Kengayish termometrlari. Bu termometrlar harorat o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining yoxud chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga asoslangan.
Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas bo‘lganda harorat o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan;
Harorat ta’sirida o‘zgargan termoelektr yurituvchi kuchning o‘zgarishiga asoslanan termoelektr termometrlar.
O‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning harorati o‘zgarishi sababli elektr harshilikning o‘zgarishiga asoslangan qarshilik termometrlari.
5. Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p tarhalganlari; a) optik pirometrlar - issiq jismning ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral nisbat pirometrlari) - jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning taqsimlanishini o‘lchashga asoslangan; v) radiasion pirometrlar - issiq jism nurlanishining quvvatini o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish termometrlari harorat kontaktsiz o‘lchash usuli hisoblanadi.
Sanoatda haroratni o‘lchash vositalaridan foydalanish chegaralari:
16.1-jadval.
O‘lchash vositasi turi
|
O‘lchash vositalarining turli tumanligi
|
Davomli
foydalanish
chegarasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Kengayish
termometrlari
|
Suyuqlikka oid termometrlar. Diometrik, bemetall termometrlar
|
-200
-150
|
750
700
|
Manometrik
termometrlar
|
Gazli
Suyuqlikli
Bug‘ - suyuqlikli (Kondensasion)
|
-150
-150
-50
|
1000
600
300
|
Teroelektrik
termometrlar
|
Termoelektrik termometrlar
|
-200
|
2500
|
Harshilik
termometrlari
|
Metall harshilik termometrlari
YArim o‘tkazgichli harshilik termometrlari
|
-260
-272
|
1100
600
|
Pirometrlar
|
Kvazimonoxramatik pirometrlar Spektral nisbatli pirometrlar To‘liq nurlanish pirometrlari
|
700
300
50
|
6000
2800
3500
|
Eng qulay, aniq va ishonchli o‘lchash usullari - haroratning birlamchi
datchiklari sifatida harshilik termoo‘zgartkichi va termoelektr o‘zgartkichlardan foydalanadigan kontaktli usullari hisoblanadi.
16.1-jadvalda sanoatda haroratni eng ko‘p tarhalgan o‘lchash vositalarining qo‘llanish chegaralari ko‘rsatilgan.
Qarshilik termometrlarining tuzilishi 16.1-rasmda keltirilgan. Qarshilik termometrining simdan qilingan sezgir elementi to‘rt kanalli keramik karkas 2 ga joylashtirilgan.
Mexanik shikastlanishdan va o‘lchanayotgan yoki atrof - muhitning zararli ta’siridan saqlanish uchun sezgir element himoya qobig‘i 3 ga joylashtirilgan. U keramik vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning
kuloqchalari 5 izolyasion keramik naycha 6 orqali o‘tadi.
16.1-rasm. Qarshilik termometrlarining tuzilishi
Shularning hammasi o‘lchash ob’ektida rezbali shtuser 8 yordamida o‘rnatilgan himoya g‘ilofi 7 da joylashgan. Himoya g‘ilofining uchida termometrning ulaydigan uchi 9 joylashgan. Uchida termometr quloqchalarini mahkamlash va simlarni ulash uchun vintlar 11 bo‘lgan izolyasion kolodka joylashgan. Uchi qopqoq bilan yopiladi. Simlar shtuser orqali chiqariladi. Tashqi elektr va magnit maydonlari ta’sirini kamaytirish uchun qarshilik termometrlarining sezgir elementlari induktivsiz o‘ramli qilib yasaladi.
Qarshilikni o‘lchash uchun termometr bo‘ylab tok o‘tishi lozim. Bunda Joul -Lens qonuniga ko‘ra issiqlik ajralib, u termometrni o‘lchanayotgan muhit haroratiga qaraganda yuqoriroq haroratgacha qizdiradi. Natijada uning qarshiligi tegishlicha o‘zgaradi.
Sanoat sharoitlarida o‘lchash toki shunday hisoblanadiki, natijada o‘z-o‘zini qizdirish hisobiga yuz beradigan xatolik 0°S dagi termometr qarshiligi 0,1% R0 dan ortiq bo‘lmaydi. Qarshilik termometrlarining kamchiligi - qo‘shimcha tok manbaining zarurligidir.
Termometrlarning va boshqa qarshilik o‘zgartiruvchilarning qarshiliklarini o‘lchash uchun: logometrlar, muvozanatlashtirilgan va muvozanatlashmagan ko‘prik sxemalari, kompensasion usul va termoqarshilikning me’yorlovchi o‘zgartkichlaridan foydalaniladi.
Nazorat savollar:
Harorat deganda nimani tushunasiz?
Harorat o‘lchaydigan asbob birinchi bo‘lib kim tamonidan tavsiya etilgan?
Kengayish termometrlarini tushuntirib bering?
Manometrik termometrlarini tushuntirib bering?
Nurlanish termometrlari tushuntirib bering?
Qarshilik termometrlarining tuzilishi tushuntirib bering?
Adabiyotlar.
1.Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011.
2.Клюев А.С. и др. Проектирование систем автоматизации технологических процессов; 2-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.
3.Клюев А.С. и др. Техника чтения схем автоматического управления и технологического контроля. 3-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.
Do'stlaringiz bilan baham: |