Elektr jixozlarining ko’rsatkichlari.
Elektr jixozning u yoki bu ishlatish talablariga javob bera oladiganligini ko’rsatuvchi sifat xossalari va ko’rsatkichlari ish ko’rsatkichlar (IK) deyiladi. Ular xossalariga ko’ra nominal, ishchi, yakuniy bulish mumkin.
Nominal ko’rstakichlar bu elektr jixozning yasalgan (tayyorlangan) zavoda, pasportida ko’rsatilgan ko’rsatkichlaridir. Bu ko’rsatkichlar sinab ko’rib, jixozning konstruktiv ishlanishidan kelib aniqlanadi.
Ishchi ko’rsatkichlari – elektr jixozning ma’lum bir ish sharoitida ishlatish qilinayotganligida ko’rsatgan kattaliklaridir.
YAkuniy ko’rsatkchilar – bu elektr jixozning ma’lum bir mavsum yoki ishlatish muddatlaridagi o’rtacha ko’rsatkichlaridir.
Ishonchlilik – berilgan rejim va ishlatish sharoitlarida elektr jixozning o’z nominal (ish) ko’rsatkichlarini saqlab, texnologik jarayonda o’z funktsiyasini bajarish qobiliyatidir.
Ishonchlilik holatiga qarab elektr jixoz quyidagicha bo’lishi mumkin.
Soz holatda – barcha ish ko’rsatkichlari konstruktsiyasidan kelib chiqib belgilangan nominal ko’rsatkichlariga mos bo’ladi.
Nosoz holatda – biror ko’rsatkichi nominal ko’rsatkichlariga mos kelmagan. Ish bajara oladigan holatda – biror vazifani bajarishi uchun zarur ko’rstakichlari mos keladi. Ish bajara olmaydigan holatda – ish bajara oladigan holatning biror ko’rsatkichi mos emas. Jixoz ish bajara oladigan, lekin nosoz bo’lsa u zararlangan deyiladi. Jixoz ish bajara olmaydigan holatda bo’lsa, u to’xtab qolgan bo’ladi.
Jixozdagi nosozlik yo’qotila olinsa, u tuzatishga yaroqli, aks holda tuzatishga yaroqsiz deyiladi. Elektr jixozning soatlarda yoki yillarda ko’rsatilgan ish vaqti uning resursi deyiladi. Elektr jixozning ma’lum bir muddatda o’z ishchi holatini saqlab, texnologik jarayonda ish bajara olishi to’xtamay ishlashi bilan xarakterlanadi.
CHidamlilik – elektr jixozning konstruktsiyasi imkoniyatlari darajasida ta’mirgacha ishchi holatini saqlay olish qobiliyatiga aytiladi; u xizmat muddati va resursi bilan xarakterlanadi. Xizmat muddati – elektr jixozning konstruktsiyasi yo’l qo’yganicha ishlatilish vaqti. Resurs–emirilishigacha mumkin bo’lgan ishchi muolajalar soni yoki bajarishi mumkin ish hajmi.
Elektr jixozning yemirilish holati (yoki ta’mir holati) uning texnik va iqtisodiy mezonlari bilan xarakterlanadi. Texnik mezonlari bu elektr jixozning konstruktiv yemirilish ko’rsatkichlaridir (zazorlar, kontakt yuzalari, izolyatsiya holati va boshqalar). Iqtisodiy mezoni keltirilgan harajatlar miqdori bilan baholanadi.
(1.1)
bu yerda Z-keltirilgan xarajat; -kapital mablag’larni qoplanish me’yoriy koeffitsiyenti, K-kapital xarajatlar;
I-ishlatish xarajatlari.
Ko’pincha elektr jixozning ishlatish sharoitiga qarab uning ekspluatatsion ishonchliligi konstruktiv ishonchliligidan farq qilishi mumkin. Elektr jixozning ishonchli ishlashini baholashda uning to’xtab qolishlari soni muhim o’rin tutadi. Bu kattalik ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ega, bundan tashqari elektr jixozning to’xtab qolishining konstruktiv, ishlab chiqarish va ishlatishviy sabablari bo’lishi mumkin. Konstruktiv sabablari loyihalashtirishda yo’l qo’yilgan xatolardan kelib chiqadi (zapas koeffitsiyenti kamaygan, material notug’ri tanlangan, standart buzilgan va h.k.). Ishlab chiqarish sabablari elektr jixozni yasashda yo’l qo’yilgan xatoliklardan kelib chiqadi. Bu nosozliklar va to’xtab qolish sabablari dastlabki sinovlar va tekshirishlarda yuzaga chiqadi. Ishlatish davridagi to’xtab qolishlar elektr jixozning ishlatilishi qoidalarining buzilishi, elektr xizmat xodimlarining malakasini pactligi, jihozning tabiiy eskirishi oqibatida yuzaga keladi.
Har bir elektr jixozning to’xtab qolishi u yoki bu ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida asosida bo’lishi mumkin (1.3-rasm). Masalan asinxron elektr motorda izolyatsiyaning namlanishi (-25%), to’liqsiz fazada qolishi (-20%), ortiqcha yuklanishi (-20%), rotor tormozlanib qolgan bo’lishi (15%) va boshqa sabablar (-20%) uning to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. To’xtashlarning sabalari yana elektr jixozning ishlatilish sharoitiga ham bog’liq bo’ladi.
1.3-rasm. Elektr jixozlarning to’xtab qolish sabablari.
To’xtab qolishlar yuzaga kelish xarakteriga ko’ra qReja
Elektr jixozlarni tanlash asoslari.
Elektr jixozlarni elektr kattaliklar bo’yicha tanlash.
Elektr jixozlarning ish rejimlarini optimallashtirish.
qisdan yuzaga keluvchi va sekin-asta yuzaga keluvchi bo’lishi mumkin. Agar elektr jixoz konstruktiv nosozlikka ega bo’lsa, xizmat ko’rsatuvchi xodim qo’pol xatoga yo’l qo’ysa, ish rejimi to’satdan o’zgarsa, u o’z holatini tez o’zgartiradi va qo’qqisdan to’xtab qoladi. Ishlatish davomda elektr jixozning qismlari sekin-asta eskira boradi va uning ishdan chiqishiga olib keladi (1.4-rasm).
|
|
|
1.4-rasm. Ishlatish davrida qo’qqisdan (a), sekin asta (b) va jami (v) to’xtab qolishlar intensivligining o’zgarishi.
|
Profilaktik sinov va tekshirishlar eskirgan qismlarni o’z vaqtida almashtirish bunday to’xtab qolishlarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |