1-MA’RUZA
BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR.
Reja:
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari va mazmuni.
Ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar.
O‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
Ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni, ayrim o‘quvchilar, o‘quvchilar guruhi, ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, mavzuli kechalar, konferensiyalar, bayramlar.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida biologiya o‘quv dasturidan o‘rin olgan mavzularni kengaytirish va to‘ldirish maqsadiga yo‘g‘rilgan darsdan tashqari o‘tkaziladigan ixtiyoriy o‘qitish shaklidir.
O‘quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o‘zlashtirishlariga erishish, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo‘yicha kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo‘llash, o‘quvchilarning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, o‘qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog‘lash maqsadida Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari), Biologiya (Evolyusiya va ekologiya asoslari)dan sinfdan tashkari mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uch xil turi mavjud:
Ayrim o‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlar
O‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar.
O‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar.
Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradi va taqozo etadi.
Sinfdan tashqari ish - bu o'quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda ishlashni tashkil etish shakli kursni o'rganish bilan bog'liq majburiy o'qituvchining individual va guruhiy topshiriqlari bo'yicha amaliy ishlar. Sinfdan tashqari ish barcha talabalar uchun majburiydir, u tayinlangan, eng muhimi, keyin o'qituvchi uni tekshiradi. Ushbu turdagi ishlarni tashkil qilish tabiiy ob'ektlarni uzoq muddatli kuzatish zarurati bilan belgilanadi. Shunday bo'ladiki, tajribalar natijalarini ko'rish uchun siz ularni darsdan bir necha kun oldin yotishingiz kerak. O'qituvchi talabalarga topshiriqni o'z vaqtida beradi. Bunday tajribalarga misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |