1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori


Аlisher Navoiy va bolalar kitobxonligi



Download 98,13 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2022
Hajmi98,13 Kb.
#862257
1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza

Аlisher Navoiy va bolalar kitobxonligi
Reja:
1. Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi.
2. Alisher Navoiyning mangu da’vati.
3. Alisher Navoiy hikmatlaridan namunalar.
Inson maʼnaviy kamoloti barcha zamonlarda ham yuksak aql egalarining diqqat markazida bo‘lgan. Shunisi xarakterliki, har bir davr unga o‘z munosabatini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Ibn Sinoning “Solomon va Аbsol”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Shayx Saʼdiyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Husayn Voiz Koshifiyning Husayn Boyqaroning o‘g‘li Аbdulmuhsin Mirzoga bag‘ishlab yozgan “Аxloqi Muhsiniy”, “G‘utuvvatnomai Sultoniy” asarlari buning yorqin dalilidir. Mazmun-mohiyatiga ko‘ra ularning har birini ijtimoiy odoblar qomusi deb baholash mumkin. So‘z mulkining sultoni Аlisher Navoiy o‘z ijodiyotida komil inson tarbiyasi bilan bog‘liq taʼlimiy-axloqiy muammoni tiriklikning tub mohiyati sifatida talqin etishi bejiz emas. V.Zohidov o‘rinli qayd qilganidek, “Navoiy ijodining, amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson taqdiri, baxt-saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur jamiyat masalalaridir” .
Аlisher Navoiy dahosi hali bolaligidayoq Farididdin Аttorning “Mantiq ut tayr” asari ziyosidan suv ichganligi butun umr hayot va ijod yo‘lini ichdan nurlantirgan bo‘lsa ne ajab.
Taʼkidlash kerakki, buyuk shoir umri poyonigacha izlanishdan cheklanmagan. Binobarin, “Xamsat ul mutahayyirin” asarida Аbdurahmon Jomiyning ruxsati va rag‘bati bilan “Аrbain” hadis (Qirq hadis) asarida ilgari surgan patdnoma xarakteridagi qarashlarini “Mahbub ul-qulub” asarida keng qo‘llaydi. Navoiy dahosini anglashda Lutfiy, Аbdurahmon Jomiy, Xondamir, Bobur va boshqa zamondoshlarining unga bergan bahosi muhim kalit vazifasini o‘taydi. Jumladan, Аbdurahmon Jomiy “Xiradnomai Iskandariy” dostonida Аlisher Navoiy ijodini quyidagicha qiyoslar orqali shunday baholaydi:
Kechirsin foratda gavhar terganlar
Dariy tilida durb g‘azna berganlar.
Buning tili ham gar o‘lganda dariy,
Majolsiz qolardi ularning bari.
Аlisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida “emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida “Umidim uldur va xayolimga andoq kelurkim, so‘zum martabasi avjdan quyi inmagay” tarzida keltirgan eʼtiroflari mutaqakkir shoir ijodining ahamiyati xususida teran mulohaza yuritishga chorlaydi.
Аlisher Navoiyning butun umri davomidagi inson tabiati va maʼnaviyatiga oid kuzatishlari, axloqiy-taʼlimiy xulosalari “Xamsa”, “Nazmul-javohir”, “Mahbub ul-qulub”, “Munojot”, “Vaqfiya”, “Majolis un nafois”, “Аrbaʼiyn”, “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi asarlarida kitobxon ko‘z o‘ngidan qizil ip bo‘lib o‘tadi.
Buyuk shoir “Mahbub ul-qulub” asarida o‘z kuzatishlari xususida quyidagilarni yozadi: “Har ko‘cha-ko‘yda yuribman va olam ahlidin har xil kishilarga o‘zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonlikning aslini ham, zahrini ham taʼtib ko‘rdim. Goh pastkash va baxil kishilar qoshida xo‘rlandim va razil-nokaslar oldida eʼtiborsiz bo‘ldimyuyu. Kimki har xil kishilar bilan suhbatlashish va yaqinlashishni havas qilsa, kaminaning bu tajribasi yoshlar uchun yetarlidir” .
Аlisher Navoiyning maʼnaviy-axloqiy qarashlarida insoniylik shaʼnini belgilovchi xislatlardan biri insof va diyonat deb ko‘rsatadi. “Lison ut tayr” asarida insofsiz kishini odam emas deb eʼlon qiladi.
Odamg‘a yaxshi ko‘p avsof erur,
Lek alarning ashrofi insof erur.
Kimgakim insof yo‘q – inson emas,
Munsiz atvorida juz nuqson emas.
Husayn Voiz Koshifiyning axloq-odob yuzasidan keltirgan quyidagi taʼrif-tavsiflari ham Аlisher Navoiy fikrlariga hamohangdir. “Go‘zal xulq-atvor, yaxshi xulq nishonasi o‘ntadir: yaxshilik qilish, insofli bo‘lish, boshqa odamdan ayb qidirmaslik, nojo‘ya harakat qilayotganni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aybiga iqror bo‘lganning uzrini qabul qilish, boshqalar mashaqqatini zimmaga olish, faqat o‘z manfaatini ko‘zlamaslik, ochiq yuzli va shirin so‘zli bo‘lish, muhtojlar hojatini chiqarish, muloyim va tavozʼeli bo‘lish”.
Аlisher Navoiy mazkur asarida kishilarni “munosib kishilar”, “nomunosib kishilar” tarzida 2 guruhga ajratar ekan, “nomunosib kishilar”dan ehtiyotkorlikka chaqiradi.
Professor S.Nishonovaning fikricha, Navoiy tasavvuridagi komil insonga xos bo‘lgan chin insoniy fazilatlar ijodkorlik, o‘zlikni anglashga kuchli ishtiyoq, ilm-fanga muhabbat kabi xislatlar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki baxtli hayotga intilgan ijodkor, oqil, qobiliyatli har bir kishi o‘zining kuch-quvvati va aqlu zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning inson tafakkuri, maʼnaviy kamolotida tutgan o‘rni va roli xususida so‘z yuritar ekan, ilmni qorong‘ilikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida taʼriflaydi.
Ilm olib unga amal qilmagan kishini urug‘ sochib hosilidan bahra olmagan kishiga o‘xshatadi. Yomg‘irning bir tomchisi tuproqqa jon baxsh etgani kabi, insonga ham nasl-nasabi, boyligi emas, hayosi, ilmu odobi shon-sharaf keltirishini qayta-qayta taʼkidlaydi. O‘zining taʼlimiy-axloqiy g‘oyalarini ilm bilan bog‘liqlikda deb tushungan shoir “Nazmul javohir” asarida shunday deb yozadi:
Kim olim esa nuqtada barhaq de oni,
Gar bazm tuzar behishti mutlaq de oni.
Har kimsaki yo‘q ilm anga axmaq de oni,
Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmaq de oni.
Navoiy ilm olib unga amal qilmagan kishini yerga urug‘ sochib hosilidan bahra olmagan kishiga o‘xshatadi. Yomg‘irning bir tomchisi tuproqqa jon baxsh etgani kabi, insonga uning boyligi, nasl-nasabi emas, ilmu-odobi shon-sharaf keltirishi xususida saboq beradi. Ilm o‘rganmoq boylik orttirish uchun emas, imon-eʼtiqodni mustahkamlashga qaratilishini taʼkidlaydi. Аgar shogird vaqti kelib podshoh bo‘lsa-da, ustozi oldida qarzdordir degan xulosaga kelib yozadi:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Аylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Buyuk shoirning fikricha, ilmli, oqil kishi har qanday mashaqqatni yengib o‘tadi, o‘z maqsadi yo‘lida to‘siqlardan cho‘chimaydi. Ilmning vazifasi insonning baxt-saodatiga xizmat qilishdir.Аmmo ilm o‘rganmoq boylik orttirish uchun emas, imon-eʼtiqodni mustahkamlash uchundir. Bu borada ustozlikni dunyoda eng murakkab, ammo xayrli, sharafli kasb degan xulosaga keladi. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila Аylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila. Аgar shogird vaqti kelib shoh bo‘lsa-da ustozi oldida qarzdordir.
Ilm ezgu amallar, jamiki fazilatlar manbai sifatida har bir kishining insoniy burchiga aylanadi. Shu tufayli o‘zlikni anglash, komillik odobi egallash xalq baxt-saodati, farovon turmush kechirishi, vatan ravnaqi yo‘lida kamarbasta bo‘lishdek ezgu maqsadga qaratiladi.
Аlisher Navoiyning maʼnaviy-axloqiy qarashlarida ilm-maʼrifatli bo‘lish bilan birga sabr, tavoze, adab, saxiylik, himmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, mehr-muruvvat, vafo, karam, yumshoq ko‘ngillik bo‘lish kabi chin insoniy fazilatlar targ‘iboti ham alohida o‘rin tutadi. Mazkur xislatlarni taʼrif-tavsiflashdan tashqari munofiqlik, zulmkorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik, besabrlik kabi ularning ziddi bo‘lgan illatlardan qutulishga ham daʼvat etadi. Shoir yozadi:
Uch feʼl kishiga erur qotil,
Qotillik aro zahri haloxil oxir.
Bu xil angla birin, birin havo bil oxir,
Qil ujbni ham alarga doxil oxir.
Yoshlarni yuksak axloq-odoblar ruhida tarbiyalash xususida so‘z yuritar ekan, quyidagilarni qayd etadi: “Аdab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo‘ladi. Аdab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘nglida adabiy qoladi. Ko‘rinadiki, Navoiy taʼrifida odob jamiki insoniy fazilatlar boshida turadi. Buyuk shoir nazdida qanoat baayni buloqdir. Uning suvini olgan bilan qurimaydi; baayni xazinadir – naqdisini sochgan bilan kamaymaydi; ekinzordir – urug‘i izzat va shavkat mevasini beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkazadi. Sabr – achchiqdir, ammo foyda berguvchi; qattiqdir, ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kaliti va bandlar ochqichidir. Saxiylik – insoniylikning haqiqiy mezonidir, odamlarning mushkulini oson qiladi. Yaxshilik, karam bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko‘tarmoq va uni o‘ta qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Kimki bu xislatlarni egallasa, cheksiz izzat va hurmatga sazovor bo‘ladi.
Xulosa qilganda, buyuk bobomiz Аlisher Navoiy o‘z ijodiyoti bilan asrlar osha komil inson tarbiyasiga beminnat xizmat qilib kelmoqda. “Eng katta boylik,- degan edi O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy majlisga Murojaatnomasida,- bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”. Bu borada Аlisher Navoiy asarlari bebaho xazinadir.
Keltirilgan fikr-mulohazalardan savollar tug‘iladi: Jahon eʼtirof etgan buyuk bobomiz ijodini qay darajada o‘rganyapmiz? Nima uchun o‘rganish kerak? Nega o‘rgana olmayapmiz? O‘zbekiston xalq shoiri E. Vohidovning quyidagi misralari mazkur savollarga to‘g‘ri javob topishga undaydi:
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Maʼrifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,
Аza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,


Аldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.
Xulosa qilganda, Аlisher Navoiy asarlarini bolalar kitobxonligi doirasida o‘qish-o‘rganish o‘zining yuksak badiiy-estetik, maʼrifiy, tarbiyaviy xususiyatlariga ko‘ra bolalar adabiyotiga katta masʼuliyat yuklaydi.

O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi va taraqqiyot xususiyatlari. Аbdulla Аvloniy va Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi


Reja:
1. Bolalar adabiyotining vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
2. Abdulla Avloniyning hayot yo‘li va asarlari
3. Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi
Maʼlumki, boy va rang-barang xalq ogʻzaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba boʻlib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani taʼkidlab oʻtish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bogʻliq. Bu jihatdan Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asarini eslab oʻtish oʻrinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga koʻp maʼlumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo boʻlib, ogʻizdan ogʻizga, avloddan avlodga koʻchib yurgan qoʻshiq va lirik sheʼrlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qoʻshiqlari haqida batafsil maʼlumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (Sevimli haqiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy insonning ogʻir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman boʻlsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol oʻynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy gʻazallari timsolida XV asr oʻzbek sheʼriyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba toʻpladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk sanʼatkorning voyaga yetishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxtsaodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, oʻzaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, oʻzbek mumtoz adabiy tiliga asos solgan va oʻzbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pogʻonasiga koʻtargan buyuk soʻz sanʼatkori boʻlib, davrning madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, sanʼat va adabiyot ahliga homiylik qildi, koʻplab shogirdlar yetishtirdi.
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonining 40bobida rostgoʻylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab yozadi: “Har kim oʻziga toʻgʻrilik (halollik)ni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan nima ishi bor? Yoʻl qancha toʻgʻri boʻlsa, (manzil) shuncha yaqin. Nayza toʻgʻri boʻlganidan doim boshi yuqori. Arqon har narsaga chirmashgani uchun mol, qoʻylarni bogʻlaydi. Sarvning qomati toʻgʻri boʻlgani uchun xazon kulfatidan omonda va doimo yamyashil… Kimning qoʻli egri boʻlsa, u oʻgʻri boʻladi. Kim oʻgʻrilik bilan mashhur boʻlsa, xalq uning qoʻlini kesib toʻgʻri qiladi.
Navoiy Sohibqironning uzugi – muhridagi “Rosti – rusti” (rostlik – xaloslik) yoki “Kuch – adolatda” degan shiorning amalga oshgani uchun mamlakat ahli farovon yashaganini aytadi.
XI–XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida oʻsha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli maʼlumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, sanʼati va adabiyoti yoritilgan.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq ogʻzaki ijodi asosida yaratgan “Husn-u dil” dostoni ishq-muhabbat, aql-farosat, odob-axloqqa bagʻishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar boʻla oladigan “Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”‘, “Nay va Shamshod”, “Kosayi Chin Nargis”, “Binafsha va chang” kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq boʻlmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir.
Gulxaniy ham “Zarbulmasal” asarida oʻzining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodalagan.
Munis mehnatkash xalqning ogʻir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qaygʻurdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob oʻqishga, johil va yomonlardan uzoq boʻlishga chaqirdi. Munis “Savodi taʼlim” risolasi orqali bolalarni oʻqitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qoʻshdi. Uning maʼrifatparvarlik gʻoyalari oʻzidan keyin yashagan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz Oʻtar kabi shoirlarning ijodiga ham katta taʼsir koʻrsatdi.
Maʼrifatparvarlikni bayroq qilib koʻtargan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qoʻllanmalarda bolalar hayoti, oʻqishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.
Abdulla Avloniyning (“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq”), Hamza Hakimzoda Niyoziyning (“Yengil adabiyot”, “Axloq hikoyalari”, “Qiroat kitobi”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.
Oʻtgan asrning 20yillarida Fitrat, Choʻlpon, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng oʻrin oldi.
Kattalar adabiyotining joʻshqin kuychisi Usmon Nosir oʻzining “Bogʻim” sheʼrida inson mehnat qilsa, bogʻ yaratsa, uning mehnati hech qachon yoʻq boʻlmasligini, ayniqsa, u bogʻ barpo qiladigan boʻlsa, uning dov-daraxti mangulikka daxldor ekanligini quyidagicha taʼrifladi, bolalarni mehnat qilishga, bogʻ-rogʻlarni koʻpaytirishga chorladi:
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bogʻim.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Sheʼrlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bogʻim.
Inson hayotda ishonch bilan yashashi kerak. Ayniqsa, odamlarga, xalqqa ishonch har bir bolada boʻlishi lozim. Insonni inson qiladigan ham, uni bor qiladigan ham, yer bilan yakson qiladigan ham xalq. Xalqni sevish, xalqqa ergashish azaldan bor boʻlgan. Shoir Choʻlpon ham xalqning naqadar buyuk kuchqudratga ega ekanligini, bolalar yurish-turishda, oʻqishda, odobaxloqda xalqqa ergashsa, xalqning ogʻirini yengil qiladigan boʻlsa, oʻsib, ulgʻayib har qanday ishning qulogʻini ushlaydigan boʻlsa, aslo kam boʻlmasligini “Xalq” asarida juda xalqona ohangda, hikmatlar shaklida aytadi:
Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir.
…Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib, koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, bu yillarda yuqoridagi qalamkashlarning safiga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Saʼdulla, S. Joʻra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlarning kelib qoʻshilishi katta voqea boʻldi. Ular bolalarni yaxshi oʻqishga, ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga, davrning haqiqiy oʻgʻil-qizlari boʻlib kamol topishga targʻib etadilar.
Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30yillarga kelib, oʻzining professional shoir va yozuvchilariga ega boʻldi. Poyeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Saʼdulla, Sulton Joʻra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va Gʻayratiylar ham oʻzbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Bu davrda Zafar Diyorning “Qoʻshiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “Sheʼrlar” (1939), “Muborak” (1940), “Sheʼr va hikoyalar” (1940) toʻplamlari va “Mashinist” (1935) poyemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Joʻnatish”, “Nojoʻyaliklar” hikoyalari; A. Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “Sheʼrlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940) kitoblari; Sulton Joʻraning “Fidokor” (1940); Ilyos Muslimning “Oʻsuv” (1932), “Zaharxandalar” (1932) toʻplamlari, “Miqti keldi” poyemasi (1934); Shukur Saʼdullaning “Hayqiriq” (1933) toʻplamlari bosilib chiqdi.
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida oʻzbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Bolalar dunyosi”, “Oʻzgaruvchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi nashrlarning yoʻlga qoʻyilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab boʻldi.
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar doʻstligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng oʻrin oldi.
Xalqimizda “Ona yurting omon boʻlsa, rangi roʻying somon boʻlmas”, degan naql bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Uygʻun, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, Gʻayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Joʻra va boshqalar fashist bosqinchilarining yer bilan yakson boʻlishiga komil ishonch gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratdilar. Uygʻunning “Xayrlashuv”, Zafar Diyorning “Kichkina jangchi”, Ilyos Muslimning “Yovni tutday toʻkamiz”, Sulton Joʻraning “Tekstil kombinati toʻquvchilari”, Raʼno Uzoqovaning “Talpin, yurak” sheʼrlari bolalar adabiyotida urushni laʼnatlovchi dastlabki asarlardan boʻldi.
Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga toʻla kurashi “Xat” (Hamid Olimjon), “Sen yetim emassan” (Gʻafur Gʻulom), “Vatan haqida”, “Yigitlarga” (Oybek), “Kurash nechun?”, “Kapitan Gastello” (Maqsud Shayxzoda), “Vatan haqida qoʻshiq” (Uygʻun), “Vatan”, “Chavandoz” (Temir Fattoh), “Qurol bering menga ham!”, “Bizning oila” (Zafar Diyor), “Toʻychi Muhammad” (Sulton Joʻra), “Onamning aytganlari” (Adham Rahmat), “Biz yengamiz” (Hasan Said) kabi asarlarda oʻz ifodasini topdi.
Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh boʻlishiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-gʻazab bilan laʼnatlaydilar. Z. Diyor “Qurol bering menga ham!” sheʼrida lirik qahramon tilidan shunday misralarni bitadi:
Meni kichik demangiz,
Kamsitmangiz kuchimni,
Bosqinchidan olgumdir
Xalq qasosi – oʻchimni!
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. Ularni daryo, koʻllar boʻyida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq oʻyin-kulgu bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh vatanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon boʻlib, qoʻlida qurol bilan dushmandan oʻch olishga shaylandi:
Qurol bering menga ham,
Qurol bering menga ham.
Razil nemis boshiga
Men ham solay katta gʻam, –
deya shijoat koʻrsatishi bilan diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida mavzu boʻlib qolgan edi. Zafar Diyorning “Maktab – sening fronting”, “Poyezd ketar frontga”, “Temirchilar minbari”, Shukur Saʼdullaning “Yoshlik”, “Sen nima qilding?” kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon boʻladi.
Urushdan soʻnggi davr bolalar sheʼriyatida ona-Vatan, goʻzal diyor, hur oʻlkamiz toʻgʻrisida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. “Yashna, Vatan” (I. Muslim), “Obod oʻlkam”, “Yurtimizning yuragi” (P. Moʻmin), “Mening Vatanim”, “Baxtli bolalar” (Q. Hikmat), “Oʻlkamizning tongi otmoqda” (A. Rahmat), “Dehqon bobo va oʻn ikki bolakay qissasi” (A. Oripov), “Ona degan soʻz” (O. Matjon) va hokazo. Bu mavzuda yaratilgan sheʼrlarni sanagan bilan tamom boʻlmaydi.
Abdulla Oripovning “Dehqon bobo va oʻn ikki bolakay qissasi” sheʼri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qoʻlga kiritgan jiddiy yutuqlaridan boʻldi. Oʻzbek bolalar sheʼriyatida Oʻzbekiston haqida koʻplab asarlar bor. A. Oripov ularni takrorlamasdan oʻziga xos original asar yozgan. Sheʼr qahramonlari oʻn ikki viloyatdan chiqqan aʼlochi, jamoatchi oʻquvchi bolalar. Ular oʻz joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poyezdda oʻzlariga hamroh boʻlgan boboning savollariga loʻnda-loʻnda qilib javob berishadi. Oʻzbekistondagi har bir viloyatning oʻziga xos boyligi, shaharlari, bagʻrikeng odamlari kitobxon koʻz oʻngida bir-bir gavdalanadi.
Oʻzaro suhbat asosiga qurilgan bu sheʼrda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. Toʻrt misra sheʼr bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, oʻziga mustaqil boʻlib, oʻz taqdirini oʻzi bunyod etayotgan diyorimizning husni jamoli, salobati va qudrati bir butunligicha ifoda etilgan:
Siz atagan har bir joy
Bitta boʻston boʻladi,
Hammasini qoʻshsangiz,
Oʻzbekiston boʻladi.
Oʻzbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga otabobolarimizdan meros boʻlib qolgan. Q. Muhammadiyning “Etik”, “Buvimning hikoyasi”, H. Yoqubovning “Sirdaryo oftobi”, Shukur Saʼdullaning “Hovlimizning bolalari”, “Dastyor qiz”, “Bogʻbon qiz”, Ilyos Muslimning “Oyxon va rayhon”, “Ishchan asalarilar”, “Sening sovgʻang”, Poʻlat Moʻminning “Dalalarga qarasam”, “Oftob chiqdi olamga”, Qudrat Hikmatning “Bobo va nabira”, “Joʻjam, yurma laqillab”, Tolib Yoʻldoshning “Vaqt qadri”, Yusuf Shomansurning “Baraka”, “Tikuvchi” sheʼrlari bevosita mehnat mavzusiga bagʻishlangan.
Shoirlarimiz oʻz asarlarida bolalarni mehnatkash boʻlishga, mehnat ahlini hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni eʼzozlashga, asrab-avaylashga daʼvat qiluvchi sheʼrlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar.
Bolalarni bogʻcha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida eʼtibor bermoqdalar. “Kichkina bogʻbon haqida doston”, “Suv bilan suhbat”, “Yuksak togʻ, keng oʻtloq va mard oʻrtoq haqida qissa” (Z. Diyor), “Toʻrt fasl” (Sh. Saʼdulla), “Bizning bogʻga kelinglar” (Gʻ. Gʻulom), “Boychechak”, “Gʻuncha” (Uygʻun), “Oʻrik gullaganda” (H. Olimjon), “Yurtimiz tabiati”, “Tillaqoʻngʻiz” (I. Muslim), “Tabiat alifbosi”, “Qanotli doʻstlar” (Q. Muhammadiy), “Bahor”, “Togʻ manzarasi”, “Suv” (Q. Hikmat), “Toshbaqa” (Y. Shomansur), “Bir choʻntak yongʻoq” (M. Aʼzam), “Kamalak afsonasi” (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bular orasida Shukur Saʼdullaning “Kichkina qushcha” asari alohida ajralib turadi. Unda bolalarning qushlarga boʻlgan mehri, gʻamxoʻrligi misralar qatiga chuqur singdiriladi.
Bolalar shoiri Olim Mahkam oʻziga oʻzi talabchan qalamkashlardan biri. U oʻzining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy mukammal boʻlishiga katta eʼtibor beradi. Uning “Kapalak” sheʼrini olib koʻraylik. Toʻrt misradan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. Ammo juda taʼsirchan. Sheʼrda insonlar u yoqda tursin, hatto, hasharot-u qurt-qumursqalar ham tabiatning mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon boʻladi:
– Kapalakjon, beri kel,
Buncha parvoz etasan!?
– Meni quvma, Erkinjon,
Gulni bosib ketasan.
Bugungi oʻzbek bolalar sheʼriyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida toʻxtalib oʻtish kerak. Hamma narsa oʻqishga, maktabga bogʻliq. Maktab mavzusida yozilgan sheʼrlarda ozoda xonalar, unda qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi.
Poʻlat Moʻminning “Xoh oʻqishda, xoh ishda”, “Sinfimiz qoʻshigʻi”, “Ustozlar”; Ergash Raimovning “Endi katta bolaman” kabi asarlarida shu kunning nafasi sezilib turadi.
Odatda, bolalar orzular qanotida yashaydi. “Endi katta bolaman” sheʼrida bolaning orzu-niyati nihoyatda buyuk – tezroq oʻsib, ulgʻayib maktab oʻquvchisi boʻlish:
Bultur edim oltida,
Yoshim yetmay qoldi-da.
Maktabga yozishmadi,
Oʻqishga olishmadi.
Yillar yurmas ketiga,
Bu yil toʻldim yettiga.
Endi katta bolaman,
Men maktabga boraman.
Ikkinchi jahon urushidan keyin oʻtgan davr ichida oʻnlab poyemalar, ertaklar, dostonlar maydonga keldi. Oybekning “Zafar va Zahro”, “Bobom”, Quddus Muhammadiyning “Dunyoda eng kuchli nima?”, “Solijon”; Shukur Saʼdullaning “Laqma it”, “Ikki donishmand”; Poʻlat Moʻminning “Oʻrinbosarlar”, “Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Oltin nay”, “Jalil eshitgan ertak”; Qudrat Hikmatning “Toshbaqalar hujumi”, “Bobodehqon hangomasi”, “Chovkar”, “Chirchiq farzandi”, Ramz Bobojonning “Choʻpon oʻgʻli”; Safar Barnoyevning “Biz dehqon bolasimiz”, “Oltin shahar haqida afsona”, “Oltin oshiqlar”; Miraziz Aʼzamning “Aqlli bolalar”, “Bedananing buvisi”; Toshpoʻlat Hamidning “Asrorqulning qoʻchqori”, Ergash Raimovning “Bir dona yaproq”; Azim Usmonning “Gʻaroyib ajdarho”; Kavsar Turdiyevaning “Toshkesarlar mamlakatida” kabi doston va ertak-dostonlari yaratildi.
Hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotida sheʼriyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik oʻsdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga toʻla javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Turgʻunboy Gʻoipov, Rahmat Azizxoʻjayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar Barnoyev, Abusaid Koʻchimov, Anvar Obidjon va boshqalarning oʻnlab hikoyalar toʻplamlari bosilib chiqdi.
Juda koʻp hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari oʻz ifodasini topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning “Itolgʻi” hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolgʻi chumchuq va chugʻurchuqlarni tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka Itolgʻini jiyani Shavkatga sovgʻa qiladi. Shavkat uzum qoʻriqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida oʻzini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu qush ozod va erkinlikni qoʻmsayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi koʻradigan, rahmdil bola. U Itolgʻini qafasda uch kun zoʻrgʻa ushlab turadi. Qafasda qush emas, oʻzi oʻtirgandek boʻladi va Itolgʻini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga “rahmat” degandek parvoz qilib ketadi.
Bolalar qissachiligida ham koʻplab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan boʻlsak, ularning soni nihoyatda oʻsdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Habib Poʻlatov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abusaid Koʻchimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning mehnati, ularning jasoratlari (“Yonar daryo”), ikkinchi jahon urushida ishtirok etish (“Rustamjonning sarguzashtlari”), tobora gullab-yashnab borayotgan goʻzal shaharlarimiz va bagʻrikeng, insonparvar odamlarimiz (“Komandirning boshidan kechirganlari”), oʻtmishda zulmkorlarga qarshi kurash, baxtli va yorugʻ kun uchun intilish (“Kachal polvon”), ikkinchi jahon urushi davrida bolalar hayoti va ularning daladagi faoliyati (“Changalzordagi sharpa”), chorvadorlarga koʻmak (“Oq otli”), oʻquvchilarning dalachilik brigadalari (“Zamon”), shoʻx va oʻzboshimcha bolalar, ularning qayta tarbiyasi (“Bizning roman”) kabi mavzular bu davr qissachiligida yetakchi oʻrinda turadi.
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev (“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar mamlakatida”), Hojiakbar Shayxov (“Samo mahvaridagi namoyish”, “Shom kamari”, “Ajdodlar xotirasi”), Mahkam Mahmudov (“Teskari koʻzlar sayyorasi”), Anvar Obidjon (“0099 nomerli yolgʻonchi”, “Dahshatli meshpolvon”), Olloyor (“Fazogir chumoli”), Oqiljon Husanov (“Togʻda oʻsgan bola”) va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar.
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol oʻynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Poʻlat Moʻmin, Mamarasul Boboyev, Turgʻunboy Gʻoyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajonlarning pesalari oʻzining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qoʻshib kelmoqda.
Hozirgi zamon oʻzbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pogʻonamapogʻona oʻsdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qoʻllanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. Oʻnlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bu adabiyot mustaqil Oʻzbekistonimizning tobora gullabyashnashi uchun xizmat qilmoqda.

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topdi. Uning pedagogik faoliyati 1911- yildan boshlandi. U dastlab Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida kambag‘allarning farzandlari va yetim-yesir bolalar uchun maktab ochdi. Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o‘qitish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutib, „Yordam jamiyati“ tashkil qildi. Shu jamiyat orqali u o‘quvchilarni o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi. 1914- yilda jahon urushining boshlanishi Òurkiston boshiga tushgan balo bo‘ladi. Urush ta’sirida mehnatkash xalq yanada qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qoladilar. Bu hol Hamzaga ta’sirqiladi. Shoir ularning og‘ir ahvolini ifodalovchi she’r va maqolalari bilan matbuotda muntazam ravishda qatnashib turadi. Hamza 1914- yilda „Sadoyi Òurkiston“ gazetasida bosilgan she’rida xalq ahvolini shunday ta’riflaydi: ¾Kambag‘allar titrashib yurgay yalang‘och izg‘ushub, Oh, bu faqir-u asorat onlara sayyoddir, Dil shikasta, bag‘ri xun, ko‘zida yosh shashqator, Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir. Shunday sharoitda Hamza „bir iloj qilib kambag‘al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o‘quvga boshlarini band qilmoq“ choralarini izlaydi, she’r va maqolalarida bolalarni o‘qishga chaqiradi. Bu g‘oyani Hamza „O‘qi“ she’rida bayon etadi. O‘sha yili u yetim va kambag‘al bolalar uchun „Dorul yetim“ (Yetimlar maktabi)ni ochadi va o‘zi o‘qituvchilik qiladi. HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY (1889 — 1929) www.ziyouz.com kutubxonasi 89 Hamza birinchi sinf o‘quvchilari uchun „Yengil adabiyot“, 2- sinf uchun „Axloq hikoyalari“ o‘qish kitoblarini tuzadi. Hamza 1915- yilda Marg‘ilonga borib, kambag‘al bolalari uchun maktab ochadi. 1918- yilda Farg‘onaga borib o‘qituvchilikni davom ettiradi va u yerda yosh san’atkor-ixlosmandlarni to‘plab, „Sayyor dram truppa“ tashkil qiladi. 1919- yilning boshlarida Hamza Qo‘qondagi 1- boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o‘zi o‘qituvchilik qiladi. 1922 —1924- yillarda shoir Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 1- bolalar uyi mudiri va o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 1925- yilda esa Farg‘onaning Avval qishlog‘iga o‘qituvchi qilib tayinlanadi va g‘oyat og‘ir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi. Shoir 1928 — 1929- yillarda Shohimardonga borib o‘qituvchilik qiladi. Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari yanada to‘ldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan „Ilm ista“, „Maktab“, „Kitob“, „O‘qi“, „Qalam“, „Hikoya“, „Òo‘g‘riso‘z bola“, „Hikoyat“, „Òoshbaqa va Chayon“, „Bolaning yomon bo‘lmog‘iga sabab bo‘lgan onaning jazosi“ kabi she’rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914- yilgacha bo‘lgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiq. Hamza xalqni o‘qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar yozishni o‘ziga maqsad qilib oladi. Hamza yozgan darsliklar uning o‘sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida ko‘pgina ma’lumot beradi. Bu g‘oya „Yengil adabiyot“da o‘z aksini topgan. Muallim-olimning bu kitobidan munosib o‘rin olgan „Maktab xususinda“ asari alohida ajralib turadi. U bu she’rda maktabni millatning quyoshiga, guli va bog‘iga o‘xshatib ta’riflaydi: Maktab millat quyoshi, Maktab millat saroyi, Balki ko‘z ila qoshi. Ilm-u adabning joyi. Ko‘zsiz, qoshsiz kishining Dunyoda eng saodat Qanday xunukdir boshi. Axtarganlarning joyi. Maktab millatning guli, Millat aning bulbuli. Maktabsiz qolgan millat Boshqa chamanning quli¾ www.ziyouz.com kutubxonasi 90 „Birinchi sinf bolasining so‘zi“ she’rida shoir o‘sha quyoshga, nurga, gulga, baxtga intilgan o‘quvchining yozuv va chizuvini o‘rganib olib, baxtga erishayotganligini uning nomidan quyidagi misralarda bayon qiladi: Mening o‘qub, yozganim, Oltin, kumush qazganim, Òilak sari uchuvga Go‘yo qanot yozganim. Hamza xuddi shu darslikdan o‘rin olgan „Òo‘g‘ri so‘zla“ she’rida har qanday holatda ham, hatto boshingga qilich kelganda ham to‘g‘ri so‘z bo‘l, deb o‘z o‘quvchisini, yosh kitobxonni to‘g‘riso‘z bo‘lishga undaydi: Òo‘g‘ri so‘zla, ey o‘g‘ul, Òil burmag‘il yolg‘onga hech. Bir masal bor: to‘g‘riso‘zlar Boshini kesmas qilich. Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she’rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri — to‘g‘riso‘zlik. Shoir bolalarni to‘g‘ri va rostgo‘y bo‘lishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib, ijobiy ishlar bilan shug‘ullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqirgan. „Òo‘g‘riso‘z bola“ she’rida bu fikr yanada jonli chiqqanini ko‘ramiz. Hamza bu she’rida barcha narsa pul va boylik bilan o‘lchangan jamiyatda hamma narsadan ko‘ra haqiqatni ustun qo‘ygan ijobiy qahramon bola obrazini yaratadi. Bir bola o‘qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to‘sib, biri dedi: „Òanga berurman senga, so‘zla birozgina yolg‘on menga“. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi: So‘zlang, ako, qomatingizga qarab, Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur, Òangaga yolg‘onni kim olgan erur, Sizda ko‘p ekan o‘zi yolg‘on, ako, Siz oni avval sotib aylang ado. Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam, O‘rtog‘ingizda ko‘p erur bizdanam. Ofarin aytdilar oning so‘ziga Òangani xolis berubon o‘ziga. Hissa: kimki to‘g‘ri so‘zi har qachon, Òekkizadir doimiy bo‘yla hison. www.ziyouz.com kutubxonasi 91 Hamza bu she’rida bolalarni yoshligidanoq rostgo‘ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolg‘onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda “Qimorning boshi” degan bir she’r bor. Unda shoir Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Hoshimjonning “Òo‘ptosh“, “Juftmi-toq” degan o‘yinlarni o‘ynashdan asta-sekin qimor o‘ynashga o‘rganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxiri bor-yo‘g‘ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go‘loxlikka tushib, xorlikda o‘lib ketganini ifoda etadi. „O‘qish kitobi“ Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to‘qqizta dars bo‘lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag‘ishlangan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni o‘zida mujassamlantirgan maktab o‘quvchisidir. „Bir aqlli maktab bolasining o‘z-o‘zicha domlasining qilgan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan so‘zlari“ sarlavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-ta’rifi vositasida ustoz obrazi chiziladi. Hamza o‘zi orzu qilgan o‘qituvchini bola tilidan bunday ta’riflaydi: O‘ylasak, bizni erurlar chin otamiz shul kishi, Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz¾ Ota birlan onamizdan yaxshiroq shafqat qilib, Bizdagi har kamchilikni ko‘rsatur ustodimiz¾ Asta-asta bizda bo‘lgan har yomon, shum fe’lni, Har kuni aylab nasihat, yo‘qotur ustodimiz. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Hamza alohida ahamiyat beradi. Odamlarga mehr-u muhabbat qo‘yish, kishilarning qadr-qimmatiga yetish, ularni hurmat qilib, izzat-ikrom bilan muomala qilish yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash, dastavval, bolalarning eng yaqin kishilariga, ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. “Ul aqllik otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan so‘zi” sarlavhali uchinchi va “Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari” nomli to‘rtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chiziladi. Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb ta’riflaydi. Onani esa www.ziyouz.com kutubxonasi 92 “otamizdan ham muqaddas onamiz” tarzida ulug‘laydi. Ayni chog‘da, ota-onaning bola tarbiyasi uchun mas’ul ekanligi ta’kidlanadi. “O‘qish kitobi“dagi bir necha she’rlar o‘qish, ilm olish, maktab hamda kitobning ta’rifiga bag‘ishlanadi. Jumladan, “O‘qi“ she’rida shoir o‘qish natijasida kambag‘al-bechoralarning asoratdan qutulib, madaniyat va san’atdan bahramand bo‘lishi turgan gap deb uqtiradi. O‘qishning qadrini muallif o‘qituvchi-ustozlar tilidan shunday ta’riflaydi: Gar dilingda o‘ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmag‘il behudaga bekor, o‘qi!.. Ey o‘g‘il! Dunyoda bo‘lmoq istasang oliyjanob, O‘qig‘il maktab kelib, zinhor o‘qi, ming bor o‘qi! U “Maktab” she’rida “O‘qub ilm-u adab bo‘lgay garang hushyor maktabdin” deb „Insonni inson qatoriga qo‘shish”, insonni kamolotga yetkazish va uni oliyjanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini ko‘rsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko‘rsatadi. Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini “Kitob” she’rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab berdi. U o‘z she’rida “Kitob bilim manbayi”, “Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!..”, “Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog‘” kabi sifat va ta’riflar bilan kitobni yuksakka ko‘taradi. Shu bilan birga, har bir kishi ko‘nglidagi orzusiga yetishishi uchun “Ilm manbayi bo‘lgan kitob”ni sevishi, savodli bo‘lishi lozimligini uqtiradi: Har ko‘ngilning orzusi shul erur obihayot, Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob¾ Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur, Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondur kitob¾ Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar, Òez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob. Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda ko‘p falsafiy she’rlar yozilgan. Hamzaning “Qalam” deb nomlangan she’ri ham ana shunday asarlardandir. Shoir qalamni ma’rifat ramzi sifatida “Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir o‘zi” deya qadrlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 93 Hamza “Ilm ista” she’rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko‘zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini o‘rganishga da’vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib, ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong‘i kechaga o‘xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o‘rganishga undaydi: Har murod-u maqsadingga yetmoq istarsan murod, Ko‘z ochib bedor bo‘l: darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oynig‘a sayqal istarsan, nihon, Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm! Shuningdåk, shoir ilm-fanni quruq o‘rganib olishnigina targ‘ib etmaydi, balki uning xalqqa xizmat qilishini, yangiyangi kashfiyotlar uchun kårakligini nazarda tutadi va buni bolalarga uqtiradi: Ilm bizni yåturgay har muroda, Bizam ilm o‘lsa uchgaymiz havoda. Olim bo‘lsak dunyoda, Kålur har ish bunyoda, Biz ham suv osti kåzib, Ham ucharmiz havoda. Shoir ilm-fanning kuch-qudratini, kishilar ongini o‘stirishdagi bag‘oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi: ¾Olim bo‘lsak qancha biz, Har bid’atni yanchamiz. Jahl otlig‘ dushmanni, Ko‘ksina tig‘ sanchamiz. Shoir „Hikoya“ asarida bolalarni yolg‘on gapirmaslikka, rostgo‘y bo‘lishga chaqiradi. Bu g‘oya xolasining pulini o‘g‘irlagan oiladagi katta o‘g‘ilning siri fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharmanda bo‘lgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi: Hissa: kimi bo‘yla xiyonat qilur, Bir kun o‘zin shuyla xijolat qilur. “Toshbaqa bilan Chayon” masalining sujåti xalq og‘zaki ijodida juda mashhur. Gulxaniy bu masal mazmunini nasriy www.ziyouz.com kutubxonasi 94 yo‘l bilan bårgan bo‘lsa, Hamza unga qayta sayqal bårib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do‘stlikni ulug‘laydi, firibgarlik, tilyog‘lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali rahmdil, chin do‘st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, tilyog‘lama, o‘z so‘zida turmaydigan kishilar fosh etiladi. Shoir bolalarni tanlab, bilib do‘st bo‘lishga, yomon niyatli kishilar bilan hamroh bo‘lmaslikka chaqiradi, kimda-kim yaxshilikka yomonlik qaytarsa, uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa chiqariladi: Hissa: kimi g‘ayrni ulfat etar, O‘z-o‘zicha boshig‘a kulfat yåtar. “O‘qish kitobi” dagi asarlarning ko‘pchiligida o‘z zamonasi uchun g‘oyat ilg‘or fikrlar olg‘a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o‘qituvchi, bola tarbiyasida otaonaning roli haqidagi she’rlar, „Toshbaqa bilan Chayon“ kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur bo‘lgan va ma’rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g‘oyaviy va badiiy yuksak, o‘quvchilarga manzur bo‘lgan asarlar „O‘qish kitobi“ni o‘zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo‘ladi. Hamza 1925- yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob g‘oyaviy mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar — „Ilm“da ma’rifatlilik, ilmli bo‘lish shunday sharhlanadi: “Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim bo‘lgan narsa ilmlik o‘lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir¾“ Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan boshlanadi, so‘ng bir bayt she’r keltiriladi: Ilmsiz har kishi uchsa havoga, Ko‘ngil berma aningdek xudnamoga. Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini odob, axloq masalalariga bag‘ishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 95 Hamza bu asarida xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalangan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining talablari to‘la ko‘zda tutilgan, fikr sodda, ixcham. Ayni vaqtda jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asarning boshidan oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaatini himoya qilish va ma’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug‘orilganligi Hamzaning haqiqiy ma’rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi. 1915- yilda Hamzaning „Milliy ashulalar” to‘plami bosilib chiqdi. Bu to‘plamdagi she’rlarning ko‘pchiligida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish davom etadi. Hamza avvalgi she’rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni ma’rifatparvar deb ko‘rsatgan bo‘lsa, endi u o‘z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma’rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik ta’siretganini, ijodkorning g‘oyaviy tomondan o‘sganini ko‘rsatadi. Shoir „Milliy ashulalar“, „Oq gul”, „Qizil gul”, „Yashil gul” va boshqa to‘plamlarida qo‘shiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli bo‘lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi. Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o‘qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o‘zining butun iqtidorini, umrini bag‘ishladi.

Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan allomalardan biri Abdulla Avloniy bola ta’limtarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi: „Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zåhnimizni ravshanlantirmak lozim¾, — dåydi u, — Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga ham bårgan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmaklari lozimdir. Bu ravish ta’lim ila bårilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tåz ta’sirqilib, ular ilmli-odobli bo‘ladilar¾ Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sirko‘rsatadir¾“ Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sirkuchiga g‘oyat zo‘r baho båradi. Uningcha, zakovat — insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo‘lsalar, uni har taraflama o‘ylab ko‘radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: „Fikr tarbiyasi, — dåb yozadi Avloniy, — eng kårakli, ko‘p zamonlardan båri taqdir qilinib kålgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladi“. Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o‘stirishda muallimning roli katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi. Uning aytishicha, bolaning fikrini biron narsaga yo‘llash va uning o‘sha narsa haqida o‘ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo‘naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo‘yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kårak. Bunda bolaning fikrini muayyan tomonga yo‘naltiruvchi aniq vazifalarni bålgilab bårishda muallim katta rol o‘ynaydi: „Bu tarbiya, — dåb yozadi Avloniy, — muallimlarning yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kångligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir. Dars bilan tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi birovga bog‘langan jon ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirmak mumkin o‘lmadig‘i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to‘ldirib ziynatlangan eski imorat ham o‘ltirishga yarog‘- limas. Basharti, o‘ltirsa, insonlar: „Eski uyga yangi zardåvor“, „Kir ko‘ylakka jun jiyak“, „Mis qozonga loy tuvoq“, dåb kulgu qilurlar. Bayt: Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo‘lur o‘tkir. Fikrning oynasi o‘lursa zang, Ruh ravshan, zamir bo‘lur bånur“. Ha, bu ulug‘ pådagog Abdulla Avloniyning dil so‘zlari. Buyuklarning, el-yurtga xizmati singgan ulug‘ kishilarning nomlari mangulikka daxldor bo‘ladi. Asrlar osha unday odamlarning xizmatlari ko‘z-ko‘z qilinaveradi. Prezidentimiz qachon ta’lim-tarbiya haqida gapiradigan bo‘lsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to‘xtaladi. Uning ibratomuz so‘zi va ishini misol qilib aytadi: „Men Abdulla Avloniyning „Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir“ degan fikrini ko‘p mushohada qilaman“, deb bu muallimning bosib o‘tgan hayot yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatadi. Ha, ana shunday maqtovga loyiq inson, o‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Òoshkent shahrida to‘- quvchi oilasida dunyoga keldi. Abdulla Avloniy boshlang‘ich diniy maktabda va madrasada o‘qidi, ilm-fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa Sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 85 Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o‘zining birdan bir burchi deb bildi va 1904- yilda o‘zi yashab turgan joyda — Mirobodda maktab ochdi. Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o‘ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o‘quv jihozlarini o‘zgartirdi. Bu yerda o‘qiydigan bolalarning ko‘pchiligini kambag‘allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy-badavlat do‘stlarining ko‘magida „Jamiyati xayriya“ tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini ta’minlaydi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‘quvchilarning soni ko‘paya boradi. Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand bo‘lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi. U 1907- yilda „Shuhrat“ deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‘ib etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: „Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g‘oyalarini yoyuvchidir“, deb yozgan edi. Abdulla Avloniy „Adabiyot yoxud milliy she’rlar“ deb nomlangan to‘rt qismdan iborat bo‘lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. O‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning „Birinchi muallim“ — „Alifbe“, „Ikkinchi muallim“ — „O‘qish“ kitoblari katta rol o‘ynadi. Bu kitoblarda Avloniy o‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. „Birinchi muallim“da Avloniy dastavval 32 harfni yolg‘iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha „bosh harflar“ga qo‘shib, bo‘g‘inlar hosil qilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 86 „Ikkinchi muallim“da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan. Kitob „Maktab“ she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o‘qisa, savodxon bo‘lsa, juda ko‘p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi: Maktab dur-u gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar, Maktab jaholatdan qochar, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, Maktab g‘ami vayron qilur, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! Darslikda ko‘plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan. Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o‘qituvchi bo‘lib ishladi. U ko‘plab she’rlar, „Maktab gulistoni“, „Òurkiy guliston yoxud axloq“ kabi darsliklar bilan hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‘ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan “Turkiy guliston yoxud axloq“ Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“, Nosir Xusravning „Saodatnoma“, Sa’diyning „Guliston“ va „Bo‘ston“, Jomiyning „Bahoriston“, Navoiyning „Mahbub ul-qulub“, Donishning „Farzandlarga vasiyat“ asarlari kabi o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda Abdulla Avloniy o‘zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so‘zboshisida muallif bu haqda shunday yozadi: „Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim“. Darslikdagi har bir bo‘lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning biri ikkinchisini to‘ldiradi, takomillashtiradi. Har bir bo‘limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalarda yoki hikmatli so‘zlarda „qissadan hissa“ chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og‘zaki ijodidan keng foydalangan. Abdulla Avloniyning „Bahor keldi“, „Bulbul“, „Bola ila gul“, „Yolg‘onchi cho‘pon“, „Òulki ila qarg‘a“ kabi juda www.ziyouz.com kutubxonasi 87 ko‘p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan. „Maktab bolasi“ she’ri boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o‘qishga muhabbat uyg‘onishi umumiy yo‘sinda bayon etiladi: Yo‘lga soldi til ila yo‘ldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin, Soldi o‘rtog‘ining so‘zina quloq, Bosdi ul ham o‘quv yo‘lina oyog‘. Ikkisi birga bo‘ldilar mullo, Chiqdi xat-u savod ham imlo. Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, „Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga“ g‘oyasini ilgari suradi. Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shdi. Uning „Advokatlik osonmi?“, „Pinak“, „Biz va siz“ pyesalari adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934- yilda vafot etdi. U shoir, ma’rifatchi, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi?
Savol va topshiriqlar
1.O‘zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishi c davrga to‘g‘ri keladi?
2.O‘zbek bolalar adabiyotining fan sifatida boshqa qaysi fanlar bilan aloqasini qanday izohlash mumkin?
3. Bolalar adabiyotining shakllanish davri bilan istiqloldan keyingi davri o‘rtasida qanday o‘xshashlik va farq kuzatiladi?"
4. Bolalar adabiyotiga mumtoz adabiyot an'analari ta'sirini qaysi yozuvchilar ijodida ko‘rish mumkin?
5. Bolalar adabiyotida adreslilik tushunchasini G‘afur G‘ulom va Shukur Sa'dulla ijodi misolida izohlang.
6. Bolalar adabiyoti rivojida xalq og‘zaki poetik ijodi ta'siriga adabiy ertaklardan misollar keltiring.
7. Alisher Navoiyning komil inson tarbiyasiga oid qarashlarida qanday g‘oyalar ilgari surilgan?
8. Alisher Navoiy "Munosib kishilar" deganda qanday kishilarni nazarda tutadi? "Nomunosib kishilar" deganda-chi?
9. Buyuk shoir: "yaxshi va yomonlikning aslini ham, zahrini ham ta'tib ko‘rdim" deganda nimani nazarda tutadi?
10. Alisher Navoiy hikmatlarini tahlil qiling.
11. Hamzaning qanday darsliklarini bilasiz?
12. Hamza — muallim?
13. Hamza masal yozganmi?
14. Abdulla Avloniy qachon, qanday oilada tug‘ilgan?
15. Avloniy yaratgan darsliklar?
16. Avloniyning bolalar hayotidan olib yaratgan asarlari
Download 98,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish