S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgining nusxasini oladi. Misol: S:=’Toshkent’; p:=Copy(S,4,4); Javob: p=’kent’.
Standart protseduralar
|
DELETE(S,N1,N2)
|
S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgisini olib tashlaydi. Misol: S:=’Toshkent’; p:=Delete(S,4,4); Javob: p=’Tosh’.
|
INSERT(S1,S,N)
|
S satrga N-o‘rindan boshlab S1 satrni joylashtiradi
|
Str(I; Var S:String)
|
I raqamni simvolga o`tkazish (I-ifoda yoki o`zgaruvchi)
|
Val(S:String; Var P:Integer)
|
S simvolni raqamga o`tkazish (P-o`zgaruvchi);
|
VAL(S,A,C)
|
A sonli o‘zgaruvchining qiymati S satrli o‘zgaruvchining son ko‘rinishidagi ifodasiga, c esa nolga teng bo‘ladi (agar berilgan satrni son ko‘rinishida ifodalab bo‘lmasa, A ning qiymati nolga teng bo‘ladi, C ning qiymati esa noldan farqli bo‘ladi)
|
|
|
Shuni ta’kidlash joizki, dasturda ishlatilgan funksiyalarning qiymati biror o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi, protseduralar ishlatilganda esa o‘zlashtirish operatorisiz yoziladi. Endi sodda misollarni ko‘rib chiqamiz:
a:=‘Sog`lom tanda ‘, b:=‘sog` aql.‘ bo‘lsa, c:=Concat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati ‘Sog`lom tanda sog` aql.‘ ga teng. Lekin c:=Concat(a,b);o‘rniga c:=a+b; deb yozish mumkinligini avval ko‘rilgan edi.
a:=‘informatika‘ bo‘lsa, n:=Length(a);operatori bajarilganda n ning qiymati 11 ga teng bo‘ladi, bu vazifani n:=Ord(a[0]) ham bajaradi.
a:=Pos(‘m‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘ma‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda hama ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘sn‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 0 ga,a:=Pos(‘v‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda esa, a ning qiymati 0 ga teng bo‘ladi teng bo‘ladi.
a:=Copy(‘informatika‘,3,5); operatori bajarilsa, a ning qiymati ‘forma‘ so‘ziga teng bo‘ladi.
a:=‘bajarilmadi‘ bo‘lsa, Delete(a,8,2); protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarildi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: ( a:=‘bajarilmadi‘ → Delete(a,8,2); → ‘bajarilmadi‘ → a:=‘bajarildi‘ )
a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘bo‘lsa, Insert(b,a,8); protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarilmadi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
(a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘ → Insert(b,a,8); → ‘bajaril‘+‘ma‘+‘di‘ → a:=‘bajarilmadi‘)
a:=765 bo‘lsa, Str(a,s); protsedurasi bajarilgach, s:=‘765‘ bo‘ladi.
s:=‘123‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a:=123 va c:=0 bo‘ladi; s:=‘34BMA5‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a:= 0 va c ≠ 0 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |