Delphi 8 (for.NET). Bu versiya 2003 yildan boshlab loyihalashtirilgan va 2004 yil boshlarida sinovga chiqarilgan. 8-versiya oldingilariga qaraganda o’ta quvvatli hamda universallik darajasining yuqoriligi bilan farq qiladi. Unga juda katta o’zgarishlar kiritildi. Delphi 8 versiya Windows.NET strukturasi bo’yicha ishlaydi. Ushbu versiya VCL formalar, Windows formalar, ASP.NET(Active Server Page), Web formalar, Web servislar, ADO.NET va hokozolarni o’zida mujassamlashtirgan.
Delphi 2005. Delphi 2005 dan boshlab Delphining qolgan barcha versiyalar chiqqan yili bilan nomlana boshlandi. Delphi 2005 da .NET ni kerakli o’zgarishlar bilan ishlatish yoki ishlatmaslik mumkin. Bular Delphi 2005 ni Delphi 7 dan asoiy farqi bo’lib, unda .NET dan foydalanishning imkoniyati mavjud emas edi. Chunki o’rnatish vaqtida kerakli modullar ishlamay qolar edi. Delphi 8 da esa bu texnologiyadan foydalanilmaydi. Delphi 2005 ning yana bir hususiyati shundaki, u o’zini-o’zi va alohida modul dasturlarini tekshiruvdan o’tkaza oladi.
Delphi 2006. Bu versiya Borland Developer Studio (BDS) mahsulotlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu kompaniya tomonidan Delphi 2006, Delphi .NET, C++Builder 2006 va C# Builder 2006 lar ishlab chiqarilgan. Bu versiya asosan Windows uchun dasturiy ta’minotlarning ishlatilishini va Win.32 ning .NET da ishlashini osonlashtiradi.
Turbo Delphi. Bu versiya haqida ma’lumot birinchi marta 2006 yilda berilgan. Bu dasturlash muhiti talaba, foydalanuvchilar va dasturchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, qolgan versiyalardan asosiy farqi unda tekin Turbo Delphi Explover versiyasi mavjuddir. Uning 2 xil turi mavjud:
Turbo Delphi for Windows – Win.32 ilovalarini yaratishga mo’ljallangan;
CLR- Microsoft uchun mashinaga bog’liq bo’lmagan kodlarni yaratishga mo’ljallangan.
Delphi 2007. Bu versiya Heiglander nomi ostida chiqariladi deb kutilgan edi. Ammo shunga qaramay keyingi versiya Delphi 2007 deb nomlandi. Uning asosiy hususiyati uning faqat Win 32 uchun mo’ljallanganligidan iborat bo’lib, tarkibida Delphi.Net, C# Builder va C++ Builder yo’q edi.
Delphi 2009 (Tiburan) - bu versiya tilga juda ham katta o’zgarishlar olib kirgandir.
Jimlik holatida yunikodning to’liq ta’minlanishi, VCL va RTL;
Turlarning bajarilishi, ular generics deyigan;
Anonim metodlar;
Ipointermat [On/Off] kompilyatorida yangi direktura;
Exit funksiyasi funksiya xossasiga bog’liq holatda parametrlarga ega bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |