtiriladi. O‘l-chov birliklari asosiy, hosilali, kogerent, butun va kasrli turlariga bo‘linadi.

Asosiy birliklar boshqa qiymatlarga bog‘liq bo‘lmasdan o‘rnati-ladi. Masalan, metr, kilogramm va boshqalar.

Hosilali birliklar - fizik kattaliklarni boshqa birliklar sistemasini tenglamalar orqali aniqlashda hosil bo‘lgan birliklar (masalan, 1 m2G`s - SI sistemasida).

Kogorent birliklar - boshqa birliklar bilan tenglamalar sistemasi orqali bog‘langan bo‘lib, ularni sonli koeffitsenti birlik deb qabul qilingan birliklar (masalan, tezlik birligi - mG`s) ifodalanadi.

Butun va kasrli birliklar-asosiy va hosilali birliklarini aniq 10 sonini darajasiga ko‘paytirish yoki bo‘lish orqali hosil bo‘ladigan birliklar. Bu birliklarni nomi asosiy birlik nomiga maxsus qo‘shimcha qo‘shish orqali aytiladi (masalan, «kilo» - berilgan birlikdan 103 mar-ta katta, «gekto» - 102 marta katta, «kanti» - 10 marta kichik va ho-kazo).Aniq birliklar sohasini qamrab olgan birliklar to‘plamiga birliklar sistemasi deb ataladi. Fan va texnikani rivojlanishi natijasida quyidagi birliklar sistemasi vujudga keldi: SGS, MKS, MTS, MKGSS va bosh-qalar.


O‘lchash sohasini unifikatsiyalash uchun xalqaro kogerent birlik-lar sistemasi - SI ishlab chiqildi. Ushbu sistemaga ko‘ra, asosiy birlik bo‘lib metr - m - uzunlik birligi, kilogramm - kg - og‘irlik birligi, se-kund - s - vaqt birligi, amper - A - elektr tokini birligi, kel'vin - 0K - harorat birligi va boshqalar.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish