1-Ma’ruza. Axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi va shakllanish bosqichlari. Reja



Download 114 Kb.
bet5/9
Sana01.02.2022
Hajmi114 Kb.
#423238
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza (3)

Internet planshetlar– bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
Axborotlarni uzatish yaqin paytlargacha Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir asosan Messengerlardan, ayniqsa ommalashib ketgan Telegrammdan foydalnilmoqda. Mana shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari tez rivojlaniyotganligidan dalolat beradi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar auditoriyasiga ta’sir etishini Web-texnologiyalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Web.1 muhitida foydalanuvchilar Internetdagi ma’lumotlarni faqat o‘qishi (yoki ko‘chirib olishi) mumkin edi. Web.2 muhitida esa foydalanuvchi o‘zi forum yoki konferensiyalar tashkil etishi, o‘zining blogini e’lon qilishi, elektron resurslarni yaratib (masalan, rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar yaratishi mumkin. Hozirgi kunda har qanday davlatning qudrati qandaydir ma’noda Internet makonida milliy Internet-resurlarining ko‘lami bilan, boshqa milliy resurslarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi, kezi kelsa, butun jahon tarmog‘ida taniqliroq bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Web.2 texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik ko‘payib ketdiki, sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammosiga aylandi. Kerak bo‘lsa, Internet – ong uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa yoshlarning endi shakllanib borayotgan ongiga internet orqali ta’sir ko‘rsatish g‘arazli kuchlarga juda qo‘l kelmoqda. Bizning mentalitetimizga zid bo‘lgan ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da’vatlar shular qatoridadir. Shuning uchun, bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish muhum bo‘lsa, boshqa tomondan milliy internet resurslarni yetarli darajada ko‘paytirish zarurdir. Sifatli elektron resurslarni saralab beruvchi tizimlar (miksherlar) hozirgi kunda Web.3 muhitining qiyofasini belgilab bermoqda. Bundan kelib chiqmoqdaki, zamonaviy internet foydalanuvchisi - bu sifatli elektron resurslarni yaratuvchi va internetga joylashtiruvchi shaxs deb qaralishi kerak.
Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.
Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy ob’yektdir.
Hujjatlarni shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- Matnli hujjatlar - qog‘ozga qo‘l yoki kompyuter vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so‘zlar ketma-ketligi.
- Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.
- Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli.
- Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo‘l keladigan bo‘lsa, boshqa tomondan internetda axborot tizimlarining o‘zida bunday imkoniyatlar mavjud. Bunga Google dagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va unga o‘xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo‘la oladi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish