Maishiy uy-ro’zg’or elektr jixozlarining ishlatilishi.
Zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlari va uy ro’zg’or xo’jaliklari yirik elektr energiya iste’molchisi bo’lib qolmokda, 30 % ga yaqin elektr energiyasi ularga to’g’ri keladi. Elektr jixozlari va asboblari yoritish, ovqat pishirish, suv qaynatish, binolarni isitish, turli elektr maishiy mashinalarida ishlatilmokda. Ular aholi turar joy binolarida, oshxonalar, bolalar bog’chasi, klublar, magazinlar, pochta bo’limlarida, shifoxonalarda ishlab turibdi. Bunday elektr jixozlar ro’yhatiga quyidagilar kiritilishi mumkin: SPO, va boshqa tipli cho’g’lanma lampali yoritgichlar, SKL, SKZL tipli lyuminestsent lampali yoritkichlar, DRL, DNAT tipli yuqori bosimli lampali yoritgichlar va projektorlar, elektr qizdirish asboblari (plitkalar, kaloriferlar, kaminlar, suv qizdirgichlar va boshqalar), kirish-taqsimlash qurilmalari va taqsimlash щitlari (VRU, SHV, SHE, SHS – 1M va boshqa tipli), elektr o’tkazgich simlar, sovitgichlar va muzxonalar, konditsionerlar, changyutkichlar, kir yuvish mashinalari, tele-radio apparatlari, kompyuterlar.
Elektr maishiy qurilmalarning texnik xizmati 3-6 oyda 1 marta foydalanilayotgan joyida o’rnatiladi. Bunda quyidagilar bajariladi: yoritgichlar va elektr qizdirish qurilmalarining TXK va joriy ta’mir tadbirlari yuqorida ko’rib o’tilgan edi. Elektr plitkalar uchun elektr tarmog’i shtepsel vilkasidan bilan korpus orasida elektr izolyatsiya tekshiriladi, korpusi bilan yerga ulangan tarmoq orasida potentsial yo’qligi o’lchab ko’riladi. Quvvat regulyatorlari ishi tekshiriladi, shkaflar va taqsimlash щitlari uchun – chang va iflosliklardan tozalash, yerga ulanish konturining sozligi tekshiriladi, kontakt ulanishlari va mahkamlanish joylari mahkamlanadi. Izolyatsiyalovchi elementlari almashtiriladi.
Joriy ta’mir bir yilda bir bor bajariladi. Ta’mir amallari murakkabligiga qarab qurilmalarni o’rnatilgan joyida yoki xo’jalikning elektr ustaxonasida bajariladi. Tipaviy ishlar hajmiga: tashqi qismini tozalash, qismlarga ajratish, simlarni detallarini tozalash, yuvish, nosoz elementlarni tuzatish yoki almashtirish, qurilmani yig’ish, ishlatib ko’rish. Ish joyiga o’rnatib ishga tushirish.
Elektr maishiy jihozlarning ta’miri bilan elektr maishiy xizmat ko’rsatish ustaxonalari shug’ullanadi. Ular aholidan tushgan buyurtmalar bo’yicha xonadonlarda o’rnatilgan joyda ta’mir tadbirlarini bajaradilar. Elektr maishiy jihozlarning nomenklaturasining ko’payishi bilan ularga xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida profilaktik xizmat ko’rsatish joriy etilmoqda. Bunda qimmatbaho jihozlarning nosoz elementlarini almashtirib yoki tuzatib ishonchli soz ishlash muddatlarini oshirish mumkin, ulardan samaraliroq foydalanish mumkin. Ta’mir bazalarida barcha elektr maishiy jihozlar uchun ehtiyot qismlar zapasiga ega bo’lish kerak. Elektr maishiy jihozlarga abonentli profilaktik xizmat ko’rsatish tizimi 2 xil tadbirlarni o’z ichiga oladi: texnik xizmat ko’rsatish (ko’rik, rostlash, moylash, diagnostika), nosozliklarini topish, yeyilayotgan detallarni almashtirish, ishdan chiqqan detal va qismlarni tuzatish va almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |