Elektr ta’minot sharoitlari
Elektr uzatish tarmog’ida sutka davomida yuklanish notekis bo’lib, elektr energiya sifatini pasayishiga olib keladi. Bir fazali istemolchilarning ko’pligi fazalar nosimmetriyasiga olib keladi. Nochiziqli elementlarning qo’llanilishi esa (yarim o’tkazgichlar texnikasi) tarmoqda yuqori garmonikali tok va kuchlanishlarni yuzaga keltiradi va elektr energiya sifatini pasaytiradi.
Xozirda rivojlangan agrar, tadbirkorlik va xususiy korxonalar elektr ta’minot tizimlari yirik sanoat elektr ta’minotidan farq qilib, ko’proq ochiq elektr uzatish tarmoqlariga ega. Qishloq istemolchilari tarqoq joylashgan va turli xil masofalarga elektr uzatish tarmoq (EUT) lari tortilgan: Kuchlanishi U = 10 kV da – 50 km gacha; U = 0,4 kV da – 700 m gacha.
Elektr energiyasining sifati quydagi ko’rsatgichlar bilan xarakterlanadi.
Standart bo’yicha quyidagi elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlari belgilangan. CHastotaning og’ishi, chastotaning o’zgarishi, kuchlanishning og’ishi, kuchlanishning o’zgarishi.
O’zgaruvchan tok kuchlanishi o’zgarishi ko’rinishining nosinusoidalligi. – YUqori garmonik kuchlanishlarning ta’sir etuvchi qiymatining asosiy kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatiga nisbati. Bu nisbat 0,05 dan kam bo’lishi kerak.
Kuchlanish neytralining siljishi, nolli ketma-ketlik kuchlanishning asosiy faza kuchlanishi qiymatga nisbati quyidagicha bo’ladi:
(2.1)
Kuchlanishlar nosimetriyasi – asosiy va teskari kuchlanishlar nisbati quyidagicha bo’ladi:
, (2.2)
bunda:
YUqorida ko’rsatilgan kattaliklardan asosiy sifat ko’rsatkichi bo’lib kuchlanishning og’ishi hisoblanadi, chunki bu kattalik turli sharoitlarda va ko’pchilik holatlarda me’yoriy qiymatlariga to’g’ri kelmaydi.
Kuchlanish o’zgarishining elektr energiya sifat ko’rsatkichlariga ta’siri uning miqdoriga o’zgarish tomoniga (+, –), davomiyligiga va elektr iste’molchi turiga bog’liq bo’ladi. Ayniqsa elektr yoritish vositalari kuchlanishning o’zgarishiga sezgir bo’ladi. Lampalarning yorug’lik oqimi – F va xizmat muddati – D kuchlanishning og’ishi bilan quyidagicha bog’langan:
; (2.3)
bu yerda lampa ko’rsatkichlari kuchlanishning ortishi ayniqsa chug’lanma lampalar uchun xavfli, masalan bo’lsa lampa xizmat muddati 5 marta kamayadi, yoki da ni tashkil qiladi.Bu holatlarda kuchlanishni rostlovchi vositalar qo’llaniladi.
Elektr qizdirish vositalari ham kuchlanish og’ishiga sezgir bo’ladi, ya’ni ularning quvvati kuchlanish kvadratiga proportsional bo’ldi. Xuddi lampalardagidek elektr qizdirish vositalarida kuchlanishning oshishi xizmat muddatini kamaytiradi, kuchlanishning pasayishi esa ish unumini kamaytiradi.
Elektr motorlarning barcha ko’rsatkichlari tarmoq kuchlanishiga bog’liq bo’ladi. Ayniqsa asinxron motorning aylantirish momentiga kuchlanish o’zgarishi salbiy ta’sir kursatadi. Motor bu holda ko’proq qiziydi va xizmat muddati kamayadi. Masalan bo’lganda aylantiruvchi moment 19%ga pasayadi. Ayniqsa kuchlanishning pasayishi motorni ishga tushirish rejimlarini qiyinlashtiradi, yoki ishlab turgan motorni to’xtab qolishiga olib keladi. Kuchlanishning pasayishi yetarli darajada bo’lsa, elektr motor ishga tusha olishiga tekshirib ko’riladi. Kuchlanishning o’zgarishi elektr motor tokini va undagi quvvat yo’qolishini o’zgarishiga olib keladi. Salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi kuchlanishga teskari reaktiv tashkil etuvchisi esa to’g’ri proportsional o’zgaradi, natijaviy tok esa ikkala holatda ham ( va ) ortadi, tokning eng kam qiymati nominal kuchlanishda bo’ladi. Elektr motorlar uchun odatda deb belgilangan. Past yoki yuqori kuchlanishda motor qizib ishlaydi va uning izolyatsiyasi tez eskiradi, xizmat muddati kamayadi. Elektr motor izolyatsiyasining xizmat muddati kuchlanish bilan quyidagicha bog’langan. , β-yuklanish koeffitsiyenti.
Kuchlanish nosimmetriyasi elektr motorlarda teskari , to’g’ri va neytral kuchlanishlarni yuzaga keltiradi. Fazalarda turlicha kuchlanishlar bo’ladi va ularning qizishiga olib keladi. Bularning oldini olish uchun, odatda sifatsiz kuchlanish bo’lganda, elektr motorlar yuklanishini 5-10% ga kamaytiriladi.
Eelektr jixozlarining texnik ishlatilishining o’ziga xos tomonlari ularning foydalanish sharoitlarini og’irligidan kelib chiqadi. Bu yerda texnik tadbirlar o’z vaqtida, barcha omillarni hisobga olgan holda o’tkazilishi kerak. Lekin elektroxo’jalik xizmat xodimlarining yetarli malakaga ega bo’lmaganligi, ehtiyot qismlar yetishmasligi, zarur diagnostika, tekshirish-sinov asboblarni yetarli emasligi, transport va yo’llarning nosozliklari bu tadbirlarni yuqori texnik saviyada o’tkazish imkoniyatini chegaralaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |