Hozirgi paytga kelib o‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining yig‘indisi 12,0 mln. kVt dan ortiqroq bo‘lgan 37 issiqlik va gidroelektr stansiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik elektr stansiyalari, shu jumladan, Sirdaryo (3,0 mln. kVt), Yangi-Angren (2,1 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi (1.3- rasm). Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Birlik quvvati Markaziy Osiyoda eng katta 800 ming kVt bo‘lgan Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasi mustaqillik yillarida ishga tushirilib, uni yanada kengaytirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda ishlayotgan issiqlik elektr stansiyalari va ularning o‘rnatilgan quvvatlari haqida ma’lumotlar 1.2- jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |