Qayta qo 'llanish imkoniyati. Quruvchi uy qurishga kirishar ekan, har gal g'ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani yaratishda har gal rezistorlarning yangi turini o'ylab topmaydi. Unda nima uchun dasturchi «g'ildirak ixtiro qilaverishi kerak?» Masala o'z yechimini topgan ekan, bu yechimdan ko'p martalab foydalanish lozim. Malakali ishlab chiqilgan obyektga yo’naltirilgan sinflarni bemalol takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi, obyektlarni ham turli dasturlarda takroran qo'llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o'laroq, OYD mavjud obyektlarni kengaytirish uchun vorislikdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |